Biokimyo pmd


Aminokislotalarning uglevodlardan biosintezi


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Aminokislotalarning uglevodlardan biosintezi
To‘qmalarda glyukoza parchalanishi jarayonida pirouzum kislotadan
sirka kislota hosil bo‘ladi, Kerbs siklida u shavel sirka kislotasi va
α-ketoglutaratga aylanadi. Bu uch α- ketokislota aminlanishi natijasida
aminokislotaga aylanadi.
Bu reaksiyalar natijasida uglevod va oqsil almashinuvi o‘rtasida
to‘g‘ri bog‘lanish vujudga keladi.
Uglevodlardan yog‘larning biosintezi
Triatsilglitserinlar molekulasi glitserin va 3 ta yog‘ kislotasi
qoldig‘idan hosil bo‘lgan. Glikoliz metabolitlari: fosfadioksiatseton yoki
fosfoglitserin aldegididan glitserin sintezlanadi. Yog‘ kislotalari sintezi
uchun asosiy modda bo‘lib, atsetil-KoA hisoblanadi. U piruvatning
oksidlanib dekarboksillanishi natijasida hosil bo‘ladi. Uglevodlarning
yog‘larga aylanishi chorvachilikda, hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalarda
tasdiqlangan.


312
Limon kislota sikli va siydikchil hosil bo‘lishini ornitin sikli o‘rtasida
murakkab bog‘lanish bo‘lib, hujayrani energiyaga bo‘lgan talabi va
metabolizmni oxirgi mahsulotlari konsentratsiyasiga bog‘liq holda
ma’lum darajada reaksiyalar tezligini belgilab beradi. Fumar kislotasi
arginino-kahrabo kislotani parchalanish davrida hosil bo‘ladi, ularni
sintezi uchun esa aspartat bo‘lishi kerak. Hosil bo‘lgan fumar kislotasi
keyinchalik limon kislota siklida undagi 2 ta ferment fumaratgidrataza
va malatdegidrogenaza ta’sirida oksaloatsetatga aylanadi, u esa spetsifik
transaminaza ishtirokida aspartatga aylanadi, yani oziga xos sitrat siklini
siydikchil hosil bo‘lish sikli bilan bog‘langan aspartat-arginino-qahrabo
shunti hosil bo‘ladi.(76-rasm)
76-rasm.  «Krebs velosipedi»
Shunday qilib, bu jarayon o‘ziga xos birlashgan mexanizm
yordamida ikki sikl reaksiyalari bir-biri bilan bog‘lanadi. Bu mexanizm
«Krebs velosipedi» (The «Krebs bicicle») degan nom oldi.
Bu reaksiya orqaga qaytmas bo‘lib hisoblanadi, shuning uchun
yuqori yog‘ kislotalardan uglevodlar hosil bo‘lmaydi. Shunday qilib,
uglevodlar yog‘lar tarkibiga kiruvchilar faqatgina glitserindan hosil
bo‘ladi. Vaholanki, odatdagi sharoitlarda reaksiya orqaga borishi
mumkin, yani uglevodlar oksidlanishdan hosil bo‘lgan glitserindan
yog‘lar sintezlanishi mumkin.
Uglevod, yog‘ va qator aminokislotalar almashinuvi jarayonida hosil
bo‘lgan atsetil-KoA yog‘ kislotalari sintezi uchun boshlangich substrat
bo‘lib hisoblanadi, shuningdek u uchkarbon kislotalar siklining birinchi
substratidir. Bu siklda atsetil-KoAni oksidlanishi uchun oksaloatsetat


313
zarurdir, u Krebs siklini ikkinchi kalit substratidir. Oksaloatsetat
pirouzum kislotasi va karbonatangidriddan sintezlanishi yoki
transaminlanish jarayonida asparagin kislotasidan hosil bo‘lishi
mumkin. Ikki molekula atsetil-KoA kondensatsiyalanib, atsetosirka
kislota (atsetoatsetat) hosil bo‘ladi, u esa boshqa keton tanachalarini,
xususan 
β-oksimoy kislotasi va atsetonning manbai bo‘lib hisoblanadi.
Atsetosirka va 
β-oksimoy kislota faol sirka kislotaning transport shakli
sifatida ko‘pincha ko‘riladi, ularni periferik to‘qimalarga, Krebs siklida
oksidlash uchun olib boriladi. Ikki molekula atsetil-KoAni
kondensatsiya reaksiyasi xolesterin sintezining boshlangich etapini
tashkil etib, 
β-oksimoy kislotasi (β-oksibutirat) va atseton hosil bo‘ladi.
Atsetosirka va 
β-oksimoy kislotasi ko‘pincha faol sirka kislotaning
transport shakli hisoblanib, uni periferik to‘qimalarda Krebs siklida
oksidlanish uchun transport qiladi. Ikki molekula atsetil-KoAni
kondensatsiya reaksiyasi xolesterin sintezining birlamchi bosqichini
tashkil etadi. Xolesterin, oz‘ navbatida, steroid gormonlar, D
3
vitaminni,
shuningdek ot kislotalarning o‘tmishdoshi hisoblanadi. O‘t kislotalari
juft o‘t kislotalari shaklida ovqat tarkibidagi lipidlarning hazmlanishida
emulgator vazifasini o‘ynaydi va yuqori yog‘ kislotalarni so‘rilishini
ta’minlaydi.
Galaktoza va qisman glyukoza MNS faoliyatida spetsifik funksiya
bajaruvchi serebrozid va glikolipidlar biosinteziga sarflanadi. Bu
sintezlarda erkin monosaxaridlar emas, balki galaktozamin va
glyukozamin qatnashadi, ularni sintezi o‘z navbatida glutaminni amid
azoti bo‘lishini talab etadi, shunday qilib natijada uglevod, lipid va oqsil
almashinuvi integratsiya qilinadi.
Yuqorida keltirilgan misollar organizmda organik moddalarning
ozaro bir-biriga aylanishini barchasini aks ettirmaydi. Biz faqat tirik
strukturalar va to‘qimalar kimyoviy tarkibini doimiyligini ta’minlovchi
asosiy yollarini va kalit substrat, fermentlarni misol qilib keltirdik.
Shunday qilib, oziq moddalarning parchalanishni tezligi va boshqa
moddalarni biosintezi organizmni fiziologik holati va uni energiya va
metabolitlarga bo‘lgan ehtiyoji bilan belgilanadi. Metabolik faollikni
dinamikligi makro- va mikrosko‘pik doimiyligini ta’minlaydi. Organizm
dinamik holatini barcha o‘zgarishlari patologik holatni rivojlanishga
olib keladi, uni og‘irlik darajasi va davomiyligi hujayra qurilishi hamda
funksiyasini buzilish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.


314
XV BOB

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling