Biogeografiyaning o’simlik va hayvonot o’rganishdagi ahamiyati


Areallarning o’lchami va shakli


Download 265.7 Kb.
bet5/6
Sana21.04.2023
Hajmi265.7 Kb.
#1376484
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu

Areallarning o’lchami va shakli

Areallarning k o l a m i turli-tuman bo'lib. tabiatda juda tor areal-lar bilan bir qatorda keng areallar ham uchraydi. Masalan, tulki kat­ ta, yumronqoziqlar o'rtaeha va prometey sichqonlari esa kichik areallarni hosil qiladi. Keng areallar butun oblastlarni, materiklarni va hatto yer sharini egallaydi. Quruqlik hayvonlari ko'pincha tor, dengiz hayvonlari esa keng areallarni hosil qiladi. Areallarning ko'lami va ko'rinishi o'zgaruvchan bo'ladi. Areal chegarasining teb-ranishi va arealda hayvonlar tarqalishining o'zgarishi doimiy yuz be-rib turadigan jarayondir. Bunday xususiyat arealdagi hay vonlar soni­ ning dinamikasi bilan ham bog'liq. Ayniqsa kemiruvchilar va hasha-rotlarlarda bu holatyaqqol kuzatiladi. Hayvonlar sonining oshishi bi­ lan ba'zan ularda qayta joylashish yuz beradi va natijada areal ken-gayadi, aksincha hayvonlar sonining kamayishi esa arealning tora-yishiga va parchalanishiga olib keladi.


Ba'zan areallar chegarasining o'zgarishi ulardagi yashash sha-roitiarining abiotik omillar natijasida o'zgarishi tufayli yuz beradi. Masalan. Qozog'istonning tekisliklarida namlikning qisman o'zga rislii ham organizmlarning soniga ta’sir ko'rsatadi va ko'pchilik qushlar yuzlab kilometrga o 'z arealini o'zgartiradi. Ko'pgina hollar-da areal yaqqol tebranish ehegaralariga ega b o ‘ladi. Bunday chegara-lar optimum, pessimum va neytral mintaqalarga ajratiladi. Odatda areallarning chekka mintaqalarida tur vakillari siyrak sonda uehraydi va bunday xususiyat bir tomondan areal chekkasidagi flzik va kim-yoviy muhit sharoitining noqulayligi, ikkinchi tomondan boshqa tur­ lar bilan bo'ladigan konkurensiyaning yuqori darajadaligi bilan tu-shuntiriladi. Konkurensiyaning susayishi arealning kengayishiga olib keladi.
Turlarning areal doirasida tarqalish yo'nalishi optimal mintaqa-dan nisbatan noqulay sharoitli mintaqalarga tomon sodir bo'ladi. Muhit sliaroitlari bir xilda qulay bo'lgan taqdirda, qandaydir avvalgi mavjud to'siqlarning yo'qolishi (masalan Bering bo'g'ozida bo'yin - ning paydo bo'lishi) turli tur vakillari orasida o'zaro almashinuvni yuzaga keltiradi. Bunday bolatda nisbatan harakatehan va populyat-siyalar soni ko'p bo'lgan turlarda (qushlar, tuyoqlilar) immigratsiya jarayoni jadal kcchadi. Bu jarayonda keng tarqalgan va soni ko 'p bo'lgan turlar ham faol ishtirok etadi.
Areal ko'lamiga xos bo'lgan xususiyatlarni arealda tarqalgan turlarning ekologik valentligi, tarqalish qobilivati, yoshi. turning yangi fonnalar hosil qilisli qobiliyati kabi qator omillar belgilaydi. Areal egallagan maydon muayyan turning yashashi uchun qulay bo'lgan sharoitlarni o'zida mujassamlashtirgan maydondan katta bo'lishi mumkin emas. Agarda bunday maydon kichik bo'lsa, mos ravishda tur areali ham kichik bo'ladi. Ko'pincha hayvonlarning areali garchi qulay sharoitlar mavjud bo'lgan taqdirda ham kichik maydonni egallaydi. Bu o'rinda arealning ko'lamini belgilovclii omil sifatida turning qadimiyligi (filogenetik yoshi), uning tarqalish qo ­ biliyati, chegaralarni kecha olish qobiliyati va ekologik valentligi xizmat qiladi. Quzg'un, bo'ri vaolmaxon kabi hayvonlar tundra, o'r-inoii va to g ‘ kabi turli-tuman ekologik sharoitlarda yashay oladi. Bunday turlar ubikvistlar deyiladi, ularning areallari keng maydonni egallaydi. Ayrim hayvon turlari deyarli yeryuzin in g barcha mintaqa-larida tarqalgan bo'lishi mumkin. Bunday keng areallarni egallovchi turlar kosmopolitlar deb yuritiladi. Lochin kosmopolit turlardan bo' lib, lining kenja turlari Yevropada, Osiyoda, Amerikada, Afrikada va Avstraliyada иуа quradi. Xuddi slnmday uy cliumchug'i, suv burguti va qirg'oq qaldirg‘ochi kabi qush turlari ham kosmopolit turlar sana-lanadi. Y e ry u z id a mavjud bo'lgan turlar orasida kosmopolitlar kam-chilikni tashkil etadi.
Turning geologik yoshi, y a ’ni turning qadimiyligi uning qanday arealni egallashini, y a ’ni areal koTamini belgilovchi muhim k o ‘rsat-kich sanaladi. Ayrim hollarda turning geologik yoshi qancha katta bo'lsa, u o ‘zi uchun qulay bo'lgan keng maydonga tarqalib olishga ulgurgan bo'ladi (bosh oyoqli mollyuska - nautilus, ba’zi akula tur­ lari). Ba'zi turlarning geologik yoshi katta b o i s a d a u o'zining gul-lab-yashnash davrini o'tab bo'lgan bo'ladi va ularning areallari ak-sincha tor bo'ladi. Masalan, gatteriyaning areali Yangi- Zelandiya-ning kichik orolchalarida saqlanib qolgan. Qadimgi geologik davr-lardan bizgacha yetib kelgan hayvon turlari relikt deb yuritiladi. O'r - dakburun, rus suv kalamushi (vixuxol) va boshqa shu kabi turlarning areallarini kichik relikt areallarga misol qilish mumkin
Areali faqat bir oblast chegarasidagina uchraydigan turlar ende ­ miklar deyiladi. Bunday turlarning areallari tog' vodiylari va tog' tizmalarida hamda shunga o'xshash ekologik sharoitlar shakllangan joylarda uchraydi. Bularga gatteriya, kalibra turlari, chumolixo'rlar, yalqovlar, odamsimon maymunlar va boshqalarni misol qilish mum-kin. Endemizm shartli xususiyat bo'lib, vaqt o'tishi bilan u o'zgari ­ shi mumkin. Bu hoi turning evolyutsiya jarayonida yuz beradigan o'zgarishlarga nisbatan javob reaktsiyasiga bog’liq.
Ba’zan garchi uchish qobiliyatiga ega b o ’lsada qushlar va kapal-aklar uchun ham juda tor areallar xosdir. T o g ‘ ko'llarida yoki ba’zi alohidalashgan suv havzalarida yashovchi chuchuk suv hayvonlari-ning ayrim turlari ham tor areallar hosil qiladi. Ko'pgina to’tiqush turlari ham tor areallarga ega bo'ladi (yapaloq to’ti qush Yangi - Zelandiyaning tog'Iik qismidagi btik o'rmonlarida yashaydi). Ucha olmaydigan hasharotlar, g'orlarda yashaydigan o ’troq hayvon turlari ham tor areallarni hosil qiladi. Barcha tor areallar endemiklar uchun xosdir. Mayda orolchalar, to g’ tizmalari va alohida ko'llar bilan che-garalangan areallar k o ’pincha neoendemik turlarga tegishlidir. Yu-qorida ta’kidlanganidek, kosmopolit turlar (kashalotlar, delfinlar.
sinantrop hasharot turlari) keng areallar hosil qiladi. Odatda qadimiy (filogenetik jihatdan qari) turlarning areallari yosh turlarga qaragan ­ da katta bo'ladi va bu holat qadimiy turlar o 'z areallarini kengaytiri-shi uchun yetarli darajada vaqtga ega bo'lganligi bilan tushuntiriladi. Tahlillar ko'pincha turlarning yoshi ularning areallari bilan to'g'ri - dan- to‘g'ri bog'liq ekanligini ko'rsatadi. Mazkur qonuniyat fanda Villis nazariyasi yoki “vaqt va makon” qoidasi nomi bilan у uritiladi. Mazkur qoidadan mustasno hollar ham uchrab turadi, jumladan nis­ batan qari turlar ham ba’zan kichik areallar hosil qilishi mumkin (gatteriya va boshq.).
Areallarning shakli juda xilma-xil bo'lib, areal shaklini aniqlay-digan omillar uning ko'lamini ham aniqlaydi. Shimoliy yarim shar-ning mo''tadil mintaqasida joylashgan oblastlardagi ko'pchilik tur­ larning areallari g'arbdan sharqqa tomon uzoq. shimoldan janubga tomon esa juda kam masofada cho'zilgan bo'ladi. Bunday xususiyat iqlimiy sharoitlarning taqsimlanish xususiyati bilan bog'liq bo'lib, iqlim g'arbdan sharqqa tomon yo'nalishga nisbatan shimoldan janubga tomon tez o'zgaradi. Tog'lik hududlarda ko'pchilik turlar­ ning areallari tog' tizmalari bo'ylab cho'ziladi va bu holat tizmalarda bir xil sharoitlar mavjudligidan dalolat beradi.


Download 265.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling