bio 21 gruh talabalari tomonidan Saxna ko’rinishi. Bir ko’zini bolasiga bergan ona


Download 17.17 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi17.17 Kb.
#1268937
Bog'liq
1,3 тадбирДокумент Microsoft Word (4)


1.3 bio 21 gruh talabalari tomonidan Saxna ko’rinishi.
Bir ko’zini bolasiga bergan ona
Biz yashab turgan bu dunyo ko’plab ibratli voqealarga boydir . Bugun e’tibotingizga shunday voqealardan birini havola qilamiz. Hikoyamiz qahramoni sizu bizni zamondoshimiz . Bu qiz onasi bilan birga yashardi . Qizning otasi bolaligida vafotgan etgan edi , onasi unng ko’ngli o’ksimasin deya qo’lidan kelgancha g’amho’rlik qilar edi.
Ona :--- Qizim senga shiringina ovqat tayyorlab qo’ydim yur birga ovqatlanamiz
Qiz :---- Uff oyi darslarim ko’p, o’zingiz ovqatlanavering
Ona : -----Mayli qizim
Qiz onasiga yomon munosabatda bo”lar edi bunig sababi onasining bir ko’zining yo’qligi edi. Bir kuni qiziga yaqin dugonasi telefon qildi.
Dugonasi: -----….ALO Assalom aleykum dgonajon yaxshimisan ?
Qiz :---- Yaxshi raxmat dugonajon o’zing yaxshimisan ?
Dugonasi :-----Raxmat yaxshi> Bugun uchrashamiz deganding .
Xa yodimdan Ko’tarilibdi sen kelaver men xozir chiqaman .
Dugonasi uyining oldiga kelib qizga yana telefon qilib kelganligini aytadi qizi chqaturib dugonasi bilan ko’rishayotganda onasi qizining ketidan chiqib dedi :
------Qizim yaxshi borib kel uyga vaqtliroq qayt
Qizi orqasiga o’girilib onasini jerkin gapira ketti:
------Oyi sizga necha marta aytay dugonalarim oldimga kelishganda chiqmang deb , axir sizdan uyalaman .
Qiz shunday dediyu orqasiga qaramay ketdi. Bir kuni qiz shaharga o’qishga ketishga qaror qiladi. Onasiga kelib ketishini aytadi . Onasi uni oldida qolishi uchun yolvordi ,ammo qiz onasining gapiga parvo ham qilmay kiyimlarini yig’ish uchun xonasiga kirib ketdi . Kiyimlarini yig;ib shaharga jo’nadi . Qiz onasidan bron marta xabar olmadi . onasi qizining sog’ina boshladi , qizining rasmiga termulib yig’lay boshladi. Qizining sog’inchiga chidolmagan ona qizining dugonlariga qo’ng’iroq qilib surishtira boshladi , dugonlari esa qizi o”qshni bitirganini , erga tegib farandli bo’lganini aytib qizing uyini manzilini berishdi.Ona qizini ko’rish uchun shaharga bordi manzilini topib eshikni qoqdi . Eshkni qizi ochdi onasini ko’rgan Qiz xayratga tushdi va onasini uyga taklif qildi . Qiz onasini jerkib shunday dedi.
-----Oyi nega keldingiz ?
-----Seni sog’indim bolam .Axir mendan bron marta habar olmadingku
-----Hozir kuyovingiz kelsa uylalib qolaman , uyga qaytsangiz yaxshi bo’lardi
Qizining bunday jerkib gapirishiga chidolmagan ona mayli bolam men boraqolay dediyu qishlog’iga qaytib ketdi. Oradan yillar o’tdi qizining farzandlari ulg’aya boshladi, qizining farzandlariga mehri osha boshladi , shunda u onasini tushundi va onasini izlab qishloqqa bordi , ammo onasini topa olmadi . Ilojsiz qolgan qiz qo’shnisinikiga borib eshikni qoqdi , qo’shni eshikni ochdi , qiz qo’shnisi bilan ko’rishdi , qo’shnisi uni uyiga kiritdi qizi shoshilayotganini aytib qo’shnisidan onasini so’radi . Shunda qo’shnisi birdan g’amgin ahvolda :
---- Qizim sizga bir gap aytay , onangizni ko’rishga kelmadngiz , onangiz kuchdan qoldi va qariyalar uyiga ketib , o’sha yerda vafot etdilar . Sizga Manabu maktubni berdilar . – deb qizning qo’liga maktub tutqazdi . Hayratda qolgan qiz shoshib maktubni ochib o’qiy boshladi.
Qizim meni yolg’iz tashlab ketganliging menga judayam og’ir botdi biroq nima bo’lganida ham sen mening qizimsan . Men seni yaxshi ko’raman . Senga bir sirni aytmoqchiman , sen go’daklik paytingda bir fojia sabab bir ko’zingdan ayrilgan eding . Ana o’shanda men soglom ko’zimning birini senga bergandim . O’sha payt senga bir ko’zimni bermaganimda , sening bolalaring sendan nafratlanar va sen sabab uyalishlari mumkin edi . Menga esa seni quvonchingni baxtingni ko’rishim uchun bir ko’zim ham kifoya qilar edi . Seni hamisha yaxshi ko’rib qoluvchi onang . Bu qiz umrining oxirigacha qanday nadomat ila yasahagan ekan ? Onalarimizga mehr beraylik ularni roziliklarini olib vaqtida qadrlariga yetaylik. Zero Jannat onalar oyog’i ostidadir .
Qatnashdi: Nurgaliyeva Shahzoda , Gafforberdiyeva Asaloy, Suvonova Madina, Amonova Nigina


1.3 bio 21 gruh talabasi tomonidan Buxorocha Raqs : Ramazonova Feruza
1.3 bio 21 gruh talabasi tomonidan she’r : Boqiyeva Tojibar
Download 17.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling