Bino va inshootlarni tekshirish ikki bosqichda amalga oshiriladi
Download 32 Kb.
|
ТАЙЙОРЛАНДИ Kurs ishi namuna.
KIRIShTurli qurilish ob’ektlarini ekspluatatsiya qilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash jarayonida asosiy yuk ko‘taruvchi va muxofazalovchi kostruksiyalarning texnik holatini naturada tekshiruvdan o‘tkazish zarurati vujudga keladi. Naturada tekshirish bir qator tadbirlar majmuasini o‘z ichiga olib, bino va inshootlar hamda ularning konstruksiyalarining umumiy ob’ektiv texnik holatini, me’yoriy va ekspert usullarda yemirilish darajalarini aniqlash imkoniyatini beradi. Naturada tekshirishlar natijalari asosida konstruktiv qismlarning hamda binoning yaroqliligi, ta’mirlashga yaroqliligi haqida xulosa beriladi hamda konstruksiyalarni kuchlantirish tadbirlari ishlab chiqiladi. Bino va inshootlarni tekshirish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda ob’ektni yaqindan ko‘rish amalga oshiriladi, loyiha-texnologik xujjatlari, davlat kadastr xujjatlari o‘rganiladi, qismlarni o‘lchashlar asosida batafsil o‘rganiladi, real ekspluatatsiya sharoitlari baholanadi, tuzilmalardagi yoriqlar, nuqsonlar va yemirilish holatlari qayd etiladi. Ikkinchi bosqichda konstruksiyalarning texnik holati uskunaviy asosda o‘rganiladi, haqiqiqiy chegaraviy holatlar, konstruksiyalarning deformatsiyalanish darajasi, ulardagi kuchlanishlar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olinadi. Mavjud binolarni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, birinchi navbatda, ularning texnik holatini naturada tekshirish asosida baholashni nazarda tutadi. Amaldagi me’yoriy xujjatlar talablari bino va inshootlarni hozirdan keyingi davrda ekspluatatsiya qilishga yaroqliligi, ta’mirlash va rekonstruksiya ishlarining talab etilgan hajmi va ko‘lami to‘g‘risida qarorlar qabul qilish hamda loyihalash ishlari mazmuni o‘tkazilgan naturada tekshiruv xulosalari asosida amalga oshirilishini ko‘rsatib bergan. Naturaviy tekshirish xulosalari va tavsiyalari qurilish-ta’mirlar ishlari loyihalarida va qurilish-montaj, qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish jarayonida to‘la-to‘kis e’tiborga olinishi kerak. Naturaviy tekshirishda QMQ 2.01.16-97 “Yashash binolarini fizik yemirilishini baholash” va QMQ 1.04.03-05 “Turar joy uylari kommunal va ijtimoiy madaniy belgilanishga ega bo‘lgan ob’ektlarni ta’mirlash, qayta ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va amalga oshirish qoidalari” me’yoriy xujjatlariga asoslanildi. Download 32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling