Биогеография фанидан I курс 1 семестр 5140500 – “География ва иқтисодий билим асослари”учун


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/130
Sana05.01.2022
Hajmi1.27 Mb.
#209935
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   130
Bog'liq
geologiya va mineralogiya

1. tebranma  
 
2. burmali   
 
3. uzilma (yorma)  
Tebranma  yoki  yuzasining  asriy  yoki  neotektonik  harakatlar  yerning 
bir  joyini  kutarib,  bir  joyini  chuktiradi.  Tebranma  tektonik  harakatlar  – 
eneyrogenik  harakatlar  natijasida  transgressiya  yoki  regressiya  ruy  beradi. 
Trangressiya yer  qobig’ining ayrim  joylari  chukib,  dengiz  suvi bostirib  keladi, 
epikontinental – sayoz dengiz hosil bo’ladi.  
Regrissiya  musbat  tebranma  harakat  bo’lib,  yer  po’stining  pastdan 
yuqoriga  harakatlanishi  yuz  beradi,  natijada  dengiz  asta  –  sekin  sayozlashib, 
uning  o’rnida  quruqlik  qad  kutaradi.  Regressiya  quruqlikning  dengizga 
bostirib boorish jarayodir.  
Epeyrogenik  tebranma  harakatning  tezligi  yiliga  millimetrlab 
o’lchanadi.  Neopal  shahrida  Serapis  qasrining  yiliga  chukish  tezligi  27  mm  ni 
tashkil  qiladi.  Balktika  dengizini  Shvetsiya  sohili  kutarilmoqda,  janubiy 
sohillari  chukmoqda.  Epeyrogenez  quruqlik  ichki  qismida  daryo  terrasalari 
sifatida  namoyon  bo’lmoqda.  Tebranma  harakatlarning  geologiya  va 
geomorfologiya  usulida,  tarixiy  –  arxeologik  usulda,  nevirlash  usulda  va 
orografik usullarda o’rganiladi.  
Burmali  tektonik  harakatlar  –  (plakatev)ni  orogenik  harakatlar  deb 
ataladi.  Bu  harakatlar  yerning  ichki  qismida  tuplangan  energiyaning 
taranglashuvi natijaida vujudga keladi. Endogen kuchlar tik va qarama – qarshi 
yo’nalishda  ro’y  beradi.  Kuch  uzuq  vaqt  davomida  gorizontal  xolatda  yotgan 
tog’  jinslarining  qalin  qatlamlariga  asta  –  sekin  ta’sir  etishidan,  ular  plastic 
deformatsiyaga uchrab, dard ketmay, uzulmasdan deformatsiyalanadi. Avvalgi 
tekis  ya’ni  gorizontal  xolatdagi  joylashish  o’zgaradi,  oqibatda  yangi  ya’ni 
ikkilamchi  yer  struktura  shakllari  hosil  bo’ladi.  Shunday  o’zgarishlar  tektonik 
harakat  yoki  dislokatsiya  (joylashish)  deyiladi.  Qatlamlarning  tulqinsimon 
bukilmalari burma deb ataladi. Qabariq antiklipal va botiq sinklipal burmalarga 
bo’linadi.  Burma  elementlari,  qanot,  qulorlar  mulda  elementlari  bari  buqiq 
qulor, qulorlar orasidagi masofaqanot, sinklinalda egilgan yer – mulda deyiladi.  
Burma  o’qi-  antiklinalning  dung,  sinklinalning  botiq  qismida 
o’tkazilgan  hayoliy  chiziq  burma  o’qi  deyiladi.  O’q  tekisligi  bilan  yer 
yuzasining kesishgan chizig’i o’q deyiladi. Burma o’q tekisligi bilan qatlamning 
dung  qiyofali  qismning  kesishidan  hosil  bo’lgan  chiziq  sharnir  deb  ataladi. 
Kundalang  kesimlarda  burma  shar  nirlarni  har  doim  to’g’ri  chiziqlar  bo’yicha 
davom  etmay,  bir  joyda  uzoqdan  pastga  oqqan  joyda  tekislik  yuzasidan 


kutarilgan  ba’zi  yerlar  tulqinsimon  shaklda  bo’ladi.  Bu  sharnir  – 
tulqinlanishdir. Yadro deb burmalarning ichki qismiga aytiladi.  
Burmalar  o’q  tekisligining  fazoviy  xolatiga  ko’ra  qanotlarning  og’ish 
burchagiga asosan bir – biridan farqlanadi. Tik xolatda o’qli burma oddiy yoki 
to’g’ri burma bo’lib, qanotlarning o’q tekisligiga bo’lgan burchaklari bir –biri – 
biriga teng qiymatda bo’ladi. Qiya burmalarning o’qi qiya, qanotlarning yotish 
burchaklari turlicha bo’ladi.  
Ag’darma  burmalarning  qanotlari  bir  –  biriga  yondashgan  xolatda 
bo’ladi. Yotiq burmalarning o’q tekisliklari tep  –tekislik burma qanotlari yotiq 
xolatda  bo’ladi.  Agar  burma  o’q  tekisligi  bilan  burma  qanotlari  bir  –  biriga 
parallel  bo’lsa,  izoklinal  burma  deyiladi.  Burma  gumbazi  tekisroq  va  keng, 
qanot  esa  tik  xolatda  bo’lsa,  sandiqsimon  burma  deyiladi.  Qatlamni 
chegarolovchi  ikkita  pasti  zamin  va  yuqori  qatlamlanish  yuzalari  bor.  Bular 
orasdidagi  masofa  qatlam  qalinligi  deyiladi.  Qatlamlarning  joylashish 
elementlariga  qatlamning  yo’nalishi  og’ish  burchagi.  Qatlamning  tekis  yuza 
bilan  kesishidan  hosil  bo’lgan  chiziq    uning  yo’nalishi  deyiladi.  Qatlamning 
og’ish  (tushish  burchagi)  tomoni    ham  azimut  bilan  o’lchanadiki,  uning 
yo’nalishiga  tik  qatlam  yuzida  uning  og’ish  tomoniga  parallel  yo’nalish 
chizig’iga  tik  joylashgan  tik  qatlamining  o’gish  chizig’i  deyiladi,  qatlamning 
og’ish  chizig’i  bilan  tekis  yuza  orasidagi  burchak  unung  og’ish  burchagi 
deyiladi.  Qatlamning  og’ish  azimuti  uning  og’ish  chizig’i  bilan  meridian 
orasidagi  burchakdir.  Qatlamning  yo’nalish  azimuti  uning  yo’nalish  chizig’i 
bilan meridian orasidagi burchakdir.  
Tektonik  harakatlarning  uchinchi  turi  tektonik  siniq  yoki  dizyuktiv 
harakatlardir.  Yer  qobig’ini  tashkil  etishda  qatnashgan  jinslarning  darz  ketib 
yorilishi  dizektiv  harakat  deyiladi.  Yerma  harakatda  jinslarning  yaxlitligi 
botamom buziladi. Yoriqlarning bir qanoti yer sathida qolib, ikkinchi qanot tik 
bo’ylab yuqoriga kutarilishida irg’itma hosil qiladi. Irg’itma harakat vaqtida bir 
–  biriga  parallel  holatda  hosil  bo’lgan  oriqlar  orasidagi  qanotlarning  biri  o’z 
o’rnida, ikkinchisi, irg’itilgan holatlar gorst va grateklar paydo qiladi. Trorst o’z 
satxini  o’zgartirgan  ko’tarilib  chiqqan  irg’itma.  Groben  avvalgi  sathda  qolgna 
tektonik  yoriqdir.  Yoriqlar  yozining  tekislangan  yaltiroq  yuzasi  “sirkalanish 
kuzgusi” deyiladi.  
Litosfera  plitalari    tektonikasi  yoki  plitalar  tektonikasi  spreding 
nazariyasi yer po’stining qattiq yirik qismlari harakatini izohlashdan iborat. Yer 
po’stining  yirik  plitalari  gorizontal  xolatda  yiliga  20  sm.lab  minglab  km.ga 
harakatlanadi.  Harakat  jarayonida  yirik  plitalar  bir  –  biridan  ajralishlari, 
yaqinlashishi va xatto bir  – biriga nisbatanm sirg’anishib  joylashishi natijasida 
shu  o’rinda  to’qnashish  chegaralaridsa  xuddi  metallarni  payvand  qilishdan 


so’ng  hosil  bo’ladigan  o’lama  qabariq  tog’liqlar  paydo  bo’ladi,  zilzilalar 
harakati  yuzaga  keladi,  magma  yoki  vulqon  paydo  bo’ladi.  Uzoq  Sharq  yoki 
Markaziy Osiyo baland tog’larining hosil bo’lishini shunday izohlash mumkin.  
Ma’lumki,  relyef  endogen  va  ekzogen  jarayonlarning  o’zaro  ta’siri 
natijasida  shakllanadi.  Relyefning  shakllanishida  endogen  jarayonlar  etakchi 
ahamiyatga ega bo’lsa morfostruktura  relyefi deyiladi. Geosinkinal, platforma, 
tog’  bo’lmali  mintaqa,  tog’li  o’lka,  tektonik  botiq  va  boshqalar 
morfostrukturalardir.  Relyefning  shakllanishida  ekzogen  jarayonlar  ustun 
bo’lsa, morfoskulpturalar deyiladi. Akumulyativ tekisliklar, morena marzalari, 
daryo vodiysi va boshqalar bunmga misol bo’la oladi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling