Bino va inshootlarni tekshirish ikki bosqichda amalga oshiriladi


NAVOIY VILOYATI NAVBAXOR TUMANI YANGI KUCH QFY IJAND QISHLOG‘IDA JOYLASHGAN №65-SONLI UY


Download 32 Kb.
bet3/5
Sana18.11.2023
Hajmi32 Kb.
#1786112
1   2   3   4   5
Bog'liq
ТАЙЙОРЛАНДИ Kurs ishi namuna.

NAVOIY VILOYATI NAVBAXOR TUMANI YANGI KUCH QFY IJAND QISHLOG‘IDA JOYLASHGAN №65-SONLI UY

BINOLARINING TEXNIK HOLATINI TEKShIRISh VA BAHOLASh NATIJALARI


    1. Asosiy bino

      1. Bino haqida umumiy ma’lumotlar

Bino rejada to‘g‘ri to‘rtburchak shakllardan tarkib topgan. Bino bir qavatdan iborat bo‘lib, qavat balandligi 3,0 m, tashqi balandligi 5,00m. Bino xom g‘ishtdan qurilgan. Qurilgan yili kadastr xujjatida qayd etilmagan.
Binoning hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimlari me’yoriy hujjat QMQ 2.01.03-96 «Zilzilaviy hududlarda qurilish» me’yoriy xujjati talablariga javob beradi.
Binoda ishlatilgan ayrim qurilish materiallari va konstruksiyalarining samarali foydalanish muddatlari QMQ 1.04.03-05 “Turar joy uylari kommunal va ijtimoiy madaniy belgilanishga ega bo‘lgan ob’ektlarni ta’mirlash, qayta ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va amalga oshirish qoidalari” da ko‘rsatilgan muddatlardan o‘tib ketgan, yaroqsiz holga kelmagan, jismoniy va ma’naviy texnik holati – yaxshi bahoga loyiq.
Bino quyidagi qurilish materiallari va konstruksiyalarini qo‘llash bilan tiklangan:
Poydevori –quyma betondan.
Devori – xom g‘ishtdan.
Tom –Xrezantilsement (Tunika).
Eshik – yog‘ochdan.
Deraza – alyumin profil.
Poli – yog‘och.



      1. Binoning tuzilmalari va elementlarini texnik tadqiq etish natijalari

Poydevori – quyma betondan. Kuzatuv vaqtida poydevor konstruksiyasining texnik xolati qoniqarli. Asos grunti namligi ta’siridan poydevorning betonlarida uqalanishlar mavjud. Sokolning va devorlarda ayrim chuqur darzlar, namlanish izlari mavjud. Poydevor konstruksiyasining QMQ 1.04.03-05“Turar joy uylari kommunal va ijtimoiy madaniy belgilanishga ega bo‘lgan ob’ektlarni ta’mirlash, qayta ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va amalga oshirish qoidalari” me’yoriy xujjatiga asosan (Ilova 3) samarali xizmat muddati o‘tmagan. Poydevorning fizik yemirilishi QMQ 2.01.16-97 me’yoriy xujjatiga asosan 21-40% ni tashkil etadi. Hozirda sokol qismini qayta tiklash orqali texnik xolatini tiklash mumkin.

Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling