Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Giperlipoproteinemiyalar
Ketonuriya
Siydikda keton tanachalari miqdorining ortishi ketonuriya deyiladi. Soglom odamda siydikdagi keton tanachalarning miqdori 125 mg/100 ml teng. Keton tanachalarning salbiy ta’siri ular o‘rta kuchli kislota xossalariga ega bo‘lib, siydikda anion shaklida bo‘ladi. Siydik bilan chiqayotganda keton tanachalar natriy ioni bilan bog‘lanib chiqadilar. Qonda va boshqa suyuqliklarda kationlarni kamayishi atsidoz yoki ketoatsidozga olib keladi. Kationlar o‘z navbatda suvni organizmdan chiqib ketishiga sababchi bo‘ladilar va natijada nerv tizimida arefleksiya va koma holati kuzatiladi. 251 Giperlipoproteinemiyalar Qonda tashiladigan lipidlarning umumiy miqdori ovqatlanish maromiga, uning tarkibiga, inson yoshiga, uning yashash sharoitiga, shu jumladan, iqlimi va yilning fasllariga ma’lum darajada bog‘liq bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich hatto bir kecha-kunduz davomida ham sezilarli darajada o‘zgarib boradi. Gap shundaki, ovqat yeyilgandan keyin 4-5 soat davomida qonda lipoproteidlar konsentratsiyasi xilomikronlar hisobiga ortib boradi. Qondagi lipidlar umumiy miqdorini aniqlash uchun qon nonushtadan oldin olinadi. Bunday qonda xilomikronlar bo‘lmaydi va faqat ZJPL (lipidlar umumiy miqdorining 15 foiz). ZPL (60%) va ZYL (25%) mavjud bo‘lib, ular birgalikda qondagi lipidlarning umumiy miqdorini tashkil etadi. Qonning bu ko‘rsatkichi Ozbekiston sharoitida yashovchi odamlarda qonidagiga qaraganda anchagina past darajada bo‘lib, 630-670 mg % (ortacha 650±11,3mg %) ga teng (O.A.Abrarov, A.R.Isroilov, 1985). Qondagi triglitserid va xolesterinlar lipoproteinlar tarkibida bo‘ladi. Triglitseridlarning qondagi konsentratsiyasi 105-120 (ortacha 113±3,7) g %ni tashkil etadi, xolesterinning umumiy miqdori 165,0±176,0 mg % atrofida bo‘lib, ortacha 170±3,3 mg %ni tashkil etadi. Uning 13,0% ZJPL tarkibida, 67,0% ZPL va 20,0% ZYL tarkibida bo‘ladi (O.A.Abrarov, A.R.Israilov, 1985; O.A.Levkovich, 1994). Qonda lipoproteinlar konsentratsiyasining me’yordan ortib ketishi lipoproteinemiya deyiladi. Bunda bir yola xolesterin va triglitseridlar miqdori ham ko‘payadi. Xolesterin miqdorining ortishi ZPL va ZYL lar konsentratsiyasi bilan bog‘liq bo‘lsa, triglitseridlar konsentratsiyasi esa xilomikronlar va ZJPLlar miqdori bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra lipoproteinemiyalarning uchta shakli tafovut etiladi: - Giperxolesterinemiya (ZPL yoki ZYL konsentratsiyasi ortgan). - Gipertriglitserinemiya (xilomikronlar yoki EJPL konsentratsiyasi oshgan). - Aralash shakli. Kelib chiqish mexanizmiga ko‘ra giperlipoproteinemiyalarning birlamchi (tug‘ma) va ikkilamchi (turmushda orttirilgan) xillari farq qilinadi. Tug‘ma giperlipoproteinemiyaga lipoproteinlipazaning tug‘ilishdan nuqsonli, ya’ni faolligi ancha pasaygan holda bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan giperxilomikronemiya hamda ZPL katabolizmining pasayishi tufayli vujudga keladigan giperxolesterinemiya yoki β− lipoproteinemiyalar misol bo‘la oladi. Ikkilamchi giperlipo- proteinemiyalar qandli diabet, surunkali gepatit va alkogolizm kabi kasalliklarda kuzatiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling