Biofizika kitob yangisi 2013. doc
§ 5.3. Biologik membranalarda ko’chish
Download 2.18 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA (1)
§ 5.3. Biologik membranalarda ko’chish
Tirik organizmlar ochiq tizimlardir. Shuning uchun biologik membranalar orqali moddalar ko’chishi hayotning zaruriy shartidir. Membranalar orqali moddalar ko’chishi bilan hujayra metabolizmi jarayonlari, bioenergetik jarayonlar, biopotensiallar hosil bo’lishi va boshqa jarayonlar bog’liqdir. Biomembranalar orqali moddalar ko’chishida buzilishlar ro’y bersa, organizmda turli patologiyalar paydo bo’ladi. Biologik membranalar orqali moddalar ko’chishini ikki asosiy turga ajratish mumkin: passiv va aktiv. Passiv ko’chish deb moddaning konsentrasiyasi yoki elektrokimyoviy potensiali katta bo’lgan joydan kichik bo’lgan joylarga ko’chishga aytiladi. Passiv ko’chishning quyidagi turlari bor: 1) erkin diffuziya; 2) yengillashgan diffuziya. Aktiv ko’chishda modda elektrokimyoviy potensial gradiyentiga qarshi ko’chadi, bunda energiya sarf bo’ladi. Erkin diffuziya deb molekulalarning xaotik issiqlik xarakati tufayli moddaning konsentrasiyasi katta bo’lgan sohadan konsentrasiyasi kichik bo’lgan sohalarga o’z-o’zidan ko’chishga aytiladi. Biologik membranalar orqali erkin diffuziya amalga oshishining bir necha turi mavjud: lipid biqatlami orqali, lipid qatlamidagi teshiklar va oqsillardagi teshiklar orqali. 5.3-rasm. Membrana orqali erkin diffuziyaning asosiy turlari: a) lipid biqatlami orqali; b) lipid qatlamidagi teshiklar orqali. s) oqsildagi teshiklar orqali. Lipid qo’shaloq qatlami orqali erkin diffuziya membranadagi konsentrasiyalar gradiyenti tufayli ro’y beradi. Modda oqimining zichligi Fik qonuniga binoan (5.7- tenglama). PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 85 l i C C D DgradC I − − = − = 0 (5.16) Bunda − D diffuziya koeffisiyenti. 0 C va i C - moddaning hujayra tashqarisida va ichidagi konsentrasiyasi, − l membrana qalinligi. Fik qonunini membrana o’tkazuvchanligi koeffisiyenti P orqali ham yozish mumkin. O’tkazuvchanlik koeffisiyenti P quyidagicha aniqlanadi: l DK P = (5.17) Bunda − K modda konsentrasiyasining membrana tashqarisida va ichidagi nisbatini ko’rsatuvchi taqsimlanish koeffisiyenti deb ataladi. O’tkazuvchanlik koeffisiyenti orqali Fik qonuni quyidagicha ifodalanadi: ) ( 0 i C C P − = τ (5.18) O’tkazuvchanlik koeffisiyenti diffuziya koeffisiyentiga ( D ), modda membranada naqadar yaxshi erishi ( K ) ga to’g’ri proporsional, membrana qalinligi ( l ) ga teskari proporsionaldir. O’tkazuvchanlik koeffisiyentining o’lchami m/s dir. Membrananing fosfolipid fazasida qutbsiz moddalar, masalan, organik yog’li kislotalar, efirlar yaxshi eriydi. Bu moddalar membrananing lipid fazasi orqali yaxshi o’tadi. Lipid qo’shaloq qatlam orqali qutbli, suvda eruvchi moddalar: tuzlar, asoslar, shakarlar, aminokislotalar va spirtlar yomon o’tadi. Keyingi davrda lipid qo’shaloq qatlami orqali kichik qutbli molekulalar o’tishini fosfolipid molekulalarining moy kislotali dumlari orasida kichkina bo’shliqlar – kinkilar hosil bo’lishi bilan bog’lashadi. Issiqlik harakati tufayli “kinki”larning membranaga ko’ndalang holda ko’chishi ro’y beradi, bunda ularga tushgan kichik molekulalar, birinchi navbatda suv molekulalari ham ko’chadi. Membranadagi lipid va oqsil teshiklar orqali lipidlarda erimaydigan va suvda eruvchan gidratlashgan ionlarning molekulalari o’tadi. Bunda membrana orqali o’lchamlari katta molekulalarning o’tishi qiyin bo’ladi. Bunda ko’chishning tanlanuvchanligi membranalarda turli radiusli teshiklar borligi bilan ta’minlanadi. O’tkazuvchanlik koeffisiyenti P membrana potensialiga ham bog’liqdir. Masalan, kaliy ionlari uchun eritrosit membranasidagi teshiklar orqali o’tkazuvchanlik koeffisiyenti, membrana potensiali 80 mV bo’lganda, ancha kichik qiymat 4pm/s ga teng bo’lsa, potensial 40 mV gacha kamayganda 4 marta kamayadi. Kalmar aksoni membranasining kaliy ionlari nayi orqali boshqa ionlar ham o’tishi mumkin, biroq P ning kichikroq qiymatlari bilan (5.1 – jadval). Kalmar aksonidagi kaliy nayidan bir valentli ionlar o’tkazuvchanligining nisbati Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling