Biokimyo pmd
Xolesterinning organizmdagi ahamiyati
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Xolesterinning organizmdagi ahamiyati
- xolesterin biomembranalar tarkibiga kiradi; - undan o‘t kislotalari sintezlanadi; - undan steroid gormonlar, shu jumladan, jinsiy gormonlar sintezlanadi; - undan vitamin D 3 sintezlanadi. Ateroskleroz nazariyalari Hozirgi vaqtda aterosklerozning kelib chiqishiga oid yaratilgan bir necha nazariyalar mavjud. Shulardan Anichkovning infiltratsion nazariyasi bo‘lib, bu nazariyaga binoan «Xolestrinsiz ateroskleroz bo‘lmaydi». Boshqa nazariyaga binoan lipoproteinlarning oqsil qismida o‘zgarish bo‘lib u organizmlarga yot bo‘lgan holda immunologik reaksiyalar kuchayishiga olib keladi (Klimovning autoimmun nazariyasi). Amerikalik olimlar Goldsteyn va Braunlar tomonidan yaratilgan nazariyaga binoan ateroskleroz kelib chiqishiga dislipoproteinemiyaning ahamiyati cheksizdir. Ushbu nazariyalarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Autoimmun nazariya (A. N. Klimov) Odam organizmida autoimmun xossalariga ega bo‘lgan ZJPLP yoki ZPLP hosil bo‘ladi. Bu lipoproteinlarning oqsil qismlariga qarshi antitelo ishlab chiqariladi. Immun kompleksi antitelo va ZJPLP hosil bo‘ladi. Bu esa endotelial hujayralar o‘tkazuvchanligini buzilishi va kompleksni tomir devorida to‘planishiga sababchi bo‘ladi. Arterial qon tomir devorini o‘tkazuvchanligining ortishi arteriyaga lipoproteinlar kirishiga qulay sharoit tugdiradi. ZYLP 7-12 nm diametriga ega va markazida gidrofob yog‘ qismi va atrofida fosfolipid va globulyar apoprotein qatlami bo‘ladi. Bu qatlam zarrachani eruvchanligini ta’minlaydi. Oqsil qismi 2 xil apoproteindan iborat: apo-A va ano-C. Apoprotein A ning apo-A-1 apo-A-2 lar oqsil qismini 90% tashkil etadi. Ular o‘zaro 255 aminokislotalar tarkibi bilan farqlanadi, birlamchi va ikkilamchi strukturalari va immunologik xususiyatlari bilan farq qiladi. Apoprotein- A-1 ning molekuyar massasi 28000 va apo-A-2 ning 17000 daltonga teng. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling