Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qandsiz diabet Gipofiz orqa bo‘lagining gormonlari
Gipofiz gormonlar
Gormon Molekulyar massa Asosiy klinik sindromlar Gormon ko‘p ishlab Gormon chiqarilganda yetishmovchiligida Osish gormoni 21500 Akromegaliya Pakanalik Kortikotropin 4500 Itsengo -Kushinga Buyrak usti bezi sindromi ikkilamchi yetishmovchiligi Tireotropin 28000 Gipertireoz Ikkilamchi gipotireoz Prolaktin 23500 Amenoreya, Sut bezlarini bepushtlik, rivojlanmasligi, galaktoreya sut ishlab chiqarilmasligi FSG 34000 Erta jinsiy shakllanish Jinsiy bezlar ikkilamchi gipofunksiyasi, bepushtlik LG 28500 Erta jinsiy shakllanish Jinsiy bezlar ikkilamchi gipofunksiyasi, bepushtlik Lipotropin 11800 Darmonsizlanish Yog‘ bosish Vazopressin 1070 — (semizlik) Oksitotsin 1070 — Qandsiz diabet Gipofiz orqa bo‘lagining gormonlari Gipofiz orqa bo‘lagining gormonlari vazopressin va oksitotsindir. Bu gormonlar dastlab gipotalamusning maxsus neyronlarida sintezlanib, turli neyronlar yordamida gipofizning orqa bo‘lagiga o‘tib, keyin so‘ngra qonga tushadi. Ikkala gormon ham nonapeptidlar bo‘lib, quyidagi tuzilishga ega: 26-jadval 334 Vazopressinning oksitotsindan farqi shuki, N-uchida 3-orindagi izoleytsin ornida fenilalanin, 8-orinda esa leytsin ornida arginin saqlaydi. Oksitotsinning biologik ta’siri tugish paytida bachadon silliq muskullari va sut bezlari alveolalari atrofidagi muskul tolalari qisqarishini va sut bezlari alveolalari atrofidagi muskul tolalari qisqarishini stimullash bilan bog‘liqdir. Vazopressin esa qon tomirlari silliq muskulaturasi qisqarishini stimullab, shu bois kuchli vazopressor (tomirlarni qisqartirish) ta’siriga ega. Ammo uning asosiy vazifasi suv- tuz almashinuvini boshqarishdir. Vazopressin uncha yuqori bo‘lmagan konsentratsiyada (1 kg tana massasiga 0,2 ng) juda kuchli antidiuretik ta’sir ko‘rsatadi, buyrak kanalchalari membranasidan suvning qayta so‘rilishini stimullaydi. Me’yoriy odam organizmi vazopressini qon plazmasining osmotik bosimini va suv balansini nazorat qiladi. Patologiyada, xususan, gipofiz orqa bo‘lagi atrofiyasida qandsiz diabet rivojlanadi. Bu kasallikda siydik bilan juda ko‘p miqdorda suyuqlik ajralib chiqadi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling