Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- IX omil (gemofiliyaga qarshi V globulin, Kristmas omili)
- XI omil (Rezental omili)
- XIII omil (fibrinni turg‘unlashtiruvchi omil)
V omil (proakselerin) – akselerin o‘tmishdoshi globulinlar
fraksiyasiga mansub, jigarda sintezlanadi, tug‘ma yetishmovchiligida paragemofiliya kasalligi kuzatiladi. VII omil (antifibrinolizin, prokonvertin) – konvertin o‘tmishdoshi jigarda sintezlanadi. VIII omil (gemofiliyaga qarshi A globulin) – uning tug‘ma yetishmasligi gemofiliya A ning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. IX omil (gemofiliyaga qarshi V globulin, Kristmas omili) – faol X omil hosil bo‘lishida qatnashadi. Tug‘ma yetishmovchiligida gemofiliya V kasalligi kuzatiladi. 376 X omil (Prauer–Styuart omili) – bemorlar familiyasi bilan atalgan, α-globulinlar guruhiga mansub; X omil protrombindan trombin hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Jigarda sintezlanadi. Yetishmaganda qon ivish vaqti uzayadi. Xirurgik operatsiyalarda ko‘p qon ketishlar kuzatiladi. XI omil (Rezental omili) – C-gemofiliyasiga qarshi omil – plazma tromboplastinning o‘tmishdoshi deb ham yuritiladi. XII omil (Xageman omili) – qon ivishini boshlab beruvchi omillaridan biri. Bu omil yetishmasa qon ivish vaqti uzayadi, ammo gemofiliya kuzatilmaydi. XIII omil (fibrinni turg‘unlashtiruvchi omil) – hosil bo‘lgan fibrin turg‘unligini ta’minlaydi. Uchta polipeptid zanjiridan tarkib topgan. Trombotsitlar omili – yuqorida sanab o‘tganimiz, qon ivishda ishtirok etuvchi plazma omillaridan tashqari bu jarayonda 10 dan ortiq xilma-xil trombotsit omillari ham ishtirok etadi. 103-rasm. Qon ivishining sxemasi 377 Qon tomirlari shikastlangan joyda ochilib qolgan hujayralar aro matriksga trombotsitlar birikib trombotsitlardan iborat tiqin hosil bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda plazma eruvchan fibrinogen oqsilini erimaydigan fibringa aylantiradigan reaksiyalar ishga tushadi. Hosil bo‘lgan fibrin trombotsitlardan iborat tiqinga o‘tirib, uning yuzida tromb hosil bo‘ladi. Trombda eritrotsitlar ham bo‘ladi. Demak, qonning ivib qolishida o‘n beshga yaqin plazma oqsillari va loaqal bironta to‘qima oqsili, shuningdek, tromb hosil bo‘ladigan sohadagi hujayra membranalari fosfolipidlari, Ca 2+ ionlari va trombotsitlar ishtirok etadi. Qon plazmasidagi qon ivishida ishtirok etadigan oqsil tabiatli omillar jigarda sintezlanadi. Ularning ko‘pchiligi profermentlar bo‘lib, ivish davomida faol fermentlarga aylanadi. Faollashgan ivish omillari profermentning rim raqami bilan belgilangan simvoli yoniga «a» qo‘shib yozish bilan belgilanadi (II – II«a», X – X«a» va hokazo). Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling