Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqsillarning biologik qiymati
azot balansidir. Odam qariganda, och qolganda va holdan toydiradigan
kasalliklar avjida azot tushganidan ko‘proq chiqib turadi. Bu manfiy azot balansidir. Kaloriyalarning soni jihatidan yetarli bo‘lgan ratsionda azot muvozanatini saqlash uchun zarur oqsillarning eng kam miqdori 30-50 g ni tashkil etadi. Ammo bu miqdor salomatlik va ish qobiliyati uchun zarur optimumni ta’minlab bermaydi. Ortacha jismoniy mehnat bilan shugullanuvchi katta yoshli odam bir kecha-kunduzda 100 g oqsil qabul qilishi kerak. Oqsillarning biologik qiymati Yaxlit organizmni oqsil almashinuvining holati faqat ovqat bilan qabul qilinadigan oqsil miqdoriga bog‘liq bo‘lmay, balki uning tarkibini sifatiga ham bog‘liqdir. Xilma-xil oqsillar turlicha biologik qiymatga egadir. Shunga ko‘ra organizmning plastik ehtiyojlarini qondirish uchun turli xil ovqat oqsillarni iste’mol qilish lozim. Ehtimol, iste’mol qilinadigan ovqat oqsilning aminokislota tarkibi tana oqsillarining aminokislota tarkibiga qanchalik yaqin bo‘lsa, bunday oqsillarning biologik qiymati shunchalik yuqoridir. Ammo ovqat oqsilining o‘zlashtirilishi darajasi oshqozon-ichak yoli fermentlari ta’sirida uning parchalanishiga bog‘liqdir. Qator oqsil moddalari, masalan: jun, sochlar va boshqalar, tana oqsillarining aminokislotasi tarkibiga yaqin bo‘lishiga qaramay, ovqat oqsili sifatida ishlatilmaydi. Chunki ular ichak proteazalari ta sirida gidrolizlanmaydi. Gosht, sut, tuxum oqsillarining biologik qiymati birmuncha yuqoridir, chunki ularning aminokislotasi tarkibi tana oqsillari aminokislotasi tarkibiga yaqindir va ichak fermentlari ta’sirida oson parchalanadi. Oqsillarning biologik qiymati tushunchasi bilan essensial almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar «tarkibi nima?» degan savol chambarchas bog‘langandir. Shuni takidlash kerakki, odam organizmida 20 aminokislotalardan faqat 9 tasigina sintezlanib, ular almashtirib bo‘ladigan aminokislotalardir; (uglevodlar va lipidlar almashinuvi mahsulotlaridan sintezlanadi), 3 tasi yarim almashinib bo‘ladigan (21- jadval). Qolgan 8 ta aminokislota organizmda sintezlanmaydi, shuning uchun ular hayotiy muhim, essensial yoki almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar deyiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling