Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22-jadval Me’da shirasining tarkibi
Oqsillar hazmlanishi
Oqsillar va peptidlarni hazmlanishida ishtirok etuvchi proteolitik fermentlar oshqozon-ichak yollarida proferment sifatida sintezlanadi va ajralib chiqadi. Ular nofaoldir va ozining oqsillarini parchalamaydi. Me’dada oqsillarni hazmlanishi Me’dada oqsillar pepsin proteolitik ferment ta’sirida hazm bo‘lib boradi va bu jarayonda me’da shirasining xlorid kislotasi muhim rol o‘ynaydi. Xlorid kislota me’da bezlarining qoshimcha hujayralarida hosil bo‘ladi va me’da boshligiga ajralib chiqadi. Me’da boshligida uning konsentratsiyasi 0,16 M (taxminan 0,5% ga) yetadi. Shuning hisobiga me’da shirasiga pH qimmati pastdir, yani 1-2 atrofida bo‘ladi. Emadigan yosh bolalarning me’da shirasida sutni ivitadigan renin fermenti bo‘ladi. Ca 2+ ishtirokida renin sutning erigan kazeinlarini erimaydigan shaklga aylantiradi. Ma’lumki, suyuqliklar me’dada uzoq turmaydi. Sut ivitishning fiziologik ahamiyati uning oqsillari hazm bo‘ladigan vaqtgacha me’dada ushlab turishdan iboratdir. Katta yoshli odamlar me’dasida renin bo‘lmaydi. Ularda sut kislotali muhit bilan pepsinning birgalikda ta’sir qilishi natijasida ivib ketadi. Me’dada, pepsin ta’sirida, oqsillardan turli xil kattalikda polipeptidlar va ehtimol, uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda erkin aminokislotalar hosil bo‘ladi. Me da shirasi rangsiz suyuqlik bo‘lib, kuchli kislotali reaksiyaga egadir. Odamda sutkasiga 1,5 litr oshqozon shirasi ajralib chiqadi.Uning tarkibida suv, oqsillar, fermentlar (pepsin, gastriksin, renin, mutsin, gastrin gormoni, xlorid kislota, kislota muhiti yaratuvchi fosfatlar va qator boshqa moddalar) mavjuddir (22-jadval). 22-jadval Me’da shirasining tarkibi Solishtirma og‘irligi 1,006-1,009 pH 1,5-2,0 Suv 99,0-99,2% Quruq qoldiq 0,8-1,0% Organik moddalar 0,4-0,5% Xloridlar (xlorid k-ta va uning tuzlari) 0,5-0,65% Xlorid k-ta umumiysi 0,45-0,6% Erkin xlorid k-ta 0,2-0,5% Boglangan xlorid k-ta 0,04-0,08% Oqsil 0,4% 260 Me’da bezlarining asosiy hujayralarida pepsinning o‘tmishdoshi pepsinogen oqsil sintezlanadi. Uning molekulyar og‘irligi 40000. Pepsinogen polipeptid zanjiri pepsin (molekulyar massasi 34000), pepsin ingibitori (molekulyar massasi 3100) va qoldiq polipeptiddan iborat. Pepsin ingibitori lizinni 8 qoldig‘i va argininni 4 qoldig‘ini tutgani uchun kuchli asos xususiyatiga egadir. Me’da bezlarining shirasida pepsinogendan molekulasining 42 ta aminokislota qoldig‘ini o‘z ichiga oladigan N-uchli qismi ajralib chiqadi. Oldin polipeptid qoldiq ajraladi, so‘ng ingibitorni ajralishi kuzatiladi. Qolgan qismining konformatsion tarzda qayta qurilishi natijasida faol markaz yuzaga keladi. Pepsin fermenti hosil bo‘ladi. Pepsinogenning pepsinga aylanishi xlorid kislota yoki pepsinning oz ta’siri bilan, yani autokatalitik yo‘l bilan borishi mumkin. HCI Pepsinogen — → pepsin (asta-sekin) pepsin Pepsinogen — → pepsin (tez) Xlorid kislota ishtirokida yuzaga chiqadigan reaksiya asta-sekin rivojlanadi. Holbuki, autokatalitik jarayon juda tez o‘tadi. Shunday qilib xlorid kislota ishtirokida hosil bo‘lgan biroz miqdorda pepsin me’da shirasi ajralib chiqqandan keyin ko‘p otmay pepsinogen qolgan qismining tezgina pepsinga aylanishiga olib keladi. Pepsin peptid zanjirining uchlaridan olisdagi peptid bog‘larini gidrolizlaydi, bunday peptidgidrolazalar endopeptidazalar deb ataladi. Shu munosabat bilan pepsin ta’siri natijasida me’dadagi oqsillar polipeptidlargacha parchalanadi. Pepsin pH 1-2,5 bo‘lganda barchasidan katta faollik ko‘rsatadi. Pepsin ayniqsa, aromatik aminokislotalar karboksil gruppasidan hosil bo‘lgan peptid bog‘larini uzadi. U deyarli barcha tabiiy oqsillarini parchalaydi. Alifatik va dikarbon aminokislotalardan hosil bo‘lgan peptid bog‘larga sekin ta’sir etadi. Ayrim keratinlar, prota’minlar, gistonlar, muko‘proteinlar bundan mustasnodir. Pepsin ozining gidrolitik ta’sirini denaturatsiyaga uchragan oqsillarda ko‘rsatadi. Gastriksin molekulyar massasi bo‘yicha pepsinga yaqindir (31500). Uning pH optimumi taxminan 3,5 teng. Gastriksin dikarbon aminokislotalardan hosil bo‘lgan peptid bog‘larga ta’sir ko‘rsatadi. Me’da shirasida pepsin/gastriksin nisbati 4:1 teng. Yara kasalligida uni gastriksin tomonga siljishi kuzatiladi. Me’dada bu 2 proteinazalarni birgalikda ta’siri organizmni turli xil ovqatlanishga moslashtiradi. Masalan: o‘simlik va sut mahsulotlari bilan ovqatlanishda oshqozon 261 shirasining kislotali muhitini qisman neytrallanishiga olib keladi va oqsillarni pepsin ta’sirida emas, balki gastriksin ta’sirida parchalanishiga olib keladi. Pepsin va gastriksin ta’sirida oqsillar polipeptidlar (albumozlar va peptonlargacha) parchalanadi, oqsillarning asosiy parchalanishi esa ingichka ichakda yuz beradi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling