Bino va inshootlarni tekshirish ikki bosqichda amalga oshiriladi


Download 32 Kb.
bet4/5
Sana18.11.2023
Hajmi32 Kb.
#1786112
1   2   3   4   5
Bog'liq
ТАЙЙОРЛАНДИ Kurs ishi namuna.

Devori – xom g‘ishtdan. Kuzatuv vaqtida bino devorlarini texnik holati qonikarli. Devor konstruksiyasida yoriqlar qayd etilmadi. G‘ishtlarda uqalanish xolatlari mavjud emas. Devorlarning fizik yemirilishi QMQ 2.01.16-97 me’yoriy xujjatiga asosan 21-30% ni tashkil etadi.
Tomyopmalar – yog’och to‘sinlardan. Tomyopmalar va orayopmalarning QMQ 1.04.03-05“Turar joy uylari kommunal va ijtimoiy madaniy belgilanishga ega bo‘lgan ob’ektlarni ta’mirlash, qayta ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va amalga oshirish qoidalari” me’yoriy xujjatiga asosan (Ilova 3) samarali xizmat muddati (65 yil) o‘tmagan, tomyopmalar yaxshi saqlangan, yog’och tomyopmalarning fizik yemirilishi QMQ 2.01.16-97 me’yoriy xujjatiga asosan 11-20% ni tashkil etadi, texnik holati bundan keyingi ekspluatatsiyaga yaroqli.
Tom – Tunika listdan. Kuzatuv vaqtiga tom konstruksiyalari va qoplamalarida stropilalarda egilish va buralish xolatlari ko‘zatilmadi, qoplama konstruksiyalarning bir qismida yoriqlar xosil bo‘lgan sinish xolatlari kuzatilmadi. Umumiy texnik xolati qoniqarli. QMQ 1.04.03-05“Turar joy uylari kommunal va ijtimoiy madaniy belgilanishga ega bo‘lgan ob’ektlarni ta’mirlash, qayta ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va amalga oshirish qoidalari” me’yoriy xujjatiga asosan (Ilova 3) samarali xizmat muddati (30 yil) o‘tmagan. Tom yuk ko‘taruvchi tuzilmalari hamda qoplamalarining fizik yemirilishi QMQ 2.01.16-97 me’yoriy xujjatiga asosan 21-40% ni tashkil etadi.
Eshiklar – alyumin profil va yog‘ochdan. Yog‘och eshiklarning texnik xolati yaxshi. Eshiklarning kesakilari atmosfera yog‘inlari va quyosh ta’siridan qatlamlarga ajragan, chirigan. QMQ 1.04.03-98 “Turar joy uylari kommunal va ijtimoiy madaniy belgilanishga ega bo‘lgan ob’ektlarni ta’mirlash, qayta ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va amalga oshirish qoidalari” me’yoriy xujjati talablariga asosan taxta eshiklarning samarali xizmat muddati (30 yil) o‘tgan. Yog‘och eshiklarning fizik yemirilishi QMQ 2.01.16-97 me’yoriy xujjatiga asosan 21-40% ni tashkil etadi.
Derazalar – yog’ochdan. Alyumin profil derazalarning texnik xolati qoniqarli. QMQ 1.04.03-98 “Turar joy uylari kommunal va ijtimoiy madaniy belgilanishga ega bo‘lgan ob’ektlarni ta’mirlash, qayta ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va amalga oshirish qoidalari” me’yoriy xujjati talablariga asosan taxta derazalarning samarali xizmat muddati (30 yil) o‘tgan. Yog‘och eshiklarning fizik yemirilishi QMQ 2.01.16-97 me’yoriy xujjatiga asosan 21-40% ni tashkil etadi.
Poli – yog’ochdan qurilgan. Kuzatuv vaqtiga yog’och pollarning texnik holati qoniqarsiz holatga kelib qolmagan. Pollarda egilish chirish, yorilish va notekis cho‘kish xolatlari qayd etildi. QMQ 1.04.03-98 “Turar joy uylari kommunal va ijtimoiy madaniy belgilanishga ega bo‘lgan ob’ektlarni ta’mirlash, qayta ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va amalga oshirish qoidalari” me’yoriy xujjati talablariga asosan pol konstuksiyalarining samarali xizmat muddati o‘tgan. Pol konstruksiyalarining fizik yemirilishi QMQ 2.01.16-97 me’yoriy xujjatiga asosan 21-40% ni tashkil etadi va suv emulyasi bo’yoq.

Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling