Bino va inshootlarni tekshirish ikki bosqichda amalga oshiriladi


Masalaning qo‘yilishi, tekshirishning maqsad va vazifalari


Download 32 Kb.
bet2/5
Sana18.11.2023
Hajmi32 Kb.
#1786112
1   2   3   4   5
Bog'liq
ТАЙЙОРЛАНДИ Kurs ishi namuna.

Masalaning qo‘yilishi, tekshirishning maqsad va vazifalari


Maqsad: Navoiy viloyati Navbaxor tumani Yangi kuch QFY Ijand qishlog‘ida joylashgan №65-sonli Uy binolarining texnik holatini baholash.
Mazkur tadqiqotlarning maqsadi sifatida quyidagilar belgilandi:
- binolarning loyihaviy me’moriy-konstruktiv yechimlarining zamonaviy zilzilabardoshlik talablariga javob berish darajasini o‘rganish va baholash;
- binolarning yuk ko‘taruvchi va o‘rovchi konstruksiyalarining amaldagi texnik holatini tekshirish va baholash;
- binolarning umumiy texnik holati va jismoniy hamda ma’naviy yemirilish darajasini baholash asosida ularning ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilishga yaroqliligi to‘g‘risida texnik xulosa berish.
Belgilangan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish talab etildi:
- birlamchi tekshirishlarni amalga oshirish, vizual ko‘zdan kechirish va o‘lchashlar asosida binolarnining konstruktiv o‘lchamlarining loyihaga, amaldagi davlat kadastri xujjatlariga muvofiqligini o‘rganish;
- asosiy yuk ko‘taruvchi va o‘rovchi konstruksiyalar hamda ularning tugunlarida vujudga kelgan, yaqqol ko‘zga tashlanib turgan nuqsonlarni, lat yeyishlar va kamchiliklarni qayd etish;
- ma’lumotlar texnik xulosa berishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, ikkinchi bosqich tekshirishlarni amalga oshirish, ya’ni uskunaviy asosda yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning kuchlanganlik-deformatsiyalanish holatlarini o‘rganish, konstruksiyalarning mustahkamlik, deformatsiya hamda fazoviy bikrlik tafsilotlarini aniqlash va me’yoriy ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash, yemirilish darajasini baholash;
- zarurat bo‘lsa, asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarni real hisob sxemasini aniqlash va real yuklanish holati bo‘yicha amaliy hisoblarni amalga oshirish;
- hududni obodonlashtirish holatini, tashqi o‘rov devorlar asfalt qoplamali maydonlar, yo‘laklar va binolarni o‘rab turuvchi muxofaza ko‘priklari (otmostka) yemirilish darajasini texnik baholash;
- ichki va tashqi muxandislik kommunikatsiyalari, elektr ta’minoti tizimlarining yemirilish darajasini aniqlash;
- mavjud binolarni rekonstruksiya qilishga yaroqli yoki yaroqli emasligi to‘g‘risida xulosalar hamda amaldagi loyihalash me’yorlari doirasida kapital ta’mirlash yoki rekonstruksiya jarayoni samaradorligini ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar, ilmiy asoslangan takliflar berish.

  1. Tadqiqotlar o‘tkazish usullari, naturada o‘lchash natijalari, hududning bosh rejalari

Binoni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashdan oldin texnik tekshirishdan maqsad – bino konstruktiv qismlari va elementlarining amaldagi holati, yuk ko‘tarish qobiliyati, fazoviy bikrligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vaqt omili, tashqi muhit ta’siri, ekspluatatsiya sharoitlarini e’tiborga olgan holda aniqlashtirishdir.Texnik tekshirish natijalari bino va uning konstruktiv qismlarining rekonstruksiya qilish yoki kapital ta’mirlash loyihasini shakllantiriish uchun tayanch manbalar vazifasini o‘taydi.
Idora binolarini texnik tekshirish jarayonida quyidagi ilmiy-amaliy tadbirlar amalga oshiriladi:

  1. ob’ektning mavjud loyiha xujjatlari va davlat kadastri xujjatlarini o‘rganish;

  2. binoning qurilish o‘lchamlarini o‘lchash va ularni loyiha bilan taqqoslash;

  3. binoning konstruktiv qismlari va hududning obodonlashtirish texnik holatini vizual va uskunaviy tekshirishdan o‘tkazish, o‘ziga xos nuqsonli holatlarni fotografik tarzda qayd etish va hisobotda aks ettirish;

  4. binoning poydevor va yerto‘la qismlarini ko‘zdan kechirish;

  5. tom yopmasi va orayopma temirbeton plitalarini ko‘zdan kechirish, mavjud yoriqlarni fotografiya yordamida qayd etish, yoriqlarning ochilish kengligini o‘lchash, salqiliklar vujudga kelgan bo‘lsa, ularni o‘lchash va ruxsat etilgan me’yoriy salqilikka nisbatan baholash;

  6. temirbeton konstruksiyalarda korroziya jarayoni mavjud bo‘lsa, fotografik qayd etish, betonning himoya qatlami va armaturaning holatini texnik tekshirish;

  7. tom yopmasining yuk ko‘taruvchi va qoplovchi elementlarining nisbiy yemirilish darajasini baholash;

  8. konstruktiv qismlar va elementlar materiallarining mustahkamlik va deformatsiyalanish ko‘rsatkichlarini baholash;

  9. binolarning umumiy yuk ko‘tarish qobiliyati, fazoviy bikrligi va zilzilabardoshligini baholash;

  10. binoning konstruktiv qismlari va elementlarining jismoniy yemirilishini me’yoriy va ekspert usullari bilan baholash;

  11. binoning umumlashgan jismoniy yemirilish darajasini aniqlash va uning asosida bino kapital ta’mirlash yoki rekonstruksiyaga yaroqliligi to‘g‘risida texnik xulosa va ilmiy-amaliy takliflar berish.

Tekshiriladigan binolar ekspluatatsiya sharoitida bo‘lgani uchun qurilish konstruksiyalarining texnik holatini o‘rganishda asosan buzmasdan nazorat qilish usullari va geodezik asboblar qo‘llanildi.


  1. Download 32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling