Biogaz va bioenergetika 11-ma’ruza bioenergiya. Energetik maqsadlar uchun biomassalardan foydalanish
Download 231.53 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MA’RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.1. Biogaz energiyasining hosil bo‘lishi.
BIOGAZ VA BIOENERGETIKA 11-MA’RUZA Bioenergiya. Energetik maqsadlar uchun biomassalardan foydalanish. REJA: 11.1. Biogaz energiyasining hosil bo‘lishi. 11.2. Bioyoqilg’ilarni avlodlarga bo’linishi. 11.3. Bioenergiya asosiy afzalliklari va kamchiliklari 11.1. Biogaz energiyasining hosil bo‘lishi. Bioenergiya energetika sohasida bioyoqilg'idan energiya ishlab chiqarishga ixtisoslashgan soha bo'lib, uning yordamida elektr energiyasi va issiqlikni ishlab chiqariladi. Biogaz deyarli arzon ekologik yonilg‘i hisoblanib, chorvachilik, parrandachilikni qattiq va suyuq chiqindilaridan hamda o‘simliklar va oqar suvlarda hosil bo‘ladigan qoldiqlardan olinadi. O‘z xususiyatlari bo‘yicha biogaz tabiiy gazga yaqin. Biogaz tabiiy gaz kabi quyidagi jarayonlarda ishlatilishi mumkin: • ovqat tayyorlash; • elektr va issiqlik energiya (issiq suv va uy-joylarni isitish); • avtomobil yonilg‘isi sifatida. Biogaz ishlab chiqarish jarayoni qoldiqlaridan yuqori sifatli go‘ng hosil bo‘ladi. Biogazni nafaqat mollari, parrandalari ko‘p bo‘lgan fermer xo‘jaliklarda, balki xususiy xo‘jaliklarda ham olish mumkin. Agarda bir necha fermalar va xususiy xo‘jaliklar bir-biriga yaqin joylashgan bo‘lsa, chiqindilarni qayta ishlab chiqarishni markazlashtirib tashkil etish va olingan biogazni ferma va xo‘jaliklarga quvurlar orqali uzatish iqtisodiy foydaliroq bo‘ladi. Biogaz olish uchun sanoat korxonalarda va qo‘lda ishlab chiqarilgan biogaz qurilmalardan (BGQ) foydalaniladi (8.1-rasm). Sanoat va qo‘lda ishlab chiqarilgan qurilmalarning asosiy farqi isitish maxsus tizimlarni mexanizatsiya va avtomatizatsiyalashtirishda. Dunyoda qurilmalarni ikkala turi ham keng tarqalgan. Masalan, Hindiston, Vetnam, Nepal va boshqa mamlakatlarda ko‘pincha kichik (oilaviy) BGQ ishlatiladi. Ulardan olingan gaz, asosan, ovqat tayyorlash jarayonida ishlatiladi. BGQlarning ko‘pchiligi Xitoyda joylashgan - 40 millionga yaqin, Hindistonda - 3,8 million, Nepalda - 20 ming kichik qurilmalar mavjud. O‘rta va katta BGQ larning absolyut ko‘rsatkichlari, soni bo‘yicha ilg‘or 5-o‘rinni Germaniya egallaydi (8 ming). G‘arbiy Evropada parrandachilik fermalarning yarmi biogaz bilan isitiladi. Download 231.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling