Biofizika kitob yangisi 2013. doc
Download 2.18 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA (1)
§ 7.2. Moddalarning elektr xossalari PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 129 Moddalar o’zlarining elektr o’tkazuvchanligiga qarab uchga bo’linadi. Elektr tokini yaxshi o’tkazuvchi – o’tkazgichlar, umuman o’tkazmaydigan modda-lar – dielektriklar va qisman o’tkazuvchilar (yarim o’tkazgichlar) ga bo’linadi. Agarda neytral o’tkazgich tashqi elektrostatik maydonga joylashtirilsa, uning zaryadlariga elektr maydon ta’sir qiladi va ular harakatga keladi. Zaryadlarning ko’chish toki zaryadlar taqsimotida muvozanat yuzaga kelguncha davom etadi. Bu holda o’tkazgich ichidagi eletrostatik maydon nolga teng bo’ladi. Agar shunday bo’lmaganda edi, tashqi maydon ta’sir qilmasa ham zaryadlar ko’chishi va tok oqishi mumkin bo’lar edi. Demak, elektr maydon kuchlanganligi o’tkazgich ichidagi hamma nuqtalarda Ye = 0 bo’ladi. O’tkazgich ichida maydonning yo’qligi uning hamma nuqtalarida potensial bir xil bo’lishini ko’rsatadi (φ= const), ya’ni elektrostatik maydonda o’tkazgich sirti ekvipotensial hisoblanadi. Bu esa maydon kuchlanganligi vektorining o’tkazgich sirtiga normal bo’lishini ko’rsatadi. Agar shunday holat bo’lmasa zaryadlar maydon ta’sirida harakatga kelar edi. 7.2-rasm. Elektrostatik maydonda o’tkazgich.a-induksiyalangan zaryadlar xosil bulishi, b-kuchlanganlik chiziklarning uzulishi O’tkazgich ikki uchi ikki ishorali, zaryadlanib qoladi, demak, neytral o’tkazgich elektrostatik maydonga kiritilsa, kuchlanganlik chiziqlari uziladi. Indusirlangan zaryadlar tashqi sirtda taqsimlanadi. Sirt zaryadlarining tashqi elektrostatik maydonda qayta taqsimlanish xodisasi elektrostatik induksiya hodisasi deyiladi (induksiya lotincha so’z induation – qo’zg’atish, uyg’otish degan ma’noni anglatadi). Sirt yaqinida maydon kuchlanganligi quyidagicha ifodalanadi. o εε δ = Ε (7.12) Bu yerda δ -zaryadlar sirt zichligi, ε - o’tkazgichni o’rab turuvchi muhit dielektrik singdiruvchanligi. O’tkazgich ichida maydon yo’q bo’lishiga asoslanib elektrostatik himoya qo’llaniladi. Yakkalangan o’tkazgichga berilgan zaryad potensialga to’g’ri proporsionaldir, ya’ni q ~ φ Agar proporsionallikdan tenglikka o’tsak, u holda q = S. φ Bunda S- yakkalangan o’tkazgich elektr sig’imi deyiladi : S = ϕ q (7.13) Elektr sigimining birligi (1Kl/1V) = farad (f). 1 Farada deb unga 1 Kulon zaryad berilgan potensiali 1 Voltga o’zgaradigan o’tkazgich elektr sig’imiga PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 130 aytiladi. O’tkazgichning elektr sig’imi uning o’lchamlari va shakliga bog’liq bo’lgan muxim elektr kattalikdir. Biroq, bunday deyish faqat yagona turgan o’tkazgichlar uchun o’rinli bo’ladi. Farad sig’imning haddan tashqari katta birligidir. Shuning uchun ko’pincha mikrofarada (mkf) va pikofarada (pf) dan foydalaniladi. ф мкф 6 10 1 − = мкф пф 6 10 1 − = . Bu sig’imlar radiusi 9 km va 0,9 sm bo’lgan yakkalangan o’tkazuvchan sharlar sig’imi bo’ladi. Yerning radiusi км R 6400 = bo’lgan o’tkazgich shar deb hisoblash mumkin. Bu holda Yer sharining elektr sig’imi мкф C 711 9 6400 = = . Dielektriklar bilan ajratilgan o’tkazgichlardan tuzilgan elektr tizim kondensator deb ataladi. Bunday tizim o’lchami kichik bo’lganda ham sig’imi katta bo’ladi. Eng sodda kondensator yupqa dielektrik qatlami bilan ajratilgan ikkita parallel metall qoplamalardan tuzilgan bo’ladi va bu qatlamlarga kattalik jihatdan teng bo’lgan turli ishorali zaryadlar beriladi. 7.3-rasm. Yassi kondensatorning sig’imini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin: Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling