Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
95-rasm. Plazma oqsil fraksiyasi
363 Qon plazmasida oqsillar konsentratsiyasining ko‘payib ketishi giperproteinemiya deb ataladi. Diareya, ko‘p qusish kabi hollarda organizmdan ko‘p suv yo‘qotish bilan kechadigan kasalliklarda plazmada oqsil konsentratsiyasi ortadi (nisbiy giperproteinemiya). Bundan tashqari ayrim infeksion kasalliklarda γ-globulin sintezi ko‘payishi yoki miyeloma kasalligida maxsus «miyelom oqsillari» sintezi ko‘payishi natijasida ham giperproteinemiya kuzatiladi. Qon plazmasida oqsil konsentratsiyasining kamayishi — gipoproteinemiya deb ataladi. Ko‘pincha gipoproteinemiya qonda albumin konsentratsiyasining kamayishi hisobiga kuzatiladi. Masalan: nefroz kasalligida buyrak orqali ko‘p miqdorda albuminning ajralishi, jigar kasalliklaridagi albumin sintezining pasayishi, qondagi konsentratsiyasining pasayishiga (gipoproteinemiyaga) sabab bo‘ladi. Ko‘pincha qonda oqsil konsentratsiyasi o‘zgarmagan holda undagi ayrim oqsillar fraksiyalarining kasalliklarda miqdoriy o‘zgarishi disproteinemiya deb ataladi. 96-rasm. Qonning shakliy elementlari Retikulotsitlarda gemoglobin peptid zanjirlari uyg‘unlashgan holda sintezlanadi, shuningdek gemoglobinning gem qismi ham retikulotsitlarda sintezlanadi. Gem sintezini birinchi va ikkinchi fermentlari idora etiladigan fermentlar bo‘lib ularni gem va gemoglobinlarning ortiqcha miqdorlari tormozlaydi. Ikkinchi tomondan gemoglobinning peptid zanjirlari faqat gem ishtirokida sintezlanadi. Demak, gemoglobinning gem va polipeptid qismlari bir-biri sintezini nazorat qiladi. Shu tufayli sog‘ odamda gemoglobinni miqdori me’yorda saqlanadi. Gem sintezida ishtirok etuvchi fermentlarni irsiy yetishmovchilik kasalliklari ma’lum, bunda gem o‘tmishdoshlari 364 ko‘pincha ortiqcha miqdorda hosil bo‘lib, siydik bilan tashqariga chiqib turadi. Gem almashuvining kam qonlikka olib keluvchi bunday kamchiliklari porfiriyalar deyiladi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling