Biokimyo-imtihon-shark-science pdf


Download 30.85 Kb.
Sana06.08.2023
Hajmi30.85 Kb.
#1665533
Bog'liq
biokimyo-imtihon-shark-science


BIOKIMYO | Shark Science Ochiq test:

  1. Ochlik paytida qaysi gormonlar miqdori ortadi?

  1. Insulin, glukogon

  2. Keton tanachalar, epinefrin

  3. Adrenalin, glukogon

  4. Insulin, laktat




  1. Yurak qanday holatda glukozadan energiya oladi?

  1. Juda ochlikda

  2. Fetal davrda

  3. Ishemiyada

  4. B va C variantlar to’g’ri




  1. Epinefrin(1) va insulin(2) HSL ga qanday taʼsir koʻrsatadi?

    1. 1-musbat, 2-musbat

    2. 1-musbat, 2-manfiy

    3. 1-2-manfiy

    4. 1-manfiy, 2-musbat




  1. B7 vitamin defisitida qaysi moddalar miqdori ortadi?

  1. Keton tanachalar

  2. Metil- malonil- CoA

  3. Propionil-CoA

  4. Fatty acid




  1. Quyidagilardan qaysi yog’ kislota to’g’ridan – to’g’ri mitoxondriyaga kira oladi?

  1. Linol kislata

  2. Palmitat

  3. Oktanoil

  4. Araxidon




  1. Qaysi hujayra keton tanacha sintez qilmaydi(a) keton tanachalardan energiya olmaydi(b)?

  1. A-RBC, B- jigar

  2. A-neyron, B- RBC

  3. A-Adipotsit, B- kardiomiotsit

  4. A-barcha to’qima sintez qiladi, B- RBC




  1. SIDS kasalligida qaysi ferment deficit bo’ladi?

  1. LPL

  2. Glukoza 6 fosfat DH

  3. Piruvat kinaza

  4. Fatty acil-CoA DH




  1. Is gazidan zaharlanganda qaysi kompleks ingibirlanadi?

    1. Complex V

    2. Sitoxrom a/a3

    3. Compleks IV

    1. Suksinat DG




  1. Ketonlarga oid to'g'ri fikrni toping ?

    1. Betta-Gidroksibutirat Nitroprussid testida aniqlanmaydi

    2. Neyronlar Glukoza va Acetondan energiya oladi

    3. HMG-CoA→HMG-CoA sintazaga musbat ta'sir ko'rsatadi

    4. Barcha javoblar to'g'ri




  1. Qaysi kasallikda lizosomada dekstrin miqdori ortib ketadi?

  1. 1- tip diabet

  2. Mc Ardle

  3. Pompe

  4. Cori




  1. Glikogen fosforilazaga kofaktorlik qiluvchi vitamin?

  1. Vitamin H

  2. Sianokobalamin

  3. Pirodoksin

  4. Tiamin




  1. Ham Glikogenoliz, ham Glukoneogenezda ishtirok etuvchi ferment qaysi?

  1. Glikogen Fosforilaza

  2. Glikogen sintaza

  3. Glukokinaza

  4. Glukoza-6-Fosfataza




  1. Tiamin quyidagilardan qaysi biriga kofator emas?

  1. Alfa ketoglutarate DH

  2. Transaldolaza

  3. Branched chain amino acid

  4. Piruvat DH




  1. HMG- CoA reductazani aktivlovchi gormon?

  1. Glukogon

  2. Statin

  3. Epinefrin

  4. Insulin




  1. Eng kam oqsilga ega Lipoproteinda qaysi Apo oqsil bor?

  1. Apo b100

  2. Apo C-II

  3. Apo E

  4. Apo b48




  1. Testda supranat natija beruvchi lipoprotein miqdori qaysi kasallikda kamayadi?

  1. Giperlipidemia 1 tip

  2. Abettalipoprotenmiya

  3. Giperlipidemiya 5 tip

  4. Gipelipidemiya 3-tip

17. Eritrosa 4-fosfat nima uchun ishlatiladi?



  1. eritrositlarda gem sintezi uchun

  2. siklik aminokislotalar uchun

  3. purin va pirimidin sintezi uchun

  4. ROS larni zararsizlantirish uchun




  1. Foam cells(a) va bite cells(a) qanday hujayralar?

  1. a- xolestrolli entrotsit , b- makrofag

  2. a- xolestrolli makrofag , b- enterotsit

  3. a-retinotsit , b- makrofag

  4. a- xolestrolli makrofag , b- zararlangan eritrosit




  1. Bemorga qachon statin berish buyuriladi?

  1. Cholesterol sintezini toʻxtatish uchun

  2. Giperlipidemiyaga qarshi

  3. Xolesterol ekskretsiyasini oshirish maqsadida

  4. A va B javoblar toʻgʻri




  1. Qandli diabetning 1-tipida quyidagilardan qaysi biri kuzatilmaydi? A)Insulin tomonidan HSL bloklanadi

  1. Kussmaul nafas olish kuzatiladi

  2. Hujayra tashqarisida K+ toʻplanadi D)To’qimalarda gipoglikemiya kuzatiladi




  1. Organizmda qachon Na/K ATPase da defekt yuzaga keladi? A)PK yetishmovchiligida

  1. Qandli diabetning 1-tipida

  2. PHD defisitida

  3. A va B javoblar toʻgʻri




  1. Yogʻ kislota sintezida foydalaniladigan energiya manbaini koʻrsating? A)PPP

B)Glycolysis

  1. Yogʻ kislotalarning betta oksidlanishidan hosil bo'lgan energiya

  2. keton tanachalari




  1. Protein miqdori eng koʻp boʻlgan lipoproteinni organizmda qachon ortib ketadi? A)Esterogenni miqdori ortib ketganda

B) Apo-B48 va Apo-B100 defitsitida C)”Remnant” ya’ni Qoldiq kasalligida D)Aralash gipertriglitseridemiya



  1. Yog’ kislotani parchalanishida CARNITIN SHUTTLE ni regulyatsiya qiladigan molekula qaysi?

  1. sitrat

  2. malonil-CoA

  3. oksaloatsetat

  4. To’g’ri javob yo’q




  1. Quyidagi fermentlarning qaysi biri ingibirlanishi B12 vitamini yetishmovchiligida periferik neyropatiyaga sabab bo‘ladi?

  1. Karnitin atsiltransferaza-1

  2. Karnitin atsiltransferaza-2

  3. O'rta zanjirli atsil-KoA degidrogenaza

  4. Metilmalonil-KoA mutaza

  5. Propionil-KoA karboksilaza




  1. Bor effekti qachon yuzaga kelishi mumkin ?

  1. 2,3-BPG ortganda, pH ortganda

  2. CO2 ortganda, emperature pastlaganda

  3. Temperatura ortganda, CO2 kamayganda

  4. 2,3-BPG ortganda,qonda H+ ionlari ortganda




  1. Klassik Galaktozemiya’ga mos keluvchi javobni toping.

  1. Osmotik aktiv moddaning miqdori ortishi akkomodatsiya buzilishiga olib keladi

  2. Sorbitolning to’planishi kataraktaga sabab bo’ladi

  3. UDP-Gal-4-Epimeraza defitsiti bilan namoyon bo’ladi

  4. Davolash uchun laktozaga boy mahsulotlar qabul qilinadi




  1. Giperlipidemiyalarni munosib javoblar bilan moslang.

  1. I–LDL-R defitsiti; III–Qoldiq kasalligi deyiladi; II–Korneal Arkus paydo bo’ladi

  2. I–LPL defitsiti; II–Ateroskleroz xavfi yuqori; III–Palmar ksantomalar kuzatiladi

  3. I–probirkada Supranat; II–ApoA¹ defitsiti; III–Autosomal dominant

  4. I–ApoB⁴⁸ defitsiti; II–ApoB¹⁰⁰ defitsiti; III–ApoE defitsiti




  1. Qaysi adrenogenital sindromda gipertenziya kuzatiladi ?

  1. 17-alfa gidroksilaza

  2. 11-betta gidroksilaza

  3. 21-alfa gidroksilaza

  4. A va B javoblar to'g'ri




  1. Qaysi xolatda gemolitik anemiya kuzatilishi mumkin ?

  1. Piravat kinaza defitsiti

  2. Vitamin E defitsiti

  3. Glukoza 6-P degidrogenaza defitsiti

  4. Barcha javoblar to'g'ri

● Yopiq savollar



    1. Glukoza 6P Degidrogenaza defitsitida nima sababdan ROS lar ortadi, Gemoliz kuzatiladi, Sariqlik yuzaga keladi, O’t pufagida toshlar yuzaga keladi ( Har birini mexanizmini izohlang)

    2. CAT defitsitida gipoglikemiya va mioglobinuriya yuzaga kelish mexanizmi

    3. Patologik va Fiziologik xolatda ketogenez yuzaga kelish mehanizmi

    4. Insulin nima uchun semirishga sabab bo’ladi (kamida 2 ta mehanizm bilan izohlang)

    5. Von-Girke kasalligida gipoglikemiya, giperlipidemiya, giperurikemiya, ketoatsidoz, laktik atsidoz yuzaga kelish mehanizmini izohlang




  • Vaziyatli masala




  1. keys. 12 yoshli bola klinikaga jismoniy mashq bajarganda xolsizlik , mushaklarda og'riq hamda siydik rangining qizarishiga shikoyat qilib olib kelindi.Fizik tekshiruvda

tana tuzilishi normal , jigar , taloq kattalashmagan. Labarator tekshiruvlarda qonda glukoza miqdori 55 mg/dl ekanligi aniqlandi.
Savol : Ushbu bemorda defitsit bo'lgan fermentga, quyidagi qaysi vitamin kofaktorlik qiladi?



  1. Vitamin B1

  2. Vitamin B7

  3. Vitamin B6

  4. Vitamin B3




  1. keys. 63 yoshli ayol ko'krak qafasidagi og'riq tufayli ofisga keladi. U 2-toifa qandli diabet bilan kasallangan va kuniga ikki quti sigaret chekadi. Puls 70/min, qon bosimi 155/105 mm Hg. Serum analizi LDL xolesterin darajasini 180 mg / dL ko'rsatdi. Unga koronar arteriya kasalligining patogenezida ishtirok etadigan lipoproteinlarni jigar ishlab chiqarishini inhibirlovchi dori buyurildi. Gemfibrozil(fibrat)ni ushbu dori bilan bir vaqtda qo‘llash quyidagi nojo‘ya ta’sirlardan qaysi biriga sabab boʻlishi mumkin?




  1. Depressiya

  2. Glomerulonefrit

  3. Gemoglobinuriya

  4. Metabolik alkaloz

  5. Miyoglobinuria

  1. keys. 3 yoshli qizning irislarining pastki chetida shaffof bo'lmagan halqalar bor. Laboratoriya natijalarida:

Umumiy xolesterin miqdori 800 mg/dl, Triglitseridlar 80 mg/dl,
HDL xolesterin 70 mg/dl
LDL xolesterin 750 mg/dl ni tashkil qiladi.
Quyidagilardan qaysi birining birlamchi buzilishi bemorda kuzatilmoqda?

  1. Apolipoprotein C-II

  2. Apolipoprotein C-III

  3. Apolipoprotein E

  4. LDL retseptorlari

  5. Lipoprotein lipaza




  1. keys: Harorati 38,4 ° S bo'lgan 4 oylik kavkazlik erkak chaqaloq uning pediatri tomonidan tekshiriladi. Onasining so'zlariga ko'ra, u oxirgi 4 kun davomida isitmasi ko'tarilgan, beparvolik, qusish va suvli axlat bor. Qon tekshiruvi chaqaloqning gipoglikemik ekanligini ko'rsatadi, ammo bu holat epinefrin yoki glyukoza kiritilishiga javob bermaydi. Bundan tashqari, uning qon pH darajasi biroz kislotali va bikarbonatning kamayganligini ko'rsatadi. Boshqa qon tekshiruvlari triglitseridlar, xolesterin va jigar fermentlarining ko'payishini o'z ichiga oladi. Bolaning qorin bo'shlig'i chiqib ketgan, oyoq-qo'llari ingichka, yuzi qo'g'irchoqqa o'xshaydi. Pediatr ma'lum bir holatdan shubhalanadi va quyidagi ferment faolliklaridan qaysi biri faolligini tekshirish uchun jigar biopsiyasini buyuradi?




  1. Glyukoza 6-fosfataza

  2. Piruvat kinaz

  3. Mushak fosfofruktokinazasi

  4. Miofosforilaza

  5. Glikogen sintaza




  1. keys. 3 haftalik o'g'il bola tug'ilgandan beri qayt qilish sababli shifokorga olib kelindi. Onasi bolaning o'sishidan xavotirda va u ko'krak sutini hazm qilolmayotganini aytdi. Chaqaloq uyda tug'ilgan va yangi tug'ilgan chaqaloqni skriningdan o'tkazmagan. Jismoniy tekshiruvda terining sariq

rangga bo'yalganligi, obektivning ikki tomonlama xiralashganligi, qorin bo'shlig'i kengayganligi aniqlandi va jigar chekkalari paypaslanganda sezildi. Quyidagilardan qaysi birining etishmasligi ushbu bemorda ko'proq ehtimoliy tashxisni tavsiflaydi?



  1. Aldolaza B

  2. Aldoza reduktaza

  3. Fruktokinaza

  4. Galaktokinaza

  5. Galaktoza-1-fosfat uridiltransferaza

Download 30.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling