O’zbekiston sharoitida tishli g’ildirakli mexanizmlardan foydalanishning zamonaviy usullari *Suvonova Shaxrizoda Shavkatovna


Download 45.5 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi45.5 Kb.
#1756829
Bog'liq
gulsanam


O’zbekiston sharoitida tishli g’ildirakli mexanizmlardan foydalanishning zamonaviy usullari
*Suvonova Shaxrizoda Shavkatovna
E:mail:suvonovasahrizoda@gmail.com
Tel:+998942533003
*Nurmuhammedova Gulsanam Dilmurod qizi
E:mail:gulsanoynurmuhammedova@gmail.com
Tel:+998943092322
*Beknazarov Jasur Xolmamatovich
E:mail:j-beknazarov@mail.ru
Tel:+998939563773
Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti
Tishli uzatma
Tishli uzatma – aylanama harakatni ilgarillanma harakatga yoki aksincha aylantirib beradigan, yo bo’lmasa aylanma harakat uzatadigan 3 zvenoli mexanizm. Uning 2 zvenosi qo’zg’aluvchan tishli g’ildirak (shesternya) dan (yoki shesternya va reyka)dan iborat bo’lib , qo’zg’almas zveno(korpus) bilan aylanma yoki ilgarillanma harakat uzatuvchi juftlikni hosil qiladi. Tishli uzatmaning silindrik, konussimon, gipoid, to’lqinsimon, va boshqa shaklli turlari bo’ladi.
Tishli uzatma mexanik uzatmaning eng samarali va keng tarqalgan turi.
Ular juda kichik kvt dan bir necha ming kvt gacha quvvatni amalga, grammning bir necha ulushidan 10 MN (1000 t kuch) gacha aylanma kuchni uzatishga qo’llaniladi. Tishli uzatma boshqa uzatmalarga qaraganda ixcham, ko’pga chidamli, valga kam yuk tushishi bilan farq qiladi. Ish vaqtida shovqin chiqarishi va tayyorlashda yuqori aniqlik talab qilinishi, tishlarning sinishi va boshqa omillar. Tishli uzatma oddiy bir pog’onali uzatma ko’rinishida va bir necha uzatmadan iborat birikma ko'nishida mashinalarga o’rnatib yoki alohida agregat tarzida ishlatiladi.
Tasmali uzatmalarning eng oddiysi yetaklovchi, yetaklanuvchi shtivlardan va ularga taranglik bilan kiydirilgan tasmadan tuzilgan bo’ladi. Yetaklovchi shkivdan harakat va energiya yetaklanuvchi shkivga tasma orqali tasma bilan shkiv orqasida hosil bo’ladigan ishqalanish kuchi hisobiga uzatiladi.Tasmaning tarangligi ,qamrov burchagi hamda ishqalanish koeffisienti qancha katta bo’lsa , tasmali uzatmaga shuncha ko’p nagruzka qo’ysa bo’ladi. Odatda, taranglik tasmaning elastic deformatsiyasi hisobiga hosil qilinadi. Biror vaqt o’tishi bilan tasma cho’zilib qolganligidan uning tarangligi kamayadi. Bunday hollarda talab qilingan taranglikka erishish uchun ,uzatmalar maxsus qurilmalar bilan taminlanadi. Tasmaning shkiv bilan ishlashuvini yaxshilash uchun qamrov burchagining qiymatini oshirish kerak.
Tasmali uzatmalardan avtomabilsozlikda, stanoksozlikda va qishloq xo’jalik mashinalarida keng ko’lamda foydalaniladi. Hozirgi vaqtda ko’ndalang kesimi yassi va ponasimon shaklda bo’lgan tasmalar ishlatiladi.
Tasmali uzatmalarni hisoblashning nazariy asoslari yassi tasmali uzatmalar uchun ham, ponasimon tasmali uzatmalar uchun ham bir xil. Shu sababli hisoblash nazaryasini o’rganishda, avvalo tasmali uzatmalar uchun umumiy bo’lgan ma’lumotlar bilan tanishamiz.
Tasmali uzatmalarni hisoblashda, odatda, ikki qatorga, ya’ni tasmaning tortish qobilyati va chidamliligiga ahamiyat beriladi. Tasmaning tortishish qobilyati asosan tasma bilan shkiv orasidagi ishqalaning koeffietsining qiymatiga bog’liq. Hozirgi vaqtda foydalanayotgan tasmalarning
chidamliligi tajriba yo’li bilan belgilangan tavsiyalar asosida baholanadi.
Tishli g’ildiraklar tayyorlash uchun mavjud stanoklarda tishlar qirqish va bu tishlarda ishlov berishda talab etilgan aniqlik hamda tozalikni ta’minlaydigan materiallar ishlatilishi kerak. Bundan tashqari, materiallar o’zgaruvchan va zarb bilan ta’sir etadigan kuchlarga yaxshi bardosh berishi xamda tish sirtining kontakt kuchlanishga chidamli bo’lishi lozim.
Hozirgi vaqtda tishli g’ildiraklar, asosan, po’lat, cho’yan va plastmassalardan tayorlanadi. Tishli g’ildiraklarning katta quvvatli mashinalarda ishlatilishi va o’lchamlarini kichraytirish talab etilganligi uchun ularning ko’pi har xil po’latlardan, masalan, 40, 45, 50, 40Г2, 50Г, 40X, 40XHMA, 30ГС, va boshqa markali po’latlardan tayorlanadi.
O’lchamlari kichik bo’lib, nagruzka tushadigan g’ildirak tishlarining sirtqi qatlami turli usullar bilan toblanib, qattiqligi HRC~45-50 ga yetkaziladi.
Zarb bilan ta’sir etadigan va yo’nalishi yoki tezligi o’zgarib turadigan kuch ta’sirida ishlaydigan uzatmalarning g’ildiraklari 15X, 20X, 12XHЗA, 18XГT, 20X2H4A, markali po’latlardan ishlangani ma’qul. Bu po’latlardan tayyorlangan g’ildirak tishlarining sirtqi qatlami sementetlanadi va toblanib Rokvell bo’yicha qattiqligi 56-63 ga yetkaziladi. Agar tishlarning sirti nihoyatda qattiq bo’lishi talab etilsa, g’ildiraklar 38XЮA, 38XMЮA, markali po’latlardan tayyorlanadi va tishlarining sirtqi qatlami azotlanib yoki siyanlanib, qattiqligi Rokvell bo’yicha 53-63 ga yetkaziladi. Bunday hollatda g’ildirak tishlarining ximiyaviy-termik ishlangan qatlami qalinligi 0.1-0.3 ga yetadi va tishlar orasiga qattiqroq biror zarracha tushib qolguday bo’lsa qatlam chatnam ketadi. Shuning uchun , bu usul bilan mustahkamlangan g’ildiraklarning ishlashida moy iloji boricha yaxshi tozalanishi va kuchli zarb bilan ta’sir etuvchi kuchlar bo’lmasligi lozim. O’lchamlari o’rtacha bo’lib uzoq vaqt ishlashga mo’ljallangan g’ildiraklarning tishlari toblanadi-da sirtqi qatlamining qattiqligi Brenell bo’yicha 240-300ga yetkaziladi.
Katta o’lchamli uzatmalarning g’ildiraklari po’latdan qo’yiladi. Bumday hollarda g’ildirak qoniqarli ishlashi uchun po’lat tarkibidagi uglerod miqdori 0.35-0.55 % dan kam bo’lmasligi kerak. Sekin va bir tekis ishlaydidagan, o’rtacha nagruska ta’sir etadigan uzatmalarning g’ldiraklari turli cho’yanlardan (CЧ28-48, СЧ32-52, СЧ35-56, BЧ45-5 va boshqa markali cho’yanlardan) tayyorlangani ma’qul. Odatda, cho’yandan tayyorlangan g’ildirak tishlari kam uvalanadi va ulardan bir biriga ilinib qolish hodisasi kam sodir bo’ladi.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1.”Metallar texnologiyasi”
2.
3. Beknazarov J.X. “ Tishli mexanizmlarning konstruksiyalarini takomillashtirish usullari” .1ct Uzbekistan-Japan International symposium on Green Chemistry and Sustainable Devolopment, November 29-30, 2021, Uzbek -Japan Innavation Senter of Youth, Tashkent, Uzbekistan.
Internet resurslar:
www.Ziyonet.uz
http://www.mirknig.com/
www.ref.uz
http://www.proklondike.com/
Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling