Biokimyo pmd


Xlorid kislotasining hosil bo‘lish mexanizmi va ahamiyati


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Xlorid kislotasining hosil bo‘lish mexanizmi va ahamiyati
Me’dada HCl hosil bo‘lishining mexanizmi hozirgacha
aniqlanmagan bo‘lsa-da, ammo mavjud ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki,
qonda NaCl dissotsiatsiyasidan hosil bo‘ladigan Cl
-
hujayra
membranasidan otib, o‘z navbatida, almashinuvining oxirgi mahsulotlari
H
2
O va CO
2
dan qoplovchi hujayralarda sintezlanadigan karbonat
kislotaning dissotsiatsiyasi natijasida ajralib chiqadigan H
+
bilan
birikadi. Hosil bo‘lgan HCl so‘ngra qoplovchi hujayralarning me’da
boshligiga ajralib chiqadi. Ionlarning qon bilan qoplovchi hujayralar
o‘rtasidagi muvozanati hujayralardan qonga otuvchi manfiy
zaryadlangan HCO
3
-
qondan hujayralarga otuvchi Cl
-
orniga almashinib
o‘tishi bilan erishiladi. Ushbu jarayonda ATF ning ishtirok qilishi taxmin
qilinadi, chunki xlorid kislota sintezi energiya bo‘lishini talab etadi.
Xlorid kislotaning quyidagi biologik funksiyalari mavjud:
1. Pepsinogenni faollashtirish;
2. Me’da shirasining kislotali muhitini ta’minlash;
3. Ovqat oqsillarini denaturatsiyalash;
4. Bakteritsid ta’siri.
Me’da shirasi tarkibida to‘rt xil kislotalilik tafovut qilinadi:
1) hech qaysi birikma bilan bog‘lanmagan xlorid kislota (erkin HCl);
2) oqsil bilan bog‘langan xlorid kislota (bog‘langan HCl);
3) erkin va bog‘langan xlorid kislotaning yigindisi (umumiy HCl);
4) erkin, bog‘langan va umumiy HClning yigindisi hamda meva
shirasidan kislotali muhit yaratadigan boshqa nordon moddalarning
yigindisi (umumiy kislotalilik).
Me’da shirasining ushbu kislotaliliklari indikator ishtirokida NaOH
ning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlash yoli orqali aniqlanadi. Umumiy
kislotalilik fenolftalein indikatori ishtirokida (pH ning o‘tish chegarasi
8,2-10) 100 ml me’da shirasini titrlash uchun (HCl va boshqa kislotalik
xususiyatiga ega bo‘lgan moddalarning neytrallash uchun) sarflangan
0,1 mol/l NaOH miqdori bilan olchanadi. Umumiy kislotalililkning
ortacha miqdori 40-60 mol/l ga teng. Erkin xlorid kislota


262
dimitilaminoazobenzol indikatori ishtirokida (pH 1,0-3,0) 100 ml me’da
shirasini neytrallash uchun sarflangan 0,1 mol/l NaOH miqdori bilan
olchanadi. Uning ortacha miqdori 20-40 mol/l ga teng. Boglangan xlorid
kislota yuqoridagidek alizaringidrosulfonat NaOH ishtirokida (pH 4,3-
6,3) yoki fenolftalein va dimetilaminoazobenzol indikatori yordamida
aniqlangan umumiy kislotalilikni erkin kislotalilikdan ayirish yoli bilan
topiladi. Uning ortacha miqdori 10-20 mol/l.
Me’da shirasida kislotalilikni oshishiga giperxlorgidriya deyiladi
(HCl oshishi hisobiga). Bu holat ko‘pincha me’da va o‘n ikki barmoqli
ichak yarasi va giperatsid gastritda uchraydi. Me’da shirasida HCl
kamayib ketishiga gipoxlorgidriya deyiladi (gipoatsid gastritda va
me’da rakida kuzatiladi). Me’da shirasida faqat xlorid kislotaning
bo‘lmasligiga axlorgidriya deb ataladi (me’da raki va anatsid gastrit
uchraydi), xlorid kislota va pepsin fermentini bo‘lmasligi axiliya deb
ataladi (atrofik gastritda uchraydi).

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling