Biofizika


Download 0.85 Mb.
bet4/54
Sana18.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1708544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Биофизика маърузалар матни Позилов (3)

Doiraviy dixroizm usuli asosida qutblangan nurning o’tik aktiv molekulaga tahsiri yotadi. Makromolekulalarning turli qismlari anizotro’ bo’lganligi sababli nurni turlicha yutadi, hamda ushbu s’ektrlarni yozib olish mumkin.
IK-s’ektrosko’iya usullari bilan infra qizil nur yordamida makromolekulalarning ikkilamchi strukturasi va to’lqinsimon dinamikasi o’rganiladi.
Differentsial s’ektrofotometriya usuli makromolekulalarning konformatsion holati, xromofor guruhlarning erituvchi molekulalari bilan o’zaro tahsirini o’rganadi.
Elektron ‘aramagnit rezonans (E’R) usuli bilan makromolekulalar konformatsiyasi, strukturalar va gidrat qavatlari lokal harakatchanligini aniqlanadi.
Yadro magnit rezonans usuli makromolekulalar va ayrim guruhlarining konformatsiyasini, dinamik xossalari, ligandlarning bog’lanish darajasini aniqlaydi.
Yuqorida ko’rib chiqilgan usullardan tashqari potentsiometriya, rN-metiya, fotometriya va ‘olyarografiya usullardan biofizikada keng foydalaniladi.


O’zbekistonda biofizikaning rivojlanishi

Biofizika fanining shakllanishida ko’’gina fizik, kimyogar va fiziolog olimlarning xizmatlari katta bo’ldi.


XVIII asr oxirlari va XIX asr boshlarida biofizika alohida fan sifatida o’rganila boshlandi. Gelg’mgoltsning biologiyada termodinamika hamda energetika muammolari, sezgi organlari va qo’zg’alishni nerv tolalari bo’yicha o’tishi ustida ilmiy ishlari, fiziolog olim I.M. Sechenovning fiziko-kimyoviy metodlarni o’rganish, nafas olish jarayoni dinamikasi, biologik suyuqlik va gazlar aralashmasini hisoblash kabi tadqiqotlari alohida ahamiyatga ega.
SHu davrga kelib fizkolloid kimyo yutuqlarini biologiyada qo’llash natijasida muhim jarayonlarning mexanizmlarini tushunishga va ilmiy asoslarini yaratishga muvaffaq bo’lindi. Biofizikani fan sifatida tan olinishida olimlar Lyob va SHadelarning xizmatlari katta bo’ldi. Ularning ‘artenogenez, yallig’lanish va ser’ushtlilik kabi jarayonlarni fizik kimyoviy nuqtai nazardan o’rganishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Rossiyada olimlardan ‘.’.Lazarev, S.I.Vavilov, ‘.A.Rebinder, N.K.Koltsova, B.N.Tarusov, V.V. Yefimov, S.V.Kravkovlarning fundamental tadqiqotlari natijasida o’ziga xos biofizika maktabiga asos solindi. O’tgan asrning o’rtalarida biofizikaning rivojlanishida sobiq Ittifoq Fanlar akademiyasining Biofizika instituti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti Biofizika kafedrasi ilmiy xodimlarining tadqiqotlari katta ahamiyatga ega bo’ldi.
O’zbekistonda birinchi bor 1962 yilda akademik Yo.X. Turaqulov Toshkent Davlat universitetida bioximiya va biofizika kafedrasini ochdi. Ushbu kafedrada mutaxassislar tayyorlana boshlandi. 1979 yil esa ushbu kafedradan akademik B.O.Toshmuhamedov rahbarligida biofizika va tabiatni muhofaza qilish kafedrasi ajralib chiqdi. O’zbekiston biofizika maktabini asosiy yo’nalishi biologik membranalarda ionlar trans’orti va biologik faol moddalarning tahsir qilish mexanizmlarini o’rganishdan iborat.
Biofizikani rivojlanishida O’zR FA Fiziologiya va biofizika instituti o’z o’rniga ega. 1985 yil may oyida, O’zR FA Fiziologiya instituti va O’zR FA Biokimyo institutining Biofizika bo’limini birlashishi natijasida, O’zR FA Fiziologiya va biofizika instituti tashkil to’di. Institut tashkil to’gan davrdan boshlab fiziologiya va biofizika sohalarida 200 dan ziyod fan nomzodlari va 55 ta fan doktori tayyorlandi.
Keyingi yillarda O’zbekistonda olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat bo’ldi: biologik membranalarning tuzilishi va funktsiyalarini fizik-kimyoviy asoslarini o’rganish (B.O.Toshmuhamedov, Z.U.Bekmuhametova, M.M.Raximov, M.U.To’ychibaev, E.M.Maxmudova), ionlar trans’ortining molekulyar mexanizmlari va ion kanallari (O.V.Krasilg’nikov, R.Z.Sobirov, M.V.Zamaraeva), qo’zg’aluvchan membranalarning ion kanallari va neyroretse’torlarini (‘.B.Usmanov, Dj.Kalikulov), biologik faol moddalarning tuzilishi va tahsir qilish mexanizmlari (T.F.Ari’ov, U.Z.Mirxo’jaev, B.X.Saloxutdinov, B.Ibragimov) bioenergetika va bog’lovchi membranalar funktsiyasi (A.I.Gagelg’gans, M.X.Gaynutdinov, M.I.Asrarov), fotobiologik jarayonlar (E.E.Gussakovskiy, I.G’.Axmadjonov) va o’simlik membranalari orqali ionlar tashilishi ((A.Q.Qosimov, K.S.Safarov).
Hujayra fiziologiyasi va neyrofiziologiya, biologik membranalar orqali ionlar tashilishining molekulyar mexanizmlari, hujayra faoliyatini boshqarilishi va biologik faol birikmalar tahsir qilish mexanizmlari kabi sohalarda tadqiqotlarning rivojlanishiga O’zR FA FBI jamoasi tomonidan katta hissa qo’shildi. Institut xodimlari tomonidan aksonal, ‘re- va ‘ostsina’tik tahsirga ega, turli xil ion kanallariga va retse’torlarga tahsir qiluvchi yangi neyrotoksinlar aniqlandi. Ushbu neyrotoksinlar yordamida bahzi bir ion kanallari va neyroretse’tor ti’larining strukturasi, funktsiyasi va boshqarilish mexanizmlari o’rganildi. Fiziologik faol moddalar, jumladan, gormonlar, yurak glikozidlari va alkaloidlarni biologik membranalarda ionlar trans’ortiga tahsir qilish mexanizmlarini o’rganildi. Bahzi bakteriya toksinlaridan hosil bo’lgan ion kanallarining strukturasi va faoliyati qonuniyatlari ochildi, ionlar trans’orti va oksidlanishli fosforlanishning hujayradagi tabiiy regulyatorlari to’ildi.

2 - Mavzu: Biologik jarayonlar termodinamikasi.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling