Biokimyo pmd
-jadval Qon plazmasi tarkibidagi asosiy organik moddalar
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qon plazmasi oqsillari
28-jadval
Qon plazmasi tarkibidagi asosiy organik moddalar: Tarkibiy qism Miqdori Tarkibiy qism Miqdori Suv, % 90-91 Glyukozamin, mmol/l 3,9-5,0 Quruq qoldiq,% 9-10 Pentozalar, mmol/l 0,13-0,26 Umumiy oqsil,% 7-8 Umumiy lipid, g/l 3,8-6,7 Fibrinogen,g/l 2-4 Xolesterin, mmol/l 3,9-6,5 Globulinlar,g/l 20-30 Fosfolipidlar, g/l 2,2-4,0 Albuminlar,g/l 40-50 Keton tanachalari, mmol/l 0,2-0,6 Qoldiq azotlar,mmol/l 14,3-21,4 Pirouzum kislota, mmol/l 0,07-0,14 Mochevena,mmol/l 3,3-6,6 Pirouzum kislota, mmol/l 4-26 Siydik kislota,mmol/l 0,24-0,29 Kreatinin,mmol/l 0,06-0,16 Kreatin,mmol/l 0,08-0,11 Indikan,mkmol/l 1 - 4 Glyukoza,mmol/l 3,6 -5,5 Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, plazma tarkibida juda ko‘p organik moddalar mavjud. Ularning ko‘p qismini oqsillar tashkil qiladi. Yuqorida aytilganidek, qon plazmasining tarkibi metabolizmning o‘ziga xos bir ko‘zgusi bo‘lib hisoblanadi. Chunki hujayralardagi metabolitlar konsentratsiyasining o‘zgarib qolishi, bu o‘zgarishlar garchi ayrim organlarda yuz bersa ham, shu metabolitlarning qondagi konsentratsiyasiga ta’sir o‘tkazadi. Qon plazmasi oqsillari Qon plazmasi tarkibidagi 9-10% quruq moddaning 6,5-8,5% ini oqsillar tashkil etadi. Neytral tuzlar usuli yordamida qon plazmasidagi oqsillarni uch guruhga ajratish mumkin: albuminlar, globulinlar, fibrinogen. Qon plazmasida albuminning normal miqdori 40-50 g/l, globulinlar 20-30 g/l, fibrinogen 2-4 g/l. Plazma oqsillari asosan jigar va retikuloendotolial sistema hujayralarida sintezlanadi. 362 Qon plazmasi oqsillari xilma-xil va o‘ziga xos biologik vazifalarni bajaradi: 1. Oqsillar qonda kolloid-osmotik (onkotik) bosimni va shu bilan qon hajmi doimiyligini ta’minlaydi. 2. Plazma oqsillari qon ivishda faol ishtirok etadi. 3. Plazma oqsillari qonning qovushqoqligini ta’minlaydi, bu esa gemodinamik ahamiyatga ega. 4. Plazma oqsillari boshqa bufer sistemalari qatori qonda pH doimiyligini saqlashda ishtirok etadi. 5. Qonda xolesterin, bilirubin, yog‘ kislotalarini tashishda hamda organizmga tushgan moddalarni tashishda muhim rol o’ynaydi. 6. Plazma oqsillari (immunoglobulinlar) immunitet jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi; turli kationlar plazma oqsillari bilan dializlanmaydigan komplekslar hosil qilishi tufayli qonda turli kationlar konsentratsiyasi ta’minlanadi. 7. Plazma oqsillari aminokislotalar rezervi vazifasini ham o‘taydi. Sog‘lom odam qoni plazmasi tarkibida filtr qog‘ozini ho‘llab elektroforez qilinsa, oqsillarning 5 ta fraksiyasi ajraladi: albuminlar , α 1 , α 2 -, β−, γ-globulinlar (95-rasm). Agar elektroforez kraxmal yoki poliakrilamid gelda o‘tkazilsa, oqsilning 16-17 fraksiyasini ajratib olish mumkin. Maxsus immunoelektroforez usuli yordamida qon plazmasi tarkibidan 30 dan ortiq xil oqsillar fraksiyasini ajratiladi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling