Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qandli diabet asoratlarining biokimyosi
4. Poliuriya va polidipsiya. Buyraklarning konsentratsion qobiliyati
cheklangan bo‘ladi. Shu sababli diabet mahalidagi ko‘p miqdor glyukoza, keton tanachalar va siydikchilni chiqarib turish uchun ko‘p miqdorda suv chiqarish talab etiladi. 2-3 baravar ko‘p siydik chiqariladi. Shu sababdan, suv iste’moli ortib ketadi (polidipsiya). Organizm suvsizlanib qolishi vujudga keladi. Qandli diabet asoratlarining biokimyosi Diabetning hammadan ko‘p uchraydigan asoratlari buyraklar, ko‘z to‘r pardasi va gavhari, nervlar, arteriyalarning zararlanishidir. Bu asoratlar asta-sekin, ko‘p yillar davomida avj olib boradi. Ularning eng asosiy sababi giperglyukozemiyadir. O‘rtacha yillik giperglyukozemiya bemorda nechoglik katta bo‘lsa, asoratlar paydo bo‘lishining ehtimoli va ularning avj olib borish tezligi shuncha katta bo‘ladi. Zararlanadigan to‘qimalar hujayralariga glyukoza o‘tishi insulinga bog‘liq bo‘lmaydi. Ularda glyukoza konsentratsiyasi doimo qondagi glyukoza konsentratsiyasi bilan bir xil bo‘ladi. Diabetda giperglyukozemiya oqsillarning glyukozillanish tezligi ortadi. Sog‘lom odamlarda barcha gemoglobinning 5-10% diabet bilan og‘rigan bemorlarda esa 2-3 baravar ko‘proq qismi glyukozillangan bo‘ladi. Glyukozillanish oqsillar xossalarini o‘zgartirib, ularning funksiyalarini izdan chiqarib qo‘yadi. Hujayrada glyukoza konsentratsiyasi yuqori bo‘lganida uning boshqa monosaxaridlarga aylanish tezligi ortadi, shu tufayli glikolipidlar, glikoprotein va proteoglikanlar sintezining tezligi ham ortib boradi. Sintez tezligining parchalanish tezligidan ustunligi juda kam bo‘lganida ham uzoq yillar mobaynida hujayrada shu moddalar ortiqcha to‘planib, uning funksiyalarini buzishi mumkin. Hujayralarda glyukoza o‘zgarishi natijasida olti atomli spirt sorbitol hosil bo‘lishi mumkin. Sorbitol ikkinchi uglerod atomi bo yicha degidrogenlanib fruktozaga aylanadi. Arteriyalar devorlarining hujayralarida, Shvann hujayralari, eritrotsitlar, ko‘z gavhari va to‘r pardasi, urugdonlarda glyukoza o‘zgarishining shu yo‘li bo‘lib turadi. Sorbitol hujayra membranalaridan 348 yaxshi o‘tmaydi, uning to‘planib qolishi hujayralarda osmotik bosim ortib, ularning shishib ketishi, bo‘rtishiga va funksiyalarining buzilishiga olib keladi. Diabetda buyraklar zararlanishiga sabab bazal membranalarning qalin tortib qolishi va koptokchalardagi kapillyarlar o‘tkazuvchanligining pasayishidir. Bu glikoproteinlar va proteoglikanlarning to‘planib qolishiga, kollagenning glyukozillanishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Natijada koptokchalarda filtrlanish izdan chiqadi. Ko‘z to‘r pardasida ham shunga o‘xshash o‘zgarishlar yuz beradi. Ko‘z to‘r pardasining shishishi va unga qon quyilishi ba’zi qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar kozining ko‘r bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. Ko‘z gavharidagi kristallin oqsilining glikozillanishi ko‘z gavharini xiralashtirib qoyadigan ko‘p molekulali agregatlarni hosil qilishga moyil bo‘ladi, ko‘z gavhari xiralashib qoladi yoki katarakta yuzaga keladi. Ko‘z gavharining sorbitol to‘planishi tufayli shishib, bo‘rtib turishi kristallinlarning tartib bilan joylashishini buzadi, bu ham ko‘z gavharining xira tortib qolishiga olib keladi. Galaktozemiyada sorbitol to‘planib qolishi katarakta paydo bo‘lishining birdan-bir sababidir. Nervlarning zararlanishi miyelin pardasining yupqa tortib qolishi bilan namoyon bo‘ladi, bu aksonlar o‘tkazuvchanligining izdan chiqishiga olib keladi. Tananing turli qismlari uvishib qolgandek bo‘ladi, tuyg‘u hissi o‘zgaradi. Yuqorida ko‘rsatilgan o‘zgarishlarning paydo bo‘lishiga to‘qimalarning kislorod bilan ta minlanishining izdan chiqishi yaxshi sharoit tug‘diradi. Gemoglobinning glikozillanishi uning kislorodga yaqinligini, kislorodni biriktirib olish xossasini o‘zgartirib qoyadi. Qon yopishqoqligi ortib, natijada kapillyarlarda qon oqish tezligi pasayadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling