Biokimyo pmd
Yog‘lar sarflanishining kuchayishi yoki kaxeksiya
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujayra yog‘larning parchalanishi
- Keton tanachalari metabolizmi
Yog‘lar sarflanishining kuchayishi yoki kaxeksiya
Yog‘lar sarflanishining kuchayishi va organizmning o‘ta ozib ketishi kaxeksiya deb nomlanadi. Bu holat quyidagi omillarga bog‘liq: a) alimentar omil: iste’mol qilgan ovqat kaloriyasi jihatidan past bo‘lib sarflanayotgan energiya yuqori bo‘lgan holatlarda; b) saraton kasalligi rivojlanayotganda; o‘sma to‘qimasida modda almashinuvi kuchaygan bo‘lib butun organizmdan energiya moddalarini tortib oladi, natijada ozib ketishi kuzatiladi; d) qandli diabetda; modda almashinuvi yuqorida ko‘rsatilgan va yog‘lar asosan glyukoza sinteziga sarflanadi; e) gipertireozda: qalqonsimon bez gormonlari asosiy modda almashinuvini kuchaytirib yuboradilar. Hujayra yog‘larning parchalanishi Hujayra ichidagi yog‘larni va shu jumladan, adipotsitlardagi yog‘larning parchalanishi gormonal boshqaruvga ega. Adrenalin (hayajonlanish gormoni) va shunga o‘xshash gormonlar hujayra yuzasidagi retseptor bilan bog‘lanadi. Natijada gormon retseptor kompleksi hosil bo‘ladi. Retseptor gormon bilan birikib uni molekulasida konformatsion o‘zgarishlarga olib keladi. Membranaga bog‘liq adenilatsiklaza bunday konformatsion o‘zgarishga sezuvchan bo‘lib faol shaklga o‘tadi. Faollangan adenilatsiklaza hujayra ichida ATF molekulasidan siklik AMF (sAMF) hosil qiladi. Siklik AMF hujayra ichida erkin harakatlanuvchi bo‘lganligi tufayli proteinkinaza fermentini faollaydi. Bu ferment o‘z navbatida hujayra ichidagi triglitseridlipaza fermentini fosforlaydi va faol shaklga o‘tkazadi. Hujayra ichidagi yog‘lar parchalanadi. 250 Keton tanachalari metabolizmi Atsetoatsetat, β−oksibutirat va atseton birgalikda keton tanachalari deb ataladi. Ular jigarda yog‘ kislotalari parchalanishidan hosil bo‘lgan atsetil-KoAdan sintezlanadi. Periferik to‘qimalarda β−oksibutirat oksidlanib atsetoatsetatga o‘tadi. U o‘z navbatida atsil-KoA-sintetaza ta’sirida atseto-atsetil-KoA hosil qiladi. Atsetoatsetil ikki molekula atsetil-KoAga aylanadi va u o‘z navbatida Krebs halqasida oxirgi mahsulotgacha parchalanadi. Shunga ko‘ra keton tanachalari organizmda energetik balansni ta’minlashda muhim energetik ahamiyatga ega. Chunki jigardan boshqa yurak, buyrak kabi a’zolar uchun keton tanachalari energetik manba vazifasini o‘taydi. Postabsorbtiv holatda keton tanachalari miqdori qonda juda kam – 3 mg % gacha bo‘ladi; ochlikda 40-50 mg % gacha ko‘tarilishi mumkin. Keton tanachalarini qayta limon halqasiga kirish va oksidlanishi uchun yetarli miqdorda oksaloatsetat bo‘lishi kerak. Och qolganda, qandli diabetda glyukoza yetishmaganligi sababli suksinil-KoA va oksaloatsetat yetishmagani uchun keton tanachalar miqdori qonda ortadi. Shuning uchun qandli diabetni og‘ir shakli komatoz holatidagi kasal og‘zidan atseton hidi keladi. Demak, suksinil KoA va oksaloatsetat yetishmasligida keton tanachalar sarflanishi susayadi va qondagi miqdori ortadi. Yurak va skelet mushaklarda keton tanachalar oziga xos metabolitlar deb hisoblanadi. Sog‘lom odamda keton tanachalar kam hosil bo‘ladilar va faqat ovqat tarkibida yog‘lar uglevodlarga nisbatan ortib ketsa ketonemiya kuzatiladi. Qonda β−oksibutirat (β-oksimoy kislota), atsetosirka kislota va atseton miqdori ortishi ketonemiya deyiladi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling