Oyi kayona viyus nima


Download 15.09 Kb.
Sana15.09.2020
Hajmi15.09 Kb.
#129804
Bog'liq
2 5204365151356061796


“Oyi kayona viyus nima”

Bahorning ikkinchi haftasi edi.Nargiza uchala farzandini kiyintirib qishloqqa onasini ko’rgani keldi.


Onasi nabiralarini juda sog’ingan edi.Ular dasturxon atrofida uyoq-buyoqdan gaplashib o’tirishgandi.Telivezordan esa har doimgiday “axborot”berayotgan edi.Bolalar hovlida shovqin solib o’ynab yurishgandi.Birdaniga hamma jim bo’lib qoldi.Televizorda eshitayotgan so’zlarining farqiga borishmasada bolalar ham kattalarning yonida jim quloq solishardi.Beixtiyor Maryam xolaning ko’zlariga yosh keldi.Covid-19.Koronavirus O’zbekistonga ham kelibdi.”Voy sho’rim endi nima qilamiz?”yig’lamsirab aytilgan gapni bolalar ham tinglashardi.Ukang Sardorjon Chet eldaku , unga nima bo’ladi deb onasi siqildi.
Nargiza esa o’zini zo’rg’a tutib onajon hali hammasi yaxshi bo’ladi.Sardorjon eson-omon qaytib keladi dedi.
Bolalar orasidan 4 yoshli Navruzbek “r” harfini to’liq talafuz qilolmas, so’zlarni buzib aytardi.U oyisiga “Oyi kayona viyus nima?”dedi .Bu savol hammani sergaklantirdi.Maryam xola nabirasini tilida tushunadigan qilib javob berdi.U bu ofat insonlarga berilgan sinov ekanligini ,faqat buni oldini olish uchun karantin qoidalariga amal qilish kerak ekanligini tushuntirdi.
Dasturxonga tortilgan osh sovitib yeyildi.Nargiza xayrlashdi.Maryam xola nabiralarini kuzatayotib “uyda qoling “ ,tozalikka amal qiling dedi.Xayolidan esa yolg’iz o’g’li Sardorjon ketmasdi.Uyga kirib telefonga qo’l cho’zgan edi, u chiringladi.Bu Sardorjon edi.

Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumani


30-maktab o’qituvchisi To’xliyeva Feruza.
Download 15.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling