Biokimyo pmd
Qon ivishining ichki mexanizmi
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Qon ivishining ichki mexanizmi
Qonning ichki ivishi ancha sekin boradi va 10-15 daqiqa talab qilinadi. Ichki mexanizmda tromboplastin ishtirok etmaydi. Bunda trombotsit omillari muhim ahamiyatga ega. Qon ivishining ichki mexanizmi ham fermentlarning faollashuvi bilan boradi. X omilning X«a» omilga aylanish bosqichidan boshlab qon ivishining ichki va tashqi yo‘li bir xil bo‘lib davom etadi. Vitamin K II, VII, IX, X omillarning peptid zanjirlarida γ-karboksiglutamat kislota bor bo‘lib bu kislota aytib o‘tilgan oqsillarning postranslyatsion modifikatsiyasi natijasida hosil bo‘ladi. Vitamin K ana shu reaksiyani katalizlovchi fermentning kofermenti hisoblanadi. 379 II, VII, IX, X omillar ishtirok etadigan reaksiyalar Ca 2+ va fosfolipidlar bilan faollashadi; karboksiglutamat radikallari shu oqsillarda Ca 2+ ni biriktirib olish markazlarini hosil qiladi. Bu omillar Ca 2+ ionlari ishtirokida o‘zaro va fosfolipid qo‘sh qavati bilan birikib hosil qilgan kompleksda faollashadi. Dikumarol molekulasi qurilishi vitamin Kga o‘xshash bo‘lgani uchun oqsil molekulasidagi glutamil qoldiqlarini γ-karboksiglutamilga aylantiradigan fermentni ingibirlaydi (vitamin Kga antagonist) natijada qon ivishi qiyinlashadi. Dikumarol amaliyotda qon ivuvchanligi oshganda trombozlarni oldini olish maqsadida ishlatiladi. Gemofiliya Qondagi VIII omilning irsiy nuksonlari A gemofiliya deb ataladi. U ko’p qonash, qon ketib turishi bilan namoyon bo‘ladi. VIII omil geni X xromosomada bo‘ladi. Ikkinchi X xromosomasi bo‘lgan ayollarda bu kasallik kuzatilmaydi. Bitta X xromosomasi bo‘lgan erkaklarda nuqsonli genning nasldan-naslga berilishi tufayli ularda gemofiliya kuzatiladi. Gemofiliyada qon ketishni to‘xtatish maqsadida tarkibida VIII omil saqlovchi yangi donor qoni yoki VIII omil preparatlaridan foydalanilanadi. Fibrinoliz Qon tomirida hosil bo‘lgan tromb, bir necha kun ichida parchalanib ketadi. Uning erib ketishida proteolitik ferment plazmin asosiy rolni o‘ynaydi (104-rasm). Qonda asosan bu fermentning o‘tmishdoshi – plazminogen bo‘lib, u ko‘pgina to‘qimalarda bo‘ladigan urokinaza yoki kallikrein ta’sirida faollashadi: 380 Urokinaza tromboflebit, o‘pka tomirlari tromboemboliyalari, miokard infarktida, katta xirurgik operatsiyalarda tromblarni eritib yuborish yoki oldini olish maqsadida qo‘llaniladi. Urokinaza olinadigan manba – odam siydigidir. Streptokokklardan olinadigan ferment – streptokinaza ham shu maqsadda qo‘llanilanadi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling