Bino va inshootlarni buzilish, avariya holatiga olib keluvchi sabablar
Download 48.07 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elyor Vassiyev, Umumkasbiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, kapitan.
BINO VA INSHOOTLARNI BUZILISH, AVARIYA HOLATIGA OLIB KELUVCHI SABABLAR © O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong`in xavfsizligi instituti - 2021 BINO VA INSHOOTLARNI BUZILISH, AVARIYA HOLATIGA OLIB KELUVCHI SABABLAR Foydalanishdagi bino konstruksiyalari tashqi muhit bilan o‘zaro murakkab ta’sirda bo‘ladi. Avariya hodisasi deb - inshoot elementlarida butunlay yoki qisman buzilish bosqichidagi holat aytiladi. Avariya holati deb – ayrim elementlar chegaraviy holatda bo‘lib, kuchlanish darajasi matyerialning mustahkamlik chegarasidan oshmagan, ba’zi konstruktiv elementlarning ayrim detallari ishdan chiqqan, biroq buzilish ruy byermagan holatlar aytiladi . Poydevor va uning ustida joylashgan konstruksiyalarning deformatsiyalanishiga ko‘p holatda zaminning deformatsiyalanishi sabab bo‘ladi. Zamin deformatsiyasi quyidagi sabablar tufayli vujudga keladi: • sun’iy zaminning ortiqcha namlanishi tufayli cho‘kishi; • muzlash natijasida gruntning ko‘pchishi (hajmining ortishi). Namlanish natijasida cho‘kish, aksariyat hollarda lyossimon suglinok(soz tuproq)larga xosdir. Ortiqcha namlik ta’sirida zaminning yuk ko‘tarish qobiliyati keskin kamayadi. Shuning uchun bino va inshootlar atroflarito‘g‘ri rejalashtirishi, tashqi suvlarning bino zaminiga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Bundan tashqari bino va uning atrofidagi yer osti muxandislik ta’minoti quvurlarining soz holatda ishlashini ta’minlash zarur. Gruntning muzlashi bilan bog‘liq bo‘lgan deformatsiya grunt tarkibidagi suvning muz kristallariga aylanishi natijasida paydo bo‘ladigan kuchlanishdir. Gruntning muzlashi bilan bog‘liq bo‘lgan hajmiy kengayish uchun quyidagi uchta sharoit mavjud bo‘lishi lozim: - hajmiy kengayuvchi grunt; - hajmiy kengayuvchi gruntning namlanishi; - etarli chuqurlikda poydevor atrofidagi gruntning muzlashiga sabab bo‘luvchi manfiy havo harorati. Yuqoridagi sabablardan birortasi bo‘lmasa, gruntda sovuqdan hajmiy kengayish va binoda shikastlanish yuzaga kelmaydi. Odatda cho‘kuvchi gruntlarda imorat qurilmaydi. Lekin, ayrim hollarda zarur bo‘lganida maxsus loyihalar asosida qurilish amalga oshiriladi. Grunt cho‘kkanda bino va inshootlarda devor va ustunlarning yorilishi, loyihaviy holatidan og‘ishi, konstruksiyaning egilishi, geometrik parametrlarning o‘zgarishi, konstruksiyalar birikkan joylar ochilib qolishi va boshqa shikastlanishlar vujudgakelishi mumkin. Grunt zaminining deformatsiyalanishini quyidagi ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: - mahalliy va notekis cho‘kish; - cho‘kishni ruhsat etilgan miqdordan oshib ketishi; - poydevor osti gruntining bo‘rtib chiqishi. Umuman suv bino va inshootlarga salbiy ta’sir etuvchi omildir. Yomg‘ir va qor suvlari, yer osti suvlari hamda sizot suvlari binolarning devorlari, tom yopmalari va, eng muximi, zamin va poydevorlariga salbiy ta’sir etadi. Sizot suvlarining eng katta salbiy ta’siri bu zaminlarning zaiflashuvi natijasida poydevor va binoning cho‘kishi, deformatsiyalanishi va loyixaviy holatidan og‘ishidir. Ushbu salbiy holatlarni oldini olishning asosiy yo‘li sizot suvlari uchun drenaj sistemalarni yaratishdan iboratdir. Poydevorlar cho‘kishini oldini olishning asosiy yo‘li - poydevorlar ostiga, ya’ni zaminga suv o‘tishiga va namlanishiga yo‘l ko‘ymaslikdir. Elyor Vassiyev, Umumkasbiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, kapitan. BINO VA INSHOOTLARNI BUZILISH, AVARIYA HOLATIGA OLIB KELUVCHI SABABLAR © O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong`in xavfsizligi instituti - 2021 Download 48.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling