Biokimyo pmd


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

azot balansidir. Odam qariganda, och qolganda va holdan toydiradigan
kasalliklar avjida azot tushganidan ko‘proq chiqib turadi. Bu manfiy
azot balansidir.
Kaloriyalarning soni jihatidan yetarli bo‘lgan ratsionda azot
muvozanatini saqlash uchun zarur oqsillarning eng kam miqdori 30-50
g ni tashkil etadi. Ammo bu miqdor salomatlik va ish qobiliyati uchun
zarur optimumni ta’minlab bermaydi. Ortacha jismoniy mehnat bilan
shugullanuvchi katta yoshli odam bir kecha-kunduzda 100 g oqsil qabul
qilishi kerak.
Oqsillarning biologik qiymati
Yaxlit organizmni oqsil almashinuvining holati faqat ovqat bilan
qabul qilinadigan oqsil miqdoriga bog‘liq bo‘lmay, balki uning tarkibini
sifatiga ham bog‘liqdir. Xilma-xil oqsillar turlicha biologik qiymatga
egadir. Shunga ko‘ra organizmning plastik ehtiyojlarini qondirish uchun
turli xil ovqat oqsillarni iste’mol qilish lozim. Ehtimol, iste’mol
qilinadigan ovqat oqsilning aminokislota tarkibi tana oqsillarining
aminokislota tarkibiga qanchalik yaqin bo‘lsa, bunday oqsillarning
biologik qiymati shunchalik yuqoridir. Ammo ovqat oqsilining
o‘zlashtirilishi darajasi oshqozon-ichak yoli fermentlari ta’sirida uning
parchalanishiga bog‘liqdir. Qator oqsil moddalari, masalan: jun, sochlar
va boshqalar, tana oqsillarining aminokislotasi tarkibiga yaqin bo‘lishiga
qaramay, ovqat oqsili sifatida ishlatilmaydi. Chunki ular ichak
proteazalari ta sirida gidrolizlanmaydi. Gosht, sut, tuxum oqsillarining
biologik qiymati birmuncha yuqoridir, chunki ularning aminokislotasi
tarkibi tana oqsillari aminokislotasi tarkibiga yaqindir va ichak
fermentlari ta’sirida oson parchalanadi.
Oqsillarning biologik qiymati tushunchasi bilan essensial almashtirib
bo‘lmaydigan aminokislotalar «tarkibi nima?» degan savol chambarchas
bog‘langandir. Shuni takidlash kerakki, odam organizmida 20
aminokislotalardan faqat 9 tasigina sintezlanib, ular almashtirib
bo‘ladigan aminokislotalardir; (uglevodlar va lipidlar almashinuvi
mahsulotlaridan sintezlanadi), 3 tasi yarim almashinib bo‘ladigan (21-
jadval). Qolgan 8 ta aminokislota organizmda sintezlanmaydi, shuning
uchun ular hayotiy muhim, essensial yoki almashtirib bo‘lmaydigan
aminokislotalar deyiladi.


258

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling