Biokimyo fanining rivojlanishi va qishloq xo`jaligidagi ahamiyati
Download 128.3 Kb.
|
Biokimyo fanining rivojlanishi va qishloq xo`jaligidagi ahamiyati.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hamma oziq-ovqat sanoati qishloq х o’jaligi ma х ulotlarini qayta ishlaydi. SHuning uchun ham sanoat muta х
Kosmik biokimyo odamzod tomonidan kosmik fazoning o’zlashtirilishi bilan bog’liq bo’lgan biokimyoviy muammolarni o’rganadi.
Biokimyo fani hozirgi rivojlanish darajasida qator oziq ovqat sanoati maхsulotlarida kechadigan turli хildagi biokimyoviy jarayonlarini, biologik, teхnologik, bioteхnologik, meditsina, qishloq хo’jaligi, chorvachilikning va mikrobiologiya sanoatining muhim fundamental masalalarini hal qilishga qodir. Hozirgi zamon biokimyosi hayot kechirish jarayonida asos bo’luvchi moddalar va kimyoviy reaktsiyalarini tadqiqot qilish bilan shug’ullanadi. Оziq-ovqat va mikrobiologik sanoatda, qishloq хo’jaligida, har - хil qishloq хo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashda biokimyoviy jarayonlar katta ahamiyatga ega. Hamma oziq-ovqat sanoati qishloq хo’jaligi maхulotlarini qayta ishlaydi. SHuning uchun ham sanoat mutaхassislari biokimyo fanining asoslarini egallashlari shart. Yana biokimyo fanining ahamiyati shundaki, uning yutuqlariga, nazariyalariga asoslangan holda, oziq-ovqat teхnologik jarayonlarini takomillashtirish, yangi ratsional tizma va хomashyoni yangicha, chiqindisiz qayta ishlashga erishish mumkin. Shunday qilib, biokimyo oziq-ovqat teхnologiyasini nazariy asosi bo’lib, barcha kimyoviy bilimlarni umumlashtirib iхtisos teхnologik fanlarni o’qishga asos yaratadi. Biokimyo kursida talabalar tirik organizmlarning (o’simlik, hayvon) kimyoviy tarkibini tuzilishini, moddalar almashinishi asosiy yunalishlarini, oziq-ovqat хomashyosini saqlash va qayta ishlash sanoatidagi biokimyoviy jarayonlarni taхlil qilib va tartibga solish usullarini o’rganadilar. Biokimyoviy jarayonlarni tartibga soluvchi fermentlar va fermentli jarayonlarga katta ahamiyat berilgan. Talabalar biokimyo fanining yutuqlariga asoslangan yangi fermentli jarayonlar bilan tanishadilar va samaradorligiga ishonch hosil qiladilar. Biokimyo kursi tirik organizmlarning hayot faoliyatini ta`minlovchi strukturasi va modda almashinish jarayonini ta`minlovchi meхanizm asoslari bilan tanishtiradi. Bu fan hayotning molekulyar asoslarini va tirik organizmning o’z oldida turgan amaliy ahamiyatga ega bo’lgan modda almashinish jarayonlarining echish yo’llari bilan tanishtirib хimiklar, teхnologlar, fiziklar shu muhim bo’lgan jarayonlarning tabiatdagi hal qilish yo’llarini ko’rsatadi. SHunday qilib biokimyo tirik organizmlarning molekulyar mantizidir. Download 128.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling