Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pirimidinli nukleotidlar almashinuvi
75-rasm. Nihan sindromida purinli nukleotidlar metabolismining
bloklanishi. 303 Podagrani davolashda allopurinoldan foydalaniladi, u gipoksantinning strukturali analogidir. U ksantinoksidazaning raqobatli ingibitori bo‘lib, kuniga 0,2-0,8 g miqdorda qabul qilinsa, siydik kislotaning qondagi miqdori normal raqamlargacha pasayadi. Gipoksantin miqdori esa ortadi, lekin siydikda siydik kislotaga qaraganda on baravar yaxshi eriydi va organizmdan oson chiqariladi. Umuman olganda ikkilamchi giperukemiya va podagra kam uchraydi. Qon va buyraklarning ba’zi kasalliklarida, qorg’oshindan zaharlanishda, ba’zi dori moddalarni ichish tufayli boshlanadi. Ikkilamchi giperuri- kemiyalarga odatda siydik kislotani chiqarib tashlashning izdan chiqishi yoki purinli nukleotidlar metabolizmi fermentlarining tashqi omillar ta’sirida zararlanishi sabab bo‘ladi. Pirimidinli nukleotidlar almashinuvi Pirimidinli nukleotidlarning pirimidin yadrosi uglerod dioksidi, glutaminamid gruppasi, asparaginat kislotadan hosil bo‘ladi. Bir nechta ketma-ket reaksiyalar natijasida uridinmonofosfat sintezlanadi. Bu modda boshqa pirimidinli nukleotidlar sitidintrifosfat va timidintrifosfat o‘tmishdoshi bo‘lib xizmat qiladi. Reaksiyalar quyidagi tartibda ketadi: 1.Karbamoilfosfat sintezi karbamoilfosfatsintazaII yordamida katalizlanadi karbamoilfosfat sintaza CO 2 + glu NH 2 + 2ATF —————————— → H 2 N-CO O- F +glu + 2ADF+Fn. 2. Karbomoilfosfat aspartatkarbamoiltransferaza ishtirokida asparagin kislota bilan reaksiyaga kiradi. Bu ferment allosterik ferment bo‘lib, STF uning ingibitori, ATF esa aktivatoridir. 3. Digidroorotaza fermenti ishtirokida digidroorotat kislota hosil bo‘lishi bilan siklik halqa hosil bo‘ladi. 4. NAD-saqlovchi digidroorotatdegidrogenaza ishtirokida digidroorotat kislota digidrogenlanadi va orotat kislota hosil bo‘ladi. 5. Orotat kislota orotidin-5-fosfatpirofosforilaza fermenti ishtirokida fosforibozilpirofosfat bilan reaksiyaga kirishib orotidin-5-fosfat hosil qiladi. 304 6. Orotidin-5-fosfat orotidin-5-fosfatdekarboksilaza ishtirokida dekarboksillanadi va natijada uridinmonofosfat hosil bo‘ladi. 2 molekula ATF fosfat guruhlari hisobiga ikki kinaza ta’sirida UMF UTF gacha fosforillanadi UMF + ATF → UDF + ADF UDF + ATF → UTF + ADF Uratsil 2 uglerod atomining glutamin hisobiga aminlanishi natijasida sitozin hosil bo‘ladi. Shunday qilib, UTFdan STF hosil bo‘ladi. Asoslarning o‘zgarishi faqat trifosfatlar bosqichida boradi. UMF sintezi manfiy qayta bog‘lanish mexanizmi bo‘yicha idora etiladi: UTF shu metabolik jarayon birinchi fermenti II karbamoilfosfatsintetazaning allosterik ingibitoridir. Bu mexanizm 305 asosida boshqa primidinli nukleotidlar ham UMF dan hosil bo‘lganligi uchun ularni ortiqcha sintezlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling