Biofizika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 56.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana31.01.2024
Hajmi56.92 Kb.
#1830753
1   2
Bog'liq
Kristal va amorf jismlarning mexanik xossalari (1)

KRISTALL 
VA 
AMORF 
JISMLAR
Kundalik turmushda biz gaz, suyuqliklarga nisbatan qattiq jismlarni ko’proq 
ishlatamiz. Sinfdagi stol, stul, doska, bo’r. kitob. daftar va h. k. lar qattiq jismlarga 
kiradi. Qattiq jismlar qanday tuzilgan? Nega ayrim qattiq jismlar ozgina kuch ta'sirida 
sinib ketadi?
Molekular-kinetik nazariyaga ko’ra, qattiq jismlar ham atom va molckulalardan iborat 
bo’lib, to’xtovsiz harakatda bo’ladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, qattiq jismlar atom 
molekular tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi. Kristall va amorf jismlar. Kristall jismlarda 
atomlar ma'lum bir tartib bilan joylashadi. Masalan, osh tuzi (NaCl) dagi natriy va xlor 
atomlari kub shaklini hosil qilib joylashadi. 



Atomlar kristall panjara tashkil etib joylashganda, o’zaro ta'sir kuchlari 
kompensatsiyalangan 
(muvozanatlashgan) 
holda 
bo’ladi.
Atomlar hosil qilgan shaklni kristall panjara deyiladi. Panjarada atomlar turgan 
joylarini panjara tugunlari deyiladi. Kristall panjaradagi atomlarni bogMovchi 
chiziqlarni xuddi deraza panjarasidagi sterjenday tushunmaslik kerak. Bu chiziqlar 
atomlar orasidagi o’zaro ta'sir kuchlarini ifodalaydi. Moddalar hosil qilgan kristall 
panjaralar turli ko’rinishga ega. Unda kristall panjaraning eng kichik elementar 



yacheykasi keltirilgan. Kristallda shu elementar yacheykalar takrorlanib joylashadi. 
Turli rangga ega bo’lgan, lekin aynan bir xil kimyoviy elementlardan tashkil topgan 
kristallar uchraydi. Masalan, tabiiy korund kristalining 40 dan ortiq rang va jilvaga ega 
bo’lgan turlari topilgan. Shu bilan birga bir xil rang va jilvaga ega bo’lgan, lekin 
kimyoviy tarkibi turlicha bo’lgan kristallar mavjud. Masalan. kvars, turmalin, sirkon. 
topaz va boshqalar. 
Tabiatda tabiiy kristallarning o’lchamlari hayratlanarli darajada har xil uchraydi. 
Ulardan ayrimlarining o’lchami odam bo’yiday bo’lsa, ayrimlariniki qog’oz 
varag’idan yupqa bo’ladi. Qalinligi bir necha metr keladiganlari ham uchraydi. 
Ispaniyaning ayrim joylarida kristallar darvoza ustuni sifatida qo’yilgan. Ko’pgina 
kristallar ideal toza va suv kabi shaffof bo’ladi. «Kristall kabi toza» iborasi shundan 


10 
olingan.
Kristallarning xossalari. kristall atomlarining qanday panjara tashkil etib joylashishiga 
bog’liq. Bunga misol tariqasida uglerodni keltirish mumkin. Uglerod atomlari hosil 
qilgan kristall panjarasiga ko’ra oddiy ko’mir, grafit, qorakuya va olmos bo’lishi 
mumkin.Ularning kimyoviy formulasi bo’lsada, xossalari turlicha. Grafit qalamdan 
yozish vositasi sifatida ishlatiladi. Yumshoqligi tufayli qog’ozga ishqalansa surkaladi. 
Olmos esa dunyodagi eng qattiq materiallardan biri hisoblanadi. Bu farqni tushunish 
uchun rasmda keltirilgan olmos va grafitning kristall panjarasiga murojaat qilamiz. 
Grafitning elementar yacheykasi qatlam-qatlam tuzilishga ega. Shu sababli qog’ozga 
surkalganda qatlam-qatlam bo’lib ajraladi. Olmos yacheykasida alomlar zich. kompakt 
joylashgan. Olmosni oyna kesishda, yerning qattiq qatlamlarini burg’ulashda 
ishlatiladi. Ishlov berib, qirralari chiqarilgan olmosni brilliant deyiladi. Kristallarda 


11 
turli yo’nalishlarda uning fizik xossalari turlicha bo’ladi. Unga anizotropiya deyiladi. 
Hamma qattiq jismlar ham kristall panjara tashkil etmaydi. Ayrim qattiq jismlarda 
zarralar joylashishi suyuqliklarnikiga o’xshash boladi. Ularni (amorf jismlar deyiladi. 
Amorf jismlarga misol sifatida shisha, mum, parafin, bitumlarni keltirish mumkin. 
Aynan bir xil modda ham kristall ham amorf ko’rinishida uchrashi mumkin. Masalan, 
shakarni eritib, sekin sovitilsa, kristall hosil bo’ladi. Agar tez sovitilsa, konfet, ya'ni 
amorf modda hosil bo’ladi. Amorf moddalar ham «o’quvchanlik» xususiyatiga ega. 
Qadimgi qasrlarga o’rnatilgan deraza oynalari o’rganilganda, ularning pastki 
qismlarining qalinligi, ustki qisminikidan qalin bo’lib qolganligi aniqlangan. 


12 
FOYDALANILGAN ADABVIYOTLAR: 
1.INTERNET SAYTLARI:GOOGLE.UZ 
2.ARXIV.UZ 
3.ZIYO.NET 
4.https://arxiv.uz/uz/documents/slaydlar/fizika/ 
5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Amorf 
6.https://uz.denemetr.com/docs/768/index-212729-1.html?page=2 

Download 56.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling