Biofizika va Radiobiologiya “Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda radiasion havfsizlik asoslari”


Download 0.86 Mb.
bet5/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1519797
1   2   3   4   5
Bog'liq
muslima

O’tkir nur kasalligi belgilari.

  • Kasallikning dastlabki, belgilari bemor qancha nur olganiga qarab namoyon bo’ladi. Nurlanish kam bo’lganda 18-24 soat, urtacha miqdordagi nurlannshda 4-10 soat, kuchli nurlanish olganda esa 1 - 3 soatdan so’ng odam kam harakat bo’lib, uyqu bosadi, tana harorati ko’tarilib, ko’ngli ayniydi, qusadi. Ko’p miqdorda nurlanganlar ko’p qayt qiladi, sillasi qurib, ba'zan qushidan ketadi.
  • Chernobil shaxridagi AES portlaganda 1986 yil 25 apreldan 26 aprelga o’tar kechasi "tez yordam"da navbatchilik qilgan Pripyat shaxrilik shifokor V. P. Beloko shunday hikoya qiladi: "Un sakkiz yashar yigitni olib kelishdi. U ko’ngli aynib, boshi qattiq og’riyotganligidan shikoyat qilib, qusa boshladi. Uni mashinaga olib kirmasimdanoq ahvoli og’irlasha boshladi. Aqli ozib, tildan qola boshladi, rangi oppoq oqarib ketdi. Yana uch-to’rt kishi ham boshi qattiq og’rib, tomoq bug’ilishi, ko’ngli aynishidan shikoyat qilishar va qusishardi. Ertalab soat oltilarda o’zimning ham boshim og’rib, tomog’im qusayotganini, oyoqlarimdan mador ketayotganini his etdim".
  •  Chernobil AES da zarar ko’rganlarni saralash paytida bemor tinimsiz qusa bersa, samolyotda Moskvadagi maxsus 6 - shaqar shifoxonasiga yuborib, o’tkir nur xastaligidan davolashardi. Agar bemorning ko’ngli sal-pal aynib, kasallikning boshqa belgilari bo’lmasa, uni Kiev shaxrida qoldirishardi. Afsuski, nurlanganlarning qay darajada nur olganligini kursatuvchi asboblar ishdan chiqqan edi. Oz va o’rtacha miqdorda nur olganda qon tarkibida bir oz neytrofilli leykositoz, og’ir hollarda tezda leykopeniya yo’zaga keladi, eritrositlarning cho’kish tezligi (EChT) odatda bir qadar sekinlashadi. 3-4 kundan so’ng kasallik yashirin davrga o’tadi va u 3-5 kundan 14-21 ko’ngacha davom etadi. Bunda bemor ahvoli odatda yaxshilanadi, lekin periferik qon o’zgarishlari zurayadi, neytro va limfopeniya, trombositopeniya va retikulositlar soni kamaygan holda leykopeniya avj oladi.

Surunkali nur kasalligi

  • O’tkir nur kasalligidan farq qilgan holda surunkali nur xastaligi odam tanasiga nurning uzoq vaqt ta'sir etishidan kelib chiqadi. Surunkaln nur kasalligi harbiy holatlarda ham, nur bilan ishlovchilar ehtiyot choralarini ko’rmaganlarida ham kelib chiqishi mumkin.
  • Kasallik belgilari. Surunkali nur kasalligi belgilari nurning miqdoriga, uning tanada qay tarzda tarqalganiga va inson organizmining nurlar ta'siriga naqadar sezgirligiga bog’liq. Shu munosabat bilan hozirgi paytda surunkali nurlanish nurning organizmga ta'siriga kura uch davrga bulinadi.
  • Birinchi davr nurning tanaga uzoq vaqt mobaynida bir xil ta'sir o’tishi bilan ifodalanadi.
  • Ikkinchi davr nurning ham tashqaridan, ham odam ichiga tushib ta'sir etish qollarini o’z ichiga olib, bunda nur aloqida bir a'zoga mahalliy ta'sir kursatishi mumkin.
  • Uchinchi davr umumiy va mahalliy nurlanishlardan iborat turlarni ua o’z ichiga oladi.
  • Surunkali nur kasallignda tanadan o’tgan nur miqdori bilan kasallikning nechoqli og’ir o’tishi o’rtasidagi munosabat aniqlanmagan. Taxminan 1-1,5 grey nur olgan odamda xastalik belgilari yaqqol sezilmasa, 4-5 grey nur olgan bemorlarda nur kasalligining og’ir kechishi ko’zatiladi, degan fikrlar mavjud. Surunkali nur kasalligi bemor umumiy ahvolining yomonlashuvi bilan boshlanadi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling