Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi
Konstruktsiyalar omborini loyihalash
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
BIBET maruza matni 1- qism 2021
Konstruktsiyalar omborini loyihalash Yig’ma konstruktsiyalar omborlarda shtabellarda yki kassetalarda vertikalg’ holda ishlovchi konstruktsiyalar – devor panellari, fermalar va boshqalar joylashtiriladi. SHtabellar orasidagi o’tish joylari 0.4 dan 1 m gacha kenglikda ko’ndalangiga har 20...30 m da va bo’ylamasiga har 2 shtabeldan keyin tashkil qilinadi. Transport vositalari va ortuvchi-tushiruvchi mexanizmlar harakati uchun 3...4 19 m kenglikdagi tor yo’llar kamida har 100 m da barpo etiladi. Omborlar kengligi shunday hisob bilan olinadikim, elementlar qushimcha ko’tarish va siljitishlarsiz bir marta ko’tarilishi, yahni ular xizmat qilaytgan kranning harakat zonasida bo’lishi kerak. Yig’ma elementlar omborda, transport vositalarida tashilgan holatidagidek joylashtiriladi. Gorizontalg’ taxlanadigan konstruktsiyalar orasiga yg’och tagliklar va ular orasidagi masofa konstruktsiyalarni ishlash sharoiti bilan bog’liq holda qo’yiladi. Elementlarni omborda joylashtirilishi alohida, yahni bir tipdagi elementlar bir yerda taxlanadi va guruhli, yahni turli tipdagi elementlar bir yerda taxlanib, ularni montaji kranning bitta turar joyidan amalga oshiriladi. 2. Qurilish maydoni yo’llari Qurilish avtoyo’llari, qurilish maydonini umumiy avtomobilg’ yo’llarini tarmog’i bilan bog’lovchi shoxobcha yo’llar va qurilish maydoni ichra yuk tashiladigan qurilish maydon ichidagi yo’llardan iborat. Odatda, shoxobcha yo’llar doimiy, qurilish maydon ichidagi yo’llar vaqtinchalik quriladi. Bu yo’llar asosiy obhekt qurilishi boshlangunga qadar quriladi. Qurilish maydonida yo’llar berk va halqasimon bo’lishi mumkin. Berk yo’llarni oxirida aylanish maydonchalari, o’rta qismida kerakli holatda razhezdlar bo’lishi kerak. Avtomobilni normativ gabaritlaridan kelib chiqqan holda (kengligi 2.5 va balandligi 3.8 m bo’lgan to’g’ri to’rtburchak) bir tomonlama harakatda avtomobil yo’lini kengligi 3.5 m dan, ikki tomonlama harakatda 6 m dan kam bo’lmasligi kerak. Agar yo’l bir tomonlamali qilib loyihalangan bo’lsa, yuklarni tushirish joylarda kengaytirilgan joylar bo’lishi nazarda tutilgan bo’lishi kerak va yo’lning umumiy kengligi 6 m dan kam bo’lmasligi kerak. (3.2-rasm). Yuk ko’taruvchanligi 25...30 t va undan ortiq bo’lgan og’ir mashinalar qo’llanilganda, yo’lning transport yuradigan qismining kengligi 8 m gacha kengaytiriladi. Agar qurilish maydoniga yirik gabaritli va uzun o’lchovli yuklar yetkaziladigan bo’lsa yo’llar kengligi qo’shimcha oshirilishi mumkin. Yo’llarni qayrilish radiusi alohida mashina va avtopoezdlarning manevr qilish imkonlaridan kelib chiqqan holda, yahni ularning orqaga yurmay oldinga harakat qilgandagi aylana olishligidan kelib chiqadi. Odatda minimal qayrilish radiusi 15m qabul qilinadi, usha yerda yo’lni yurar qismini kengligi oshiriladi – yo’l kengligi 3,5m bo’lganda qayrilishida 5m bo’ladi. Konstruktiv jihatdan avtomobilg’ yo’llari ye r ko’tarmasi va yo’l qoplamasi qismlaridan iborat. Yer usti suvlarini qochirish uchun yo’llarni to’g’ri bo’laklarida ikki taraflama nishablik, egri chiziqli bo’laklarida bir tomonlama nishablik hosil qilinadi. Yo’l qoplamasi bir necha qatlamlardan iborat – to’shaladigan qo’mli qatlam, yuk ko’taruvchi zamin (shebenkali, betonli, temirbetonli) va qoplama. Qurilish maydonida qurilish davrida bo’ladigan xarajatlarni kamaytirish uchun doimiy yo’llar yuqori qoplamasiz barpo etiladi. Faqat yo’lning pastki qatlamlari barpo etilib temir betonli yo’l plitalaridan vaqtinchalik qoplama hosil qilinadi. Asosiy qoplama bu holatda obhekt topshirilishidan oldin qoplanadi. Temirbeton yo’l plitalari sifatida plandagi ko’rinishi to’g’riburchakli yki ponasimon plitalar qo’llaniladi ( 3.3-rasm). 20 3.2-rasm. Maydon ichidagi avtomobilg’ yo’llari: 1 – halqasimon yo’l; 2 – berk yo’l;3 – razhezd; 4 – burilish; 5 – halqasimon yo’lni kengaytirilgan qayriladigan qismi 3.3-rasm. Temirbeton plitalardan vaqtinchalik yo’llar: a – izli, to’g’riburchakli plitalardan bir tomonlama; b – shuning o’zi ikkitomonlama; v – transport razhezdida yo’lni kengaytirilishi; g – ponasimon shakldagi plitalardan; 1 – bir izli uchastok; 2 – ikki izli uchastok. To’g’ri burchakli yo’l plitalari ( uzunligi 2.5...3.0 m, kengligi 1.0...1.5 m qalinligi 0.14...0.22 m va massasi 0.63...1.8 t) tayyrlanishi va qurilish maydonida ishlatilishi oddiy, yuqori yuklarni qabul qiladi, istagan vaqtda va faslda o’rnatilib darrov foydalanish mumkin. Yo’llar ko’proq izli -bir va ikki yo’l razhezdli qilib quriladi. Ponasimon plitalar 21 yo’l qoplamasini butun kengligi bo’ylab o’rnatilishiga imkon beradi, burilish joylarida qayrilish radiusi hohlagancha bo’lishi mumkin. To’g’ri chiziqli yo’llarda plitalar navbat bilan bir marta keng qismi , bir marta tor qismi tomoni bilan o’rnatilib boriladi. Bu turdagi plitalardan foydalanganda ayrim uchastkalarda (ayniqsa burilishda) monolit qismlarga ehtiyj qolmaydi.. Ushbu turdagi yo’llarni qurish, tahmirlash va yaroqli holda saqlash xarajatlari harakat intensiv bo’lgan qurilishlarda o’zini 1.5...2 yilda qoplaydi. Yig’ma va bo’laklarga ajratiladigan plitalar qurilish tashkilotini shaxsiy mulki bo’lib , undan ko’p marta foydalanish imkonini beradi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling