Binoning rekonstruksiyasi Binoning umimiy tavsifi


Injener-geolognk tekshiruv va tadqiqot ishlari


Download 53.82 Kb.
bet3/11
Sana06.04.2023
Hajmi53.82 Kb.
#1277813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Musayev Murodbek kurs ishi

Injener-geolognk tekshiruv va tadqiqot ishlari.

Injener-geologik tekshirish va tadqiqot ishlari keng ko‘lamda olib boriladigan sanoat jarayoni bo‘lib har xil bino va inshootlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya va rekonstruksiya qilish uchun asos bo‘ladigan ma’lumotlar uchun olib boriladi. Injener-geologik tadqiqot ishlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:



  1. Biron bir maydonda qurilayotgan yoki tiklash ishlari olib borilayotgan bino va
    inshootlarni ham texnik, ham iktisodiy asoslash;

  2. Bir necha qurilish maydonini takkoslash va geologik sharoitini eng yaxshi
    bo‘lganligini tanlash;

  3. Tanlab olingan yoki mavjud qurilish maydonida quriladigan yoki tiklanadigan
    bino va inshootlarning mustahkamligini ta’minlash;

  4. Bino va inshootlarning geologik muxit bilan bo‘ladigan o‘zaro bog‘liqlikni
    asoslash va baholash;

  5. Bino va inshootlardan foydalanish jarayonida geologik kuzatish ishlarini olib
    borish.

2019 yilda bino joylashgan maydonda injener geologik tadqiqot ishlari olib borildi.
Tadqikot ishlari jarayonida quydagilarni o‘rgandik.

  1. Tekshirilayotgan maydonning geologik tuzilishi;

  2. Tog‘ jinslarining tuzilishini, tarkibini, xolatini va fizik-mexanik
    xossalarini;

  3. Geologik jarayon va hodisalarni;

  4. Gidrogeologik va geomorfologik sharoitini;

  5. Bino va inshootlarni kurish, tiklash, hamda foydalanish jarayonida tabiiy
    geologik sharoitining o‘zgarishi mumkinligini baholadik.

Bu ishlar bino, uning yonida va atrofidagi rekonstruksiya ishlarini olib borish uchun joylashgan hududini umumiy xolatini, litologik qurilishini va tuproqni fizik-litologik holatini aniqlash uchun olib borildi. Ish jarayonida injener geologik sharoiti bino poydevori, uning chuqurligi, konstruksiyasi va holati xaqida ma’lumotlar aniqlandi.
Bino joylashgan hudud geomorfologik tarafdan CHirchiq daryosi o‘ng qirg‘og‘ining beshinchi eryuzion terassasiga, hamda CHirchiq va Keles daryolarining ajralish qismiga to‘g‘ri keladi. Bu terassaning tepa qismi tekis bo‘lmay balki to‘lqinsimon do‘ngliklardan iboratdir. Ba’zi joylardagi do‘ngliklar balandligi 8-10metr va undan ko‘p. Suv bo‘lingan joylari mergelesimon loyli va mergelaneogenali prolyuval qalin qatlamlardan iborat. Prolyuval qatlami asosan suglenok va supesdan, shu bilan birga gilli va qumli qatlamlardan iboratdir.Hududning geologolitologik qurilishi Toshkent majmuasining mustaxkam, juda qalin suglenoki va supesidan iborat. Alohida qatlamlar qalinligi 1,5-2 metr, supes-suglenok qatlami 20 metrdan oshiq, umumiy prolyuval qatlam 40-50 metrdir. Bino hududining tekis tebranishi 0,5-0,8 metr, notekis, sun’iy xolatda qilingan maydoni qalin qoplangan engil chang zarrachali suglenokidan iborat, shuningdek hosildor qatlamdir. Maydondan supes va suglenoki oxakli makroporisti-korbanat aralashmasi bilan kulrang-mallarangda chiqib keldi.
Bino poydevorida kuzatuv ishlari olib borilganda;
xonalari balandligi 3,3 m ni tashkil etishi, poydevorning tasmasimonligi va qalinligi 0,9m ekanligi aniqlandi. SHuningdek poydevorda tashqi yog‘ingarchiliklar okibatida namlanganlik holati kuzatildi.
Tuprokning plastik xolati engil changsimon suglenokli bo‘lib, uning tabiy xolati nam va qattiqdir. Gruntning fizik-mexanik va kimyoviy tarkibi bo‘yicha cho‘kuvchanligi I sinfga to‘g‘ri keladi. Poydevorga nisbatan qarshiligi kuzatilmaydi. Grunt ozgina sho‘rlangan va sho‘rlanish bir tekisda tarqalmagan.Bino uchun tajovuzkorlik holati kuzatilmaydi. Tuproqning korroziya xolati o‘rtachadan yuqorigacha. SHuning uchun foydalanilgan metal konstruksiyalarni zanglashdan saqlash choralarini ko‘rish lozim. yer osti suvlarining sathi er sathidan 15-20 m chuqurlikda bo‘lib, poydevorga salbiy ta’sir etmaydi Binonig zilzilaga bardoshliligi xarita bo‘yicha 9 ballga to‘g‘ri keladi. yerrning muzlash qatlami 0,6 kg ni tashkil qiladi.

Download 53.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling