Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Eritrotsit metabolizmi
Eritrotsitlar o‘rtacha 4 oy umr ko‘radi. Eritrotsitlarda yadro, ribosoma, mitoxondriy bo‘lmaganligi uchun oqsillar sintezi, aerob oksidlanish jarayonlari bo‘lmaydi. Ular retikulotsit bosqichida sintezlangan oqsillar hisobiga faoliyat ko‘rsatadilar. Eritrotsitlar faoliyat ko‘rsatishi uchun qon plazmasi bilan eritrotsitlardagi moddalar konsentratsiyasi farqining saqlanishi, faol transportini amalga oshirilishi uchun membranalarga ATF energiyasi zarur. Bundan tashqari, eritrotsitlar kislorod tashiganligi sababli uni zaharli ta’siridan va boshqa eritrotsitga oksidlovchi sifatida ta’sir qiluvchi moddalar ta’siridan saqlanishi uchun ATF energiyasidan tashqari NADH 2 va NADFH 2 kofermentlari zarur. Eritrotsitlarning bu omillarga bo‘lgan ehtiyoji eritrotsitlarda kechadigan anaerob glikoliz va glyukozaning pentozofosfat yo‘li bilan parchalanish jarayonlari hisobiga ta’minlanadi (100-rasm). 100-rasm. Eritrotsitlarda modda almashinuvi. 369 Gemoglobinlar tarkibidagi temir Fe +2 holatda bo‘ladi. Kislorod va boshqa oksidlovchi ta’sirida gemoglobin tarkibidagi temir oksidlanib Fe +3 holatga o‘tishi mumkin. Bunday gemoglobin metgemoglobin deyiladi. Metgemoglobin kislorod bilan birikmaydi. Qon tarkibida metgemoglobinning ko‘proq to‘planishi, kislorodni to‘qimalarga tashilishini izdan chiqaradi, bu o‘limga olib boradi. Organizmda har kuni gemoglobinning 0,5%i metgemoglobinga aylanadi va buning samarasida kislorodni faol shakllaridan biri superoksid ioni ham hosil bo‘ladi. Metgemoglobinreduktaza metgemoglobinni qaytadan normal gemoglobinga aylantiradi. Superoksid — O 2 - superoksiddismutaza ta’sirida ikkita vodorod protonni biriktirib olib, vodorod peroksidga aylanadi: O 2 - + 2H + → H 2 O 2 Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling