Biofizika kitob yangisi 2013. doc
§ 6.4. Veterinariyada termodinamik davolash usullardan foydalanish
Download 2.18 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA (1)
§ 6.4. Veterinariyada termodinamik davolash usullardan foydalanish Tibbiyot va veterinariyada termodinamik davolash usullari keng qo’lla- nilmoqda. Organizmga sekinlik bilan qo’shimcha issiqlik berish bilan bir qancha kasalliklarni davolash mumkin. Buning uchun o’ziga issiqlik energiyani to’plab, so’ng asta-sekin beradigan materiallardan foydalaniladi. Masalan, jadvalda shunday moddalar keltirilgan. 6.2-jadval Modda S 1 К кг кЖ ⋅ λ 1 Vt/m K Suv 4,19 0,58 PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 118 Loyqa Torf Parafin Ozekrit 2,09 3,85 3,23 3,35 0,70 0,42 0,23 0,15 Bu usuldan qishloq xo’jalik hayvonlarini davolashda keng qo’llanil-moqda. Masalan, muskullar shamollashida, revmatizm kasalliklarida va hokazo. Parafin va ozekerit 85 o S gacha isitilishi mumkin va u tanani kuydirmaydi, chunki tanaga tekkan qismi tezda 45 o S gacha sovuydi va issiqlik o’tkazuvchanligi yomonligi sababli ichki qismlar harorati saqlanib asta-sekin tanaga beriladi. Parafin, ozekerit yordamida hayvonlarda mastit, ginekologik kasalliklarini davolashda keng qo’llaniladi. Hayvonlarda tana haroratini doimiy saqlash xususiyati ularning gipotalamusida issiqlikni boshqaruvchi markazlarning borligi sababdir. Bunda uzatgichlar rolini teri va shilimshiq pardalarda joylashgan maxsus reseptorlar o’ynaydi. Tanada haroratning oshishi yoki pasayishida bu reseptorlarda seskanish yuz beradi va nerv tizimida issiqlik oqimini ichkariga yoki tashqariga yo’naltiradi. Teri issiqlik almashishda (70%), asosiy rolni o’ynaydi shu sababli unga issiq yoki sovuq bilan ta’sir qilib issiqlik almashinishni boshqarish mumkin. Masalan, issiqlik ta’sirida ter chiqishi oshadi va bu issiqlik almashinishni yaxshilaydi va organizmdan zaharli moddalarning chiqib ketishini ta’minlaydi. Tanaga sovuqlik ta’sir qildirib og’riqni kamaytirish usuli ko’pchilikka ma’lum. Organizm sovuq qotganda qonning zichligi va yopishqoqligi ortadi. Davolash maqsadida o’zida issiqlikni uzoq vaqt saqlab qoladigan, katta solishtirma issiqlik sig’imiga ega bo’lgan moddalardan foydalaniladi. Masalan, suv yordamida vanna qabul qilish va boshqalar. Torf va loyqa yordamida davolashda u nafaqat issiqlik ta’siri, balkim mexanik ta’siri ham mavjuddir. Bundan tashqari loyqa tarkibidagi ba’zi foydali kimyoviy elementlar ham teri orqali organizmga kiradi. Konveksiya yo’qligi tufayli uni ancha yuqori haroratgacha isitish mumkin. Tanaga tekkan qismi tezda tana haroratigacha soviydi, qolgan qismidagi issiqlik asta-sekin organizmga o’tadi. Agar organizm tashqi muhit sharoitlarining o’zgarishida stasionar holatini saqlash imkoniyatiga ega bo’lmasa, bu holatdan chetlashsa, bu uning o’limiga olib keladi, chunki organizm bu vaziyatga tezda moslasha olmaydi, ya’ni sharoitning o’zgarishiga mos holda nisbatan tezlik bilan stasionar holatga o’ta olmaydi. Harorat har qanday fizik hodisaning asosini tashkil qiladi. Haroratni to’g’ridan- to’g’ri o’lchab bo’lmaydi. Ikki xil shkala mavjud. Selsiy – boshlang’ich nuqtasi muzning erish nuqtasi O 0 S va suvning qaynash nuqtasi 100 0 S. Xuddi shunday absolyut harorat shkalasi boshlang’ich nuqta O 0 K, ya’ni -273,15 o S bitta reper nuqtaga ega. Harorat termometrlar yordamida o’lchanadi. Past harorat tibbiyotda tana ayrim qismlarini uzoq vaqt konservasiya qilish uchun ishlatiladi. Anestaziya xossasiga ega bo’lgan sovuq yordamida asab kasalliklariga tegishli bo’lgan odam bosh miyasidagi ayrim hujayralar yadrosini yo’q qilishda ishlatiladi. Masalan, parkinsonizm, mikrojarroxlikda nam to’qimalarning sovuq metall asboblarga yopishib qolishi usulidan foydalanib, bu to’qimalarni boshqa joyga ko’chirishda PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 119 foydalaniladi. Krioterapiya, kriojarroxlik va shu kabi yangi terminlar yuzaga kelmoqda. Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling