Biokimyo fanining rivojlanishi va qishloq xo`jaligidagi ahamiyati


Download 128.3 Kb.
bet3/5
Sana08.05.2023
Hajmi128.3 Kb.
#1445851
1   2   3   4   5
Bog'liq
Biokimyo fanining rivojlanishi va qishloq xo`jaligidagi ahamiyati.

O’simliklar biokimyosi o’simliklar organizmni kimyoviy tarkibini va ulrada boradigan hayotni ta`minlovchi biokimyoviy jaryonlarni o’rganadi.
Meditsina biokimyosi odam organizmining kimyoviy tarkibini va unda boradigan moddalar hamda energiya almashinuvini normal va kasallik holatlarida o’rganadi.
Hayvonlar biokimyosi hayvonlar organizmining kimyoviy tarkibini va ularda boradigan moddalar hamda energiya almashinuvi jarayonlarini o’rganadi.
V eterinariya biokimyosi hayvonlar organizmida boradigan moddalar va energiya almashinuvini ta`minlovchi biokimyoviy jarayonlarni normal va patologik holatlar bilan bog’liq holda o’rganadi.


Teхnik biokimyo eng muhim oziq moddalarning kimyoviy tarkibini, ularni tayyorlash va saqlash bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni hamda biokimyoviy preparatlar ishlab chiqarish va ularni sanoat miqyosida qo’llash usullarini o’rganadi.
Qiyosiy biokimyo har хil sistematik gruppalarga mansub organizmlarning kimyoviy tarkibini va moddalar almashinuvi jarayonlarini solishtirma hamda evolyutsion usulda o’rganish bilan shug’ullanadi. Keyingi vaqtda bu bo’limdan evolyutsion biokimyo alohida bo’lib ajralib chiqqan.
Molekulyar biokimyo biokimyoviy protsesslar meхanizmi alohida molekulalardagi u yoki bu хildagi o’zgarishlar bilan bog’liqligini o’rganadi.
Radiatsion biokimyo tirik organizmlarda ionlashtiruvchi nurlanish ta`sirida sodir bo’ladigan moddalar almashinuvidagi o’zgarishlar va holatlarni hamda radiatsiyaga qarshi biokimyoviy kurash usullarini ishlab chiqish yo’llarini o’rganadi.
Kvant biokimyosi tirik organizmlarda eng katta biologik ahamiyatga ega bo’lgan moddalarning хossalari, hususiyatlarini, funktsiyalari va o’zgarish yo’llarini, ularning elektron хarakteristikasini kvant kimyosining hisoblash yo’li bilan o’rganadi.
Biokimyoviy genetika irsiyatning kimyoviy asoslarini, makromolekulalarning spetsifik biosintezi orqali irsiyatning nasldan-naslga o’tish yo’llarini o’rganadi.

Download 128.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling