Binolarga tabiiy va texnologik ta’sirlar


Bino unsurlarini erta eskirishi va uni oldini olish


Download 399 Kb.
bet4/5
Sana01.03.2023
Hajmi399 Kb.
#1242144
1   2   3   4   5
Bog'liq
bino ishot

1.7. Bino unsurlarini erta eskirishi va uni oldini olish.

Qurilish konstruksiyalari ekspluaatsiya qilishni jarayonida doimiy va muvaqqat yuklar keltirib chiqaruvchi kuchlar ta’siridan tashqari atrof muhitning tajavvuzkor ta’siri oschtida bo’ladilar, buning natijasida esa ularning eskirishi tezlashadi. Tashqi muhitning tajavvuzkor ta’siri ostida qurilish konstruksiyalarida sodir bo’luvchi eskirish korroziya deb ataladi. Jarayonning mexanizmi bo’yicha koroziya quyidagi turlarga ajratiladi:




  1. ximiyoviy:


  2. elektroximiyoviy:


  3. fizik-ximiyoviy:


  4. fizik:

konstruksiya ashyosning ximiyoviy koroziyasi tajovvuzkor muxit bilan o’zaro ta’sir etish natijasida ashyoning qaytmaydigan o’zgarishga olib keladi.

Elektroximiyoviy korroziyaga atmosfera sharoitlarida eksplutatsiya qilinuvchi metall konstruksiyalar, hamda isitish, issiq va sovuq suv ta’minoti quvur o’tkazgichlari tizimi va er osti konstruksiyalari duchor bo’ladilar.Strukturadagi qaytmas o’zgarishlar metall- tajovvuzokr muxit chegarasi elektr toki hosil bo’lishi natijasida ro’y beradi. Eksplutatsiya sharoitlarida ko’pincha konstrkutsiya ashyosi bilan tajovuzkor muhitning o’zaro ta’siri natijasda uning jismoniy buzulishi sodir bo’ladi. Agar korroziya konstruksiya bunday xodisa fizik ximiyoviy korroziya (bir necha komponentlarning ishqorlanishi natijasida kristallanishi) deb ataladi. Agar korroziya konstruksiya ashyosida ximiyoviy o’zgarish sodir etmasa, u holda u fizik korroziya deb ataladi.

Bino poydevor ko’pincha sanoat oqovalari bilan ifloslangan minerallangan grunt suvlari bilan duch kelishi oqibatida suyuqlik poydevor ashyosining bo’shliqlarga kiradi. Grunt suvning satxi pasayishi bilan ashyo bo’shlig’idagi suv har qanday holda bo’lmasin yo’qoladi. Bo’shliqda faqatgina ma’lum bir miqdor tuz va boshqa moddalar qoladi. Bu jarayonning yillar davomiada takrorlanishi oqibatida fizik korroziya yuz beradi.

Korroziya jarrrayoi suyuq tajavuzkor muhitda anchagina tezroq amalga oshadi. Konstruksiyaning quruq ashyosiga isbatan changsimon va qattiq zarrrchalardan iborat gaz holatidagi muhit tajavvuzkor hisoblanmaydi.

Biroq qurilish kolnstruksiyasining yuzasida ashyoga nisbatan tajavuzkor bo’lgan mineral moddaning to’yingan eritmasidan iborat yupqa qatlam hosil bo’kladi.

Muxitning tajavvuzkorlik darajasi turkumi


Tablitsa bor

Korroziya yuz beradigan joyda yuza qatlami buzulishining va uning mustaxkamligini pasayishining o’rtacha yillik tezligi bir necha yillar davomida (kamida uch yil) asliy tekshiruv ma’lumotlari ko’rinishida aniqlanadi. Tajavvuzkor muhit tarkibi bir necha gaz bo’lgan holda tajavvuzkorlik darajasi tajavvuzkorligi ko’proq bo’lgan gaz bo’yicha qabul qilinadi.

Qurilish konstruksiyalaridagi korroziya jarayonlarining hiddati gazli muxitning ta’sir darajasiga, hamda ashyoning zichligiga bog’liq. G’ovak ashyolar korroziyaga ko’proq moyil hisoblanadi (ohaktoshlar, betonlar, g’isht va boshqalar). Zich ashyolar (metallar, tabiiy tosh ashyolar) asosan tashqi yuzasidan korroziyalanadi. Tajavuzkor gazlar konstruksiyaning zich ashyolariga 2 sm gacha kirishi mumkin,beton kabi g’ovakli ashyolarga esa 10 sm gacha chuqurlashishi mumkin. Ashyolarning namligi yuqori bo’lganida gazlar kislota hosil qilishi, bu esa o’z navbatida konstruksiyani tez buzulishiga olib kelishi mumkin. Skislotalar metllarga, sementli betonlarga, silikat g’ishtlarga va cho’kindi tog’ jinslariga nisbatan ( ohaktosh, dolomit va boshqalar) tajavvuzkor hisoblanadi. Sopol buyumlar, g’isht va suyuq shisha asosidagi betonlar kislota ta’siriga qarshi korroziya barqarorligiga ega,shubilan bir vaqtda ular ishqorlardan osongina emirladi.

O’simlik va hayvon yog’ining qurilish konstruksiyalariga bo’lgan tajavuzkor shundan iboratki, konstruksiya ishga kirgan yog’ kapillyar so’riilish natijasida ashyo strukturasini qoqiluvchi pona holatda buzadi.

Qurilish konstruksiyalari havodagi namlik bilan va turli sanoat gazlari bilan qo’shilib kuchli tajavuzkor muhit hosil qiluvchi changlardan jula tez korroziyalanadi. Turli moddalarning changi qurilish konstruksiyasining yuzasiga o’tirib bug’ va namlikni o’ziga tortib oladi va tajavuzkor eritmalar hosil bo’ladi.

Qurilish konstruksiyalariga nisbatan ta’sir etish tavsifi bo’yicha tajavuzkor muhitlar 2 guruhga bo’linadi:


  1. fizik faol;


  2. ximiyoviy faol.


Fizik muhit konsturksiya ashyosida qaytmas o’zgarishlar keltirib chiqarib uning ximiyoviy bog’lamlarini buzmaydi.

Ximiyoviy tajavuzkor muhit esa fizik muhitdan farqli qaytmas o’zgarishlarni ashyoning strukturasida bo’ladigan o’zgarishlar bilan bir vaqtda sodir etadi.

Tajovuzkor muhitning ayrim turiga biologik muhit aloqador. Ko’pgina mikroorganizmlar (bakteriyalar, mikroblar, turli qo’ziqorinlar) qurilish konstruksiyalarining ayrim ashyolariga nisbatan ko’proq tajavuzkor hisoblanadi.



Download 399 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling