Biokimyo pmd


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Qon ivishi
Qonning ivishi molekulyar mexanizmiga bag‘ishlangan birinchi
nazariya 1872-yilda A.A. Shmidt tomonidan yaratilgan bo‘lib, unga
ko‘ra qon ivishi fermentativ jarayondir. Bu jarayonda uch omil –
fibrinogen, fibrinoplastik omil, trombin ishtirok etadi. Trombin ta’sirida
dastlabki ikkita omil birikishidan fibrin hosil bo‘ladi. Tomirdagi qon
tarkibida tromb bo‘lmagani uchun ivimaydi. Keyinchalik Shmidt
shogirdlari, jumladan, Moravits va uning o‘quvchilari, tomonidan fibrin
o‘tmishdoshi fibrinogen, trombin o‘tmishdoshi protrombin ekani va qon
ivishida trombotsit trombokinazasi, Ca ionlari ham ishtirok etishi
aniqlandi.
Shmidt va Moravits nomi bilan bog‘liq bo‘lgan qon ivish
mexanizmini tushuntiruvchi fermentativ nazariya quyidagicha
ifodalanadi.


375
Hozirgi zamon tasavvuriga ko‘ra qon ivishida plazma, trombotsit
va to‘qima komponentlari ishtirok etadi. Ularni qon ivish omillari deb
ataladi.
Qon plazmasi omillari :
I omil (fibrinogen) – qon ivishda ishtirok etuvchi asosiy omil.
Glikoproteid, jigarda sintezlanadi, molekula massasi 330000, qon
plazmasidagi konsentratsiyasi 2-4 g/l, molekulasi 3 juft o‘zaro o‘xshash
bo‘lmagan peptid zanjiridan tarkib topgan bo‘lib, ular o‘zaro disulfid
bog‘lari orqali bog‘langan.
II omil (protrombin) – qon ivishda ishtirok etuvchi asosiy
omillaridan biri, trombin (ferment)ning o‘tmishdoshi, kimyoviy jihatdan
glikoproteid, 
α
2
-globulinlar fraksiyasi tarkibiga mansub, jigarda
sintezlanadi; 10-12 atom Ca
2+
bilan birikishi natijasida qonformatsiyasi
o‘zgaradi.
III omil (to‘qima tromboplastini) – lipoprotein, to‘qima
jarohatlanganda hosil bo‘ladi, molekula massasi 167 000 000.
IV omil (kalsiy ionlari) – qon ivishining ko‘p fazalarida ishtirok
etadi; jumladan, X omilning faollashuvida, to‘qima tromboplastin
faollashuvida, prokonvertin faollashuvida, trombin hosil bo‘lishida
ishtirok etadi.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling