Biofizika va Radiobiologiya “Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda radiasion havfsizlik asoslari” Qabul qildi : Toshpo’latov.ch - Radiatsion himoya
- Radioaktiv moddalar bilan ishlash qoidalari
- Radiatsiya xavfsizligi fanining maqsad, vazifarlari va o'rganish obiyektlari
REJA :
Radiatsion himoya - radiatsion xavfsizlik — radioaktiv moddalar va boshqa ionlovchi nurlanish manbalari bilan ishlaganda xavfsizlikni taʼminlovchi tadbirlar majmui. Radiobiologiya, yadro fizikasi, kosmik biologiya, kosmik tibbiyot va boshqa fanlar yutuqlariga asoslanadi. Radiatsion himoyaning asosiy maqsadi — biosferaning radioaktiv moddalar bilan ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik, odam va hayvonlar organizmini (Mas, kosmos sharoitida) zararli nurlanishlardan asrash va h.k.
Zararli nurlanishlarning organizmga biologik taʼsiri haqidagi maʼlumotlar Radiatsion himoya yoki radiatsion xavfsizlik meʼyorlarini ishlab chiqish uchun asos boʻladi (qarang Dozimetriya). - Zararli nurlanishlarning organizmga biologik taʼsiri haqidagi maʼlumotlar Radiatsion himoya yoki radiatsion xavfsizlik meʼyorlarini ishlab chiqish uchun asos boʻladi (qarang Dozimetriya).
- Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda yoki ulardan foydalanishda xavfsiz sharoitlarni taʼminlash, avvalo, xodimlarni xavfli nurlanishlar manbai (yadro reaktorlari, gammadefektoskoplar, radioizotop termoelektr generator va boshqalar) taʼsiridan ishonchli himoya qilishdan iborat.
Bunga qurilmalarni ekranlash (toʻsish), ish xonasiga kirish uchun labirint (aylanma) yoʻllar hosil qilish, bu manbalar bilan ishlash vaqtini cheklab qoʻyish, radioaktiv chiqindilarni oʻz vaqtida olib ketish va ularga tegishli ishlov berish, yakka (individual) himoya vositalaridan foydalanish va boshqa tadbirlar orqali erishiladi. - Bunga qurilmalarni ekranlash (toʻsish), ish xonasiga kirish uchun labirint (aylanma) yoʻllar hosil qilish, bu manbalar bilan ishlash vaqtini cheklab qoʻyish, radioaktiv chiqindilarni oʻz vaqtida olib ketish va ularga tegishli ishlov berish, yakka (individual) himoya vositalaridan foydalanish va boshqa tadbirlar orqali erishiladi.
- Radiatsion himoyani meʼyoriy jihatdan taʼminlash uchun Radiatsion himoya boʻyicha xalqaro komissiya materiallari asosida radiatsion xavfsizlik meʼyorlari ishlab chiqilgan (1976). Bu hujjatda R.Hning asosiy tamoyillari belgilab qoʻyilgan.
- Bu meʼyorlarda radioktiv nurlar bilan nurlanishning chegarasi yoʻl qoʻyiladigan qiymatlari va nazorat darajalari, nurlanish dozalari chegaralari, turli nurlanishlarning sifat koeffitsiyentlari belgilab qoʻyilgan. Bu meʼyorlar radioaktiv moddalar bilan ishlovchi barcha shaxslar uchun majburiy hisoblanadi. Agar R.hga doir chegaraviy meʼyorlar buzilganligi aniqlansa, "Radioaktiv moddalar va boshqa ionlovchi nurlanishlar bilan ishlashdagi asosiy sanitariya qoidalari"ga muvofiq choralar koʻriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |