Radiatsiya xavfi haqida ma’lumot eshitgandan keyin bajarilishi kerak bo’lgan chora-tadbirlar: - Radiatsiya xavfi haqida ma’lumot eshitgandan keyin bajarilishi kerak bo’lgan chora-tadbirlar:
- Hamma oila a’zolaringiz uchun yakka muhofaza vositalarini tayyorlash va zarurati bo’lganda darhol uni taqib olish;
- Yakka muhofaza vositalari bo’lmasa, paxta dokali niqobni tayyorlash va zarurat bo’lganda darhol taqib olish;
- Xonadoningiz (kvartirangiz)ga tashqaridan havo kirmaydigan qilib berkitish;
- Oziq-ovqat mahsulotlari va suvni radioaktiv changlardan muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko’rish;
- Televideniya, radio orqali olingan ma’lumotlar va ko’rsatmalar asosida tezkorlik bilan evakuatsiyaga tayyorgarlik ko’rish va yashayotgan xonadondan chiqib, oldindan rejalashtirilgan eng yaqin joylashgan panagoh, radiatsiyadan yashirinish joylari va yerto’lalarga yashirinish;
- Panagoh, radiatsiyadan yashirinish joylari va yerto’lalardan foydalanish imkoniyati bo’lmasa, uyda deraza va eshik hamda ularning tirqishlarini yaxshilab berkitish va ularni qalin mato bilan yopish.
- Qurilmalarni ekranlash (qo’rg’oshin va og’ir metal tuzlari bilan to’sish)
- Ish xonasiga kirish uchun labirint yo’llar hosil qilish
- Moddalar bilan ishlaganda vaqtni cheklab qo’yish
- Radioaktiv chiqindilarni o’z vaqtida olib ketish va ularga tegishli ishlov berish
- Individual himoya vositalaridan foydalanish va boshqa tadbirlar(rezina qo’lqop,maxsus kiyim,protivogaz va boshqalar)
- Masofa bilan himoyalanish
- Miqdor bilan himoyalash
Ionlovchi nurlanishning biologik ta’siri - Ionlovchi nurlar to’qimalarga bezosita va bilvosita ta'sir etadi. Bu nurlarning to’qimalarga bevosita, tuqridantuqri ta'sir etishi natijasida ularning biomolekulalari ionlashib qo’zqaladi. Nurlarning bilvosita ta'siri esa to’qima tarkibidagi suvning radioliz jarayoni bilan bog’liq bo’lib, oqibatda qosil Bulgan parchalanish maqsulotlari uta faol xususiyat kasb etadi va hujayra tarkibiga kiruvchi barcha organik moddalarni oksidlab qo’yadi.
- Bevosita nurlanish ta'sirida xromosomalar, bilvosita ta'sir tufayli suv radiolizi maqsulotlaridan to’qimalar zarar kuradi, deb hisoblanadi. hujayra va to’qimalarining nurlanishga naqadar sezgirligi ularning faolligiga bog’liq. hujayralar qanchalik mitotik yul bilan bo’linib ko’paysa, ularning nurlanishga sezgirligi ham yuqori bo’ladi. Limfoid va mieloid to’qimalar nurlanishga eng sezgir to’qimalar bo’lib, ulardan so’ng ichak va teri epiteliysn, ovqat qazm qilish hamda endokrin bezlarishshg sekret ishlab chiqaruvchi hujayralari, mushak, toqay, suyak va biriktiruvchi to’qimalari turadi.
- Nurlar ta'sirida qonda radiotoksinlar qosil bo’lishi va aylanishi oqibatida ularning ichki a'zolar faoliyatini boshqara olmay qolishi yotadi. Nurlanishning tashqi belgilari (olimlar Ye. V. Gembisskiy va F. I. Komarov ko’zatishicha) ko’plab omillarga bog’liq. bular -nur turlari (gamma, beta, neytron va b. q.), ularning miqdori va quvvati, nurlovchi manbaning joylashishi (tashqi ma'lum masofadagi manbadan va ichki - odam ichiga nurlovchi modda tushishidan), odam tanasiga nurlarning bir tekis, notekis bir joyga yoki tananing ma'lum qismiga ta'sir etishi, qancha vaqt ichida qay miqdorda nurlanishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |