15 - ish. PIGMENTLARNI EKTSRAKTSIYA QILISH
Kerakli asbob va reaktivlar: sabzi yoki o’simlik to’qimasi, atseton, pichoq,
50 ml kolba, chinni hovoncha, xromatografiya qog’ozi, shisha naycha, qalam,
silindr.
O’simlik bargidan yoki karotinga boy bo’lgan boshqa to’qimalar (sabzi) dan
2 – 3 g olib pichoq bilan yaxshilab maydalanadi, so’ngra uni chinni hovonchaga
solib atsetonda eziladi. Arsetonda ezilgan o’simlik to’qimasi 50 ml hajmdagi
o’lchov kolbasiga o’tkaziladi. Chinni hovoncha 2 – 3 marta atseton bilan yuvilib
kolbadagi aralashma ustiga solinadi va eritma hajmi 50 ml ga yetkazildi. So’ngra
filtrlanadi. Shu usulda tayyorlangan pigmentlarning atsetondagi eritmasidan
karotin manbai sifatida foydalanish mumkin.
I SH N I N G B O R I SH I
Xromatografiya qog’ozidan uzunligi 20 – 25 sm, eni 2 – 5 sm o’lchamli
kesmalar kesib olinadi. So’ngra xromatografiya qog’ozining pastki uchidan 2 sm
balandlikda oddiy qora qalam bilan bilinar – bilinmas qilib chiziq o’tkazildi.
Tayyorlangan pigmentlarning atsetonli eritmasidan nuqta shaklidagi qog’ozdagi
chiziq ustiga kapillyar shisha naycha orqali tomizib shimdiriladi. Keyin u havoda
quritiladi. Xromatografik qog’ozga pigmentlar aralashmasini tomizish va uni
quritish jarayoni 3 – 4 marta takrorlanadi. Natijada xromatografiya qog’ozida
nuqta ko’rinishda yashil rangdagi dog’ hosil bo’ladi. So’ngra pigmentlar
aralashmasi singdirilgan xromatografiya qog’ozi 2 – 3 sm balandlikda efir yoki
benzin solingan silindrga yoki maxsus shishadan yasalgan kameraga tushiriladi.
Xromatografiya qog’ozini efir yoki benzinga tushirilganda ehtiyot bo’lish kerak.
Qog’ozdagi yashil rangli dog’ erituvchidan 1,0 – 1,5 sm yuqorida turishi kerak.
Erituvchining qog’oz bo’ylab ko’tarilishi bilan pigmentlar bir-biridan ma’lum
tartibda ajrala boshlaydi (3 – rasm).
Karotin efir va benzinda yaxshi eriganligi tufayli
boshqa pigmentlardan oson ajralib, xromatografiya
qog’ozining eng yuqori qismiga ko’tariladi. Undan
keyin ksantofill, xlorofill «a» va xlorofill «b»
joylashadi. Pigmentlarning bir – biridan ajralishi
benzol – benzin aralashmalarida (1:1 nisbatda)
yanada yaxshiroq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |