Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichakda aminokislotalarning so‘rilishi
Pankriatit otning (va u bilan infeksiyaning) pankriatik yolga o‘tishi
natijasida rivojlanadigan kasallikdir. Natijada me’da osti bezining proteolitik fermentlari tripsin, ximotripsin, karboksipeptidaza A va B, elastaza va kollagenaza ushbu kasallikda faol holda ajralib chiqib, me’da osti bezi to‘qimalarini parchalashi mumkin. Shunga ko‘ra to‘qimalarni oz-ozini parchalanishini oldini olish va davolash maqsadida trasilol, kontrikaldan foydalanadi. Trasilol polipeptid tabiatga ega bo‘lgan modda bo‘lib, yuqorida qayd etilgan fermentlarning ingibitorlaridir (qora molning quloq oldi bezlaridan olinadi). Otkir pankreatit, pankreonekroz va surunkali pankreatitni davolashda ishlatiladi. Ichakda aminokislotalarning so‘rilishi Oqsil gidrolizining mahsulotlari oshqozon-ichak yolidan asosan erkin aminokislotalar korinishida soriladi. Aminokislotalar so‘rilishi maxsus transport tizimlari ishtirokida kechadi. Bu jarayon faol transport bo‘lib Na + gradiyenti bo‘lishini talab qiladi va Na,K-ATF-aza ishtirokida bo‘ladi. Aminokislotalarni tashish uchun taxminan 5 spetsifik transporterlar mavjud: - neytral alifatik aminokislotalar uchun; - siklik aminokislotalar uchun; - asosiy aminikislotalar uchun; - kislotali aminokislotalar uchun; prolin uchun. Bunda aminokislota Na + bilan birikkan holda ichak epiteliysi membranasidan o‘tadi (simport usuli), Na + esa hujayradan ATF-aza yordamida chiqarilib yuboriladi. Aminokislotalarni ikkinchi tashish usuli γ-glutamiltransferaza fermenti ishtirokida kechadi. Glutation uning kofermenti hisoblanadi. Birinchi bosqichda glutationning γ-glutamil qoldig‘i tashilayotgan aminokislotaga birikadi, hosil bo‘lgan dipeptid esa hujayra ichiga o‘tadi. Ikkinchi bosqichda dipeptiddan erkin aminokislotani ajralishi kuzatiladi, glutation esa resintezlanadi. Ichakda juda oz miqdorda dipeptidlar va gidrolizmanmagan oqsillarni pinositoz yoli bilan so‘rilishi kuzatiladi va hujayra lizosomalari ta’sirida gidrolizlanadi. Chaqaloqlarda proteolitik fermentlar faolligining sustligi va ichak shilliq qavatining o‘tkazuvchanligining yuqoriligi natriv oqsillarni so‘rilishi va shuning natijasida organizmning sezuvchanligini oshishi kuzatiladi. Bu esa ovqat allergiyasini kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling