Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- UGLÅVOD, YOG‘ VA AMINOKISLOTALAR ALMASHINUVINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI
Orotatatsiduriya
Siydik bilan ko‘p miqdorda orotat kislota ajralib chiqishiga orotatatsiduriya deyiladi. Irsiy orotatatsiduriyada bir kecha-kunduzda 1,5 g gacha, yani normadagiga nisbatan 1000 baravar ko‘proq miqdorda orotat kislota chiqib turadi. Bemorlar siydigi sovutilganda orotat kislotaning ignasimon kristallaridan iborat cho‘kma hosil bo‘ladi. Bu kasallik UMF sintezidagi orotidilat kislota hosil bo‘lishi va dekarboksillanishi reaksiyalarini katalizlovchi fermentning yetishmovchiligiga bog‘liqdir. Irsiy orotatatsiduriyali bolalar tengdoshlariga nisbatan aqliy va jismoniy rivojlanishda ortda qoladilar. Rivojlanishning izdan chiqishi «pirimidin tanqisligi» natijasidir. Kasallikni davolash uchun sutkada 0,5-1gr dan uridin berib turiladi. Orotatatsiduriya giperammonemiya paytida, siydikchil hosil bo‘lishi ornitin sikli fermentlari funksiyasining buzilishi natijasida ham kuzatiladi. Bunda mitoxondriyalarda hosil bo‘lgan karbamoilfosfat siydikchil sintezi uchun sarflanmasdan, balki pirimidinli nukleotidlar sintezi uchun ham sarflanadi, barcha oraliq metabolitlar, jumladan, orotat kislota konsentratsiyasi ortib ketadi. Podagrani davolashda bemorga allopurinol berib turish ham orotatatsiduriyaga sabab bo‘lishi mumkin. Allopurinol organizmda oksinurinolmononukleotidga aylanadi. U orotidilat kislota dekarboksillanish reaksiyasining kuchli ingibitori bo‘lib, to‘qimalarda orotat kislota to‘planishiga sabab bo‘ladi. XIV BOB UGLÅVOD, YOG‘ VA AMINOKISLOTALAR ALMASHINUVINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI Odam organizmida kechadigan moddalar almashinuvi jarayoni betartib kechmasdan, balki integratsiyalangan va bir-biriga bog‘liq ravishda sodir bo‘ladi. Organik moddalarni o‘zgarishi, anabolizm va katabolizm jarayonlari bir-biri bilan o‘zaro mustahkam bog‘langan. Xususan sintez va parchalanish jarayonlari o‘zaro mustahkam bog‘langan va koordinatsiyalangan kimyoviy jarayonlarga tegishli yonalish beruvchi neyrogormonal mexanizmlar yordamida boshqariladi. Odam organizmida boshqa tirik tabiatdagi kabi oqsil, yog‘, uglevod va nuklein kislotalarining mustaqil almashinuvi bo‘lmaydi. Hozirgi vaqtda uglevod, oqsil va yog‘ molekulalari parchalanishining 4 bosqichi, ularni asosiy ovqat moddalardan energiya hosil qilish bilan integratsiyasi tajribada tasdiqlangan. Shunga o‘xshash jarayonlarni biz modda almashinuviga kirish bosqichida batafsil ko‘rib chiqqanmiz. Bu bobda biz oqsil, yog‘, uglevod struktur elementlarini bir-biriga aylanishi va almashinuvini qisqa misollarda ko‘rib chiqamiz. Modda almashinuvi organizmda uning alohida jarayonlarining o‘zaro ta’siri va bog‘liqligida kechadi. Odam organizmida kechadigan uglevod, yog‘, aminokislota almashinuvi alohida-alohida o‘rganiladi, bu ularni tushunishga qulaydir. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling