Bino va inshootlarni buzilish, avariya holatiga olib keluvchi sabablar


Download 48.07 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi48.07 Kb.
#203626


BINO VA INSHOOTLARNI BUZILISH, AVARIYA HOLATIGA OLIB KELUVCHI SABABLAR

© O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong`in xavfsizligi instituti - 2021

BINO VA INSHOOTLARNI BUZILISH, AVARIYA HOLATIGA

OLIB KELUVCHI SABABLAR

       Foydalanishdagi  bino  konstruksiyalari  tashqi  muhit  bilan  o‘zaro  murakkab

ta’sirda bo‘ladi. Avariya hodisasi deb - inshoot elementlarida butunlay yoki qisman

buzilish  bosqichidagi  holat  aytiladi.  Avariya  holati  deb  –  ayrim  elementlar

chegaraviy  holatda  bo‘lib,  kuchlanish  darajasi  matyerialning  mustahkamlik

chegarasidan oshmagan, ba’zi konstruktiv elementlarning ayrim detallari ishdan

chiqqan, biroq buzilish ruy byermagan holatlar aytiladi .

     Poydevor va uning ustida joylashgan konstruksiyalarning deformatsiyalanishiga

ko‘p holatda zaminning deformatsiyalanishi sabab bo‘ladi. Zamin deformatsiyasi

quyidagi sabablar tufayli vujudga keladi:

  • sun’iy zaminning ortiqcha namlanishi tufayli cho‘kishi;

 • muzlash natijasida gruntning ko‘pchishi (hajmining ortishi). Namlanish natijasida

cho‘kish, aksariyat hollarda lyossimon suglinok(soz tuproq)larga xosdir. Ortiqcha

namlik ta’sirida zaminning yuk ko‘tarish qobiliyati keskin kamayadi.

   Shuning uchun bino va inshootlar atroflarito‘g‘ri rejalashtirishi, tashqi suvlarning

bino zaminiga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Bundan tashqari bino va uning

atrofidagi  yer  osti  muxandislik  ta’minoti  quvurlarining  soz  holatda  ishlashini

ta’minlash  zarur.  Gruntning  muzlashi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  deformatsiya  grunt

tarkibidagi  suvning  muz  kristallariga  aylanishi  natijasida  paydo  bo‘ladigan

kuchlanishdir.

    Gruntning muzlashi bilan bog‘liq bo‘lgan hajmiy kengayish uchun quyidagi uchta

sharoit mavjud bo‘lishi lozim: - hajmiy kengayuvchi grunt; - hajmiy kengayuvchi

gruntning  namlanishi;  -  etarli  chuqurlikda  poydevor  atrofidagi  gruntning

muzlashiga sabab bo‘luvchi manfiy havo harorati. Yuqoridagi sabablardan birortasi

bo‘lmasa, gruntda sovuqdan hajmiy kengayish va binoda shikastlanish yuzaga

kelmaydi.

   Odatda cho‘kuvchi gruntlarda imorat qurilmaydi. Lekin, ayrim hollarda zarur

bo‘lganida maxsus loyihalar asosida qurilish amalga oshiriladi. Grunt cho‘kkanda

bino va inshootlarda devor va ustunlarning yorilishi, loyihaviy holatidan og‘ishi,

konstruksiyaning  egilishi,  geometrik  parametrlarning  o‘zgarishi,  konstruksiyalar

birikkan joylar ochilib qolishi va boshqa shikastlanishlar vujudgakelishi mumkin.

     Grunt zaminining deformatsiyalanishini quyidagi ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: -

mahalliy va notekis cho‘kish; - cho‘kishni ruhsat etilgan miqdordan oshib ketishi; -

poydevor osti gruntining bo‘rtib chiqishi. Umuman suv bino va inshootlarga salbiy

ta’sir etuvchi omildir. Yomg‘ir va qor suvlari, yer osti suvlari hamda sizot suvlari

binolarning devorlari, tom yopmalari va, eng muximi, zamin va poydevorlariga

salbiy ta’sir etadi.

     Sizot suvlarining eng katta salbiy ta’siri bu zaminlarning zaiflashuvi natijasida

poydevor  va  binoning  cho‘kishi,  deformatsiyalanishi  va  loyixaviy  holatidan

og‘ishidir. Ushbu salbiy holatlarni oldini olishning asosiy yo‘li sizot suvlari uchun

drenaj sistemalarni yaratishdan iboratdir. Poydevorlar cho‘kishini oldini olishning

asosiy yo‘li - poydevorlar ostiga, ya’ni zaminga suv o‘tishiga va namlanishiga yo‘l



ko‘ymaslikdir.

Elyor Vassiyev, 

Umumkasbiy fanlar kafedrasi 

o‘qituvchisi, kapitan.


BINO VA INSHOOTLARNI BUZILISH, AVARIYA HOLATIGA OLIB KELUVCHI SABABLAR

© O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong`in xavfsizligi instituti - 2021

Download 48.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling