Binoning rekonstruksiyasi Binoning umimiy tavsifi


Binoning rekonstruksiyasi


Download 53.82 Kb.
bet2/11
Sana06.04.2023
Hajmi53.82 Kb.
#1277813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Musayev Murodbek kurs ishi

Binoning rekonstruksiyasi.


Barcha bino va inshootlar jamiyatning maishiy, ijtimoiy va madaniy ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan. Bu ehtiyojlarni qondirish uchun binolarni, ularni xizmati mobaynida yaxshi saqlash va kuchaytirish to‘g‘risidagi doimiy ish kerak bo‘ladi. Binolarni xizmat jarayoni ularni to‘g‘ri texnik ekspluatatsiya qilishdan iborat, kerak hollarda esa qurilishni qayta qurish yoki rekonstruksiya amalga oshiriladi. Binolarni rekonstruksiya qilishdan maqsad ularni xizmat muddatida ob’ektning estetik, konstruktiv va funksional xususiyatlarini o‘zgartirish yoki kuchaytirishdir. Binolarni rekostruksiya qilish va tashqi obodonlashtirish bosqichining kuchaytirilishi shaharni rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. U yoki bu binolarga ustqurma qurish yoki qayta qurish nafaqat ularni ko‘rinishini, balki ko‘chalarni ham tashqi ko‘rinishini o‘zgartiradi. Turli xil vazifadagi binolarni ekspluatatsiya jarayonida odatda ularni vazifasi o‘zgarishi tufayli rekostruksiya qilishga talab paydo bo‘ladi. Turli xil vazifadagi jamoat binolarining ichki tashkil etilishi, ularning hajmiy-rejaviy tarkibi va uskunalari ko‘pgina umumiylikka ega va ularni jamoat binolarining boshqa turlarida ham qo‘llash mumkin. Rekostruksiyalashda va tayyorgarlikda ob’ektning joylashtirish shartlari, uning hajmiy-rejaviy parametrlari, konstruktiv afzalliklari va butun bino, uning alohida elementlarining texnik holati o‘rganiladi. Ushbu ko‘rsatkichlar asosida binodagi yangi funksional ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda qaror qabul qilinadi. Binoni qayta uskunalashda uning ichki tashkil etilishining asosiy talab va shartlari quyidagilardir: imkon boricha mavjud pardevorlarni saqlab qolish; va binoning ichki pardozi mavjud dahlizlarni birlashtirish. Eshiklarni birxilligi va ularni joylashishi ham katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari ob’ektning vazifasiga va binoning mavjud afzalliklariga ko‘ra sanitar xonalarningjoylashtirish muhim vazifalardan biridir.
. Binoning umimiy tavsifi.
Rekonstruksiya qilinayotgan bino Toshkent shahrining, Chilonzor tumani, Guliston mavzesi 21-uyda joylashgan.



Bino joylashgan yer maydonining Toshkent shahar seysmik kartasidagi o`rni zilzilabardoshlik darajasi




  • 9 ball

Grunt turning xossasi

  • I

Qor qalinligining tom yopmasiga beradigan og`irlik kuchi

  • 55 kg/m2

Shamolning tezlik bosimi

  • 38 kg/m2

Binoning qurilgan yili

  • 1976-yil

Binoning foydalanish turi

Binong konstruktiv sxemasi

  • Zil-zila uchun yig’ma temir beton panell bilan o’rnatilgan egiluvchan sinchli (каркасная)

Binoning shakli, o`lchamlari
(Конфигурация)

  • To’g’rito’rtburchak shaklida, bino 1 ta blokdan iborat, binolarni zil-zila choki ajratib turadi. o`lchamlari o’qlar bo’yicha 42.5m x 23.0m

Binoning qavatliligi

  • 3 –qavatli

Xonalarning balandligi 1-blok bo’yicha o’lchami 9.0х36,0m
1-qavat (poldan shiftgacha)


  • 3.00m

Poydevor:

  • stakansimon quyma temir-beton

Devorlar:

Pardevorlar:

  • pishiq g`ishtli, sement qorishmasi bilan terilgan, qalinligi 120,-250mm

Kolonna:

  • Yig’ma temir beton stakansimon ustun 300mm x 300mm

Rigel:

- Yig’ma temir beton, kesimi 300 x 480(h) mm va 400 x 480 (h)mm

Belbog`, ulama (обвязочный пояс)
1-qavat:

  • Yig’ma temir-beton o`lchami 300х480(h)mm

Orayopma

  • yig`ma temir-beton ko`p bo`shliqli plita t=220mm

Zina maydonchasi

  • yig`ma temir-beton 2 – marshli, maydonchalari temir-betondan

Tomyopma



  • yig`ma temir-beton bo’shliqli plita t=160mm,

Tomqoplamasi

  • Profnastil, ichkaridan suv chetlatuvchi truba o’tkazuvchiga ega

Tashqi devor atrofi to`shamasi (отмостка)

  • asfaltbetonli, eni 1,0m

Yo`lakka kirishdagi to`siq kontruksiya

  • quyma beton

Issiqlik ta`minoti

  • yuqoridan taqsimlanuvchi suvli sistema.

Shamollatish tizimi (Вентиляция)

Sovuq suv ta`minoti

  • Bino yerto`lasi orqali o`tuvchi, shahar suv ta`minotiga ulangan suv tarmog`i

Oqava suv (Kanalizatsiya)

  • shahar tarmog`iga ulangan

Elektr ta`minoti 0,4 кв

  • yer ostidan o`tuvchi 2 fazali kabel orqali




Download 53.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling