Biofizika va Radiobiologiya “Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda radiasion havfsizlik asoslari”


Download 0.86 Mb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1519797
1   2   3   4   5
Bog'liq
muslima

“Radiatsiya xavfsizligi” fani quyidagilarni o‘rgatishni vazifa qilib belgilaydi: -o‘quvchilarda nurlanish va nur manbalari to‘g‘risida tushunchalar hosil qilish; -nurlanishning sabablarini bilish; -odam organizmi uchun zararli nurlar to‘g‘risida ma’lumotlar hosil qilish; -radioaktiv parchalanish, ionlashtiruvchi nurlanishlar haqida bilimni hosil qilish; -radiatsiyaviy xavfsizlik va uning huquqiy asoslarini bilish; -radioaktiv parchalanish qonuni; -radioaktiv moddalarni iqtisodiyotda qo‘llanishi; -atom energetikasi sohasi; -nur kasalliklari va ularni davolash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish; -nurlanishlar ta’sirining biologik oqibati; -radioaktiv ifloslanish, uning atrof-muhitga va odamlarga ta’sirini o‘rganish; -dozimetriya asoslari, ionlashtiruvchi nurlanishlar dozimetriyasi to‘g‘risida tushunchalar hosil qilish; -dozimetrik asboblardan foydalanishni o‘rganish; -radiometriya va radiometrik asboblardan foydalanishni o‘rganish; -radiatsion xavfli obyektlar, atom energetikasi sohasi bo‘yicha ma’lumotlarga ega qilish; -dunyo mamlakatlarida ro‘y bergan radiatsiyaviy avariyalar;

Radiatsiya – bu energiyaning zarrachalar yoki to‘lqin shaklida tarqalishidir. Yorug‘lik, ultrabinafsha nurlar, infraqizil issiqlik nurlantirish, mikroto‘lqinlar, radioto‘lqinlar radiatsiyaning turli shakllaridir. Ayrim nurlanishlar ionlashtiruvchi nomini olganki ular nurlangan moddalarda ionlashishni sodir qiladi. Ularning odamga salbiy ta’siri og‘ir oqibatlar bilan yakunlanadi. Shu sababli, mazkur fan o‘quvchilarda radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida tushunchalarni hosil qilishga manba bo‘ladi. Buni bilgandan so‘ng ular bilan munosabatda e’tiborli bo‘lishlari tabiy. Radiatsiyaviy nurlar β turlarga bo‘linadi. Ularning odam tanasiga nisbatan o‘tuvchanligi quyidagi rasmda

  • Nur kasalligiga chalinayotganlar orasida soha xodimlaridan tashqari o‘smir bolalar ham uchrab qoladi. Ular nimadan va qayerdan nur ta’siriga tushib qoladi. Manbalardan ma’lumki so‘nggi avlod televizor ekranlari, kompyuter monitorlari nur chiqarishdan yaxshigina himoyalangan, ularning oldingi avlodlarida himoya choralari anchagina past bo‘lgan. Ulardan surunkali foydalanish ham sabab bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtdagi aloqa vositalari, texnikalari, ularni ishlab chiqaruvchilar ham nurlanish bo‘yicha potensial xavflarga ega. Ayniqsa, foydali qazilmalar bilan shug‘ullanuvchilar: uran, plutoniy, qo‘rg‘oshin va boshqa soha konchilari, ularni tashishda, saqlashda va qayta ishlashda ishtirok etuvchilar, nur chiqaruvchi asboblarni ishlatuvchilar, yadro-fizikasi bo‘yicha laboratoriya - tajriba ishlarini o‘tkazuvchi tadqiqotchilar ham nurlanish olishlari mumkin.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling