Biokimyo pmd


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Ta’sir etish mexanizmiga ko‘ra gormonlar ikki guruhga bo‘linadi:
1. Membrana orqali ta’sir etuvchi gormonlar. Ular nishon hujayralar
membranasi bilan bog‘lanib, o‘z ta’sirini hujayra ichiga o‘tkazadi. Peptid
gormonlar va adrenalin bunday ta’sirga ega. Bunday gormonlar hujayra
ichiga axborotni ikkinchi xabarchi vositasida (messenger) o‘tkazadi.
Bu vazifani sAMF bajaradi. sAMF o‘z navbatida proteinkinazani
faollaydi. Proteinkinaza ATF ishtirokida oqsillarni (fermentlar) faollashi
natijasida hujayrada metabolik jarayoni o‘zgaradi (84-rasm).
2. Sitozol mexanizmiga ega bo‘lgan gormonlar. Steroid gormonlar
(yodtironinlar ham) membrananing lipid qo‘sh qavati orqali o‘tib
sitoplazmada steroid retseptor kompleksini hosil qiladi. Kompleks
o‘zgarishga uchragandan so‘ng yadroga o‘tadi va xromatin bilan
birikadi. Mazkur jarayonda xromatinning kislotali tabiatga ega oqsillari
va bevosita DNK ishtirok etadi (84,85 rasmlar).
84-rasm. Gormonlar axborotini nishon hujayralarga o‘kazish mexanizmi


330
Biologik funksiyalariga qarab gormonlar 5 guruhga bo‘linadi:
1. Uglevod, yog‘, aminokislotalar almashinuvini idora etuvchi
gormonlar (insulin, glyukagon, adrenalin, glyukokortikosteroidlar).
2. Suv-tuz almashinuvini idora etuvchi gormonlar
(mineralokortikosteroidlar, antidiuretik gormon).
3. Kalsiy va fosfatlar almashinuvini idora etuvchi gormonlar
(paratgormon, kalsitonin, kalsitriol).
4. Reproduktiv funksiyaga aloqador moddalar almashinuvini idora
etuvchi gormonlar (estradiol, progesteron, testosteron).
5. Endokrin bezlar funksiyasini idora etuvchi gormonlar
(kortikotropin, tireotropin, gonadotropin).
85-rasm. Lipofil gormonlarining ta’sir mexanizmi


331
Gormonlarni yana quyidagi 2 guruhga bo‘lish mumkin:
1.Qonga ajralib chiqib, sintezlangan joyidan uzoqdagi a’zolarga
ta’sir etadigan gormonlar.
2. Mahalliy ta’sir etadigan gormonlar. Ular o‘zlari hosil bo‘lgan
a’zolardagi moddalar almashinuvini idora etadi (prostaglandinlar,
gista’min, me’da-ichak yoli gormonlari).
Ishlab chiqarilgan joyiga qarab gormonlar quyidagi guruhlarga
bo‘linadi:
1. Gipofiz gormonlari.
2. Qalqonsimon bez gormonlari.
3. Qalqonsimon old bezi gormonlari.
4. Jinsiy bezlar gormonlari.
5. Oshqozon osti bezi gormonlari.
6. Buyrak usti bezlari gormonlari.
Kininlarning yarim yashash davri 20-30 soniya bo lib, kininazalar
ta’sirida parchalanadi. Kininlar qon tomir silliq muskullarini
bo‘shashtiradi, yani tomirlarni kengaytiruvchi ta’sir etadi, arterial bosim
pasayishiga olib keladi. Shuningdek kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini
kuchaytiradi va og‘riqqa sabab bo‘ladi.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling