Biokimyo pmd
Iste’mol qilinadigan oqsil me’yori
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musbat va manfiy azot balansi
Iste’mol qilinadigan oqsil me’yori
Azot muvozanatiga erishish odam salomatligini saqlash va uning yuqori ishlash qobiliyatini ta’minlash uchun ovqatlanishda oqsil normasini aniqlash lozim. Chunonchi, katta yoshdagi aqliy mehnat bilan shugullanuvchi va ortacha jismoniy faoliyati bor odamda energetik sarflanish 12000 kJ bo‘lsa, sutkasiga 100-120 g oqsil iste’mol qilish kerak. Mehnat sharoiti o‘zgarganda va energetik sarflanish yuqori bo‘lsa, ushbu me’yor har bir 2100 kJ hisobiga 10 g ga oshadi. Ogir jismoniy ish bajaruvchi ishchilar sutkada 130-150 g oqsil iste’mol qilishi lozim. Homiladorlik va laktatsiya paytida, shuningdek, ayrim patologik holatlarda (organizm siydik yoki assit suyuqligi, ekssudatlar bilan oqsil yoqotsa, masalan: nefritlarda, ogir infeksion kasalliklarda, kuyganda, jarohatlanganda va hokazo) oqsilga bo‘lgan ehtiyoj keskin oshadi. Yosh bolalarning oqsilga bo‘lgan ehtiyoji birinchi navbatda ularning yoshi va tana og‘irligi bilan aniqlanadi. Tananing har bir kg og‘irligiga 1,5 g oqsil ko‘payib borishi lozimdir (Rubner koeffitsenti). Hattoki, go‘dak bolalar ham sutkada 55-72 g oqsil qabul qilinishiga muhtojdir. Yoshi ulgayishi bilan (12-15 yoshgacha) oqsilning ushbu normasi katta yoshdagi odamning me’yorigacha oshadi. Oqsilga bo‘lgan ehtiyoj ma’lum darajada sutkalik ratsionning kaloriyaligiga ham bog‘liqdir. Ovqatlanish kaloriyasi yetarli bo‘lmasa, oqsillar birinchi navbatda organizmning energetik ehtiyojlarini qondirish uchun sarflanib, anobolik jarayonlarda foydalanilmaydi. Musbat va manfiy azot balansi Azot balansi ovqat bilan birga tushgan azot miqdori bilan organizmda chiqarib turiladigan (asosan mochevina tarkibida) azot miqdori o‘rtasidagi farqdir. Katta yoshdagi sog‘lom odamda ovqat normal bo‘lganida azot muvozanati qaror topadi, yani organizmdan 257 chiqariladigan azot miqdori unga tushadigan azot miqdoriga teng bo‘lib turadi. Organizm unib-osib boradigan davrda shuningdek, holdan toydiradigan kasalliklardan sogayib kelinayotgan paytda organizmga tushib turadigandan ko‘ra kamroq azot chiqarib turiladi. Bu musbat Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling